I bob. Basketbol o’yin texnikasi


Raqibni qо‘l bilan ushlash


Download 161.65 Kb.
bet10/12
Sana16.06.2023
Hajmi161.65 Kb.
#1512529
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Basketbol sport turida tayyorgarlik turlari va ularning mazmuni

Raqibni qо‘l bilan ushlash
О‘z-о‘zidan raqibni qо‘l bilan ushlash fol hisoblanadi. Xakamlar о‘yinchini nohaq harakatlarga ega bо‘lganligini aniqlab olishlari kerak. Agar о‘yinchi tomondan amalga oshirilgan kontakt, biron-bir holati bilan raqib harakatiga halaqit bersa, bunday kontakt fol hisoblanadi.
Panjalarni yoki chо‘zilgan qо‘llarni notо‘g‘ri qо‘llash, himoyachi himoya holatida turgan va uning panjasi yoki qо‘li raqib bilan tо‘pni ushlab turgan holatida va tо‘psiz kontaktda bо‘lib, uning harakatiga halaqit berganda amalga oshiriladi.
qaytariladigan tegishlar yoki raqibga qilinadgan “turtkilar”, tо‘p bilan va tо‘psiz holatlar fol hisoblanib, о‘yinni qо‘pol о‘tilishiga olib keladi.
Hujumdagi fol
Hujumdagi fol quyidagi holatlarda beriladi:
nohaq harakatlarga ega bо‘lishi uchun, himoyachini qо‘li yoki tirsagini о‘rab olishda;
himoyachidan hujumchini о‘ynash uchun halaqit berish maqsadida itarish yoki о‘zi va himoyachi orasida kо‘proq oraliq qoldirishga harakat qilib itarsa beriladi.
tо‘p ustidan nazorat о‘rnatish va raqibga halaqit berish maqsadida uzatilgan kaft yoki qо‘ldan foydalanilganda.
Ikki tomonlama fol
Raqobatdosh bо‘lgan ikki jamoa о‘yinchilari tomonidan bir vaqtni о‘zida bir-biriga qarshi maxsus follarni amalga oshirish holati ikki tomonlama folga sabab bо‘ladi.
Har bir ayblangan о‘yinchi shaxsiy fol bilan jazolanishi zarur. Hech qanday jarimani tashlashlar amalga oshirilishiga yо‘l qо‘yilmaydi.
О‘yinchini besh foli
Besh fol amalga oshirgan ( shaxsiy yoki texnik) о‘yinchi, bosh xakam tomonidan ogoxlantirilib, darxol о‘yinni tark etishi lozim.
Jamoa follari
Jamoa о‘yin davrida 4 jamoa folini amalga oshirganda, jamoa shu follar uchun jazolanishi lozim.
Jamoa, jamoa foli uchun jazolanishi kerak bо‘lganda, barcha keyingi о‘yinchilar tomonidan olingan follar tashlash jarayonida ishtirok etmagan о‘yinchilar esa yuqoriga otish о‘rniga ikki jarima tashlash bilan jazolanishi zarur.
Agar jamoa о‘yinchisi tomonidan shaxsiy fol amalga oshirilsa va u tо‘pni nazorat qilayotgan yoki uni olib yurish xuquqiga ega bо‘lsa, bunday fol raqib jamoasiga tо‘pni yuqoriga otish xuquqi berilishi bilan jazolanadi.


    1. Download 161.65 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling