I bob. Bitiruv malakaviy ishi yuzasidan tahlillar


Ma’lumotlar bazasini tashkil qilish tamoyillari


Download 1.86 Mb.
bet7/25
Sana16.06.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1498389
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25
Bog'liq
Urakov Zafar Ruziboy o‘g‘li AT-32a (2)

Ma’lumotlar bazasini tashkil qilish tamoyillari


Ma’lumotlar bilan amal bajarishning ilk tizimlari axborot ishlashning an’anaviy usullariga asoslanib tuzilgan edi. Har bir muayyan holat uchun tashqi foydalanuvchining o’z mantiqi ishlab chiqiladi. U axborot tuzilmasi, tanlash operatsiyasi, axborotni yangilash va o’chirish kabi tushunchalarni o’z ichiga oladi. Ma’lumotlar va dastur o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik yuzaga keladi. Ma’lumotlarni o’zgartirishda, yoki dasturni almashtirish yoki ma’lumotlarni qaytadan tuzish zaruriyati yuzaga keladi.
Murakkab axborotlarni ishlab chiquvchilar duch kelgan bu va boshqa muammolari ma’lumotlar ustida amal bajarish uchun tizimlarga nisbatan standart talablarning shakllanishiga olib keldi. Bu esa asosiy talablardan biri - ma’lumotlarning iloji boricha mustaqil yoki axborot tuzilmasini fizik tushunchalardan alohidaligini ta’minlashni nazarda tutdi. Hamda bu jarayonda hamma ma’lumotlar ko’p foydalanuvchilar kirishi mumkin bo’lgan holda ba’zi standart ichki tuzilishli qilib saqlanadi [6, 10].
Axborotga bo’lgan talablarning turli-tumanligi, masalalar ko’lamining tobora ortib borishi va boshqalar, zamonaviy AT lari oldiga bir qator talablar qo’ymoqda. Bunday talablar jumlasiga quyidagilar kiradi:

  • Ma’lumotlarning aniqligi. Ma’lumki, ma’lumotlar bazasi tegishli sohaning axborot modelini tashkil qiladi. Shu sababli ham MB da saqlanayotgan axborotlar ob’ektlarning holati, xususiyati va ular o’rtasida aloqalarni to’liq va aniq ifodalash lozim. Aks holda tashkil qilingan MB uchun xatarli bo’lishi va zarar keltirilishi mumkin;

  • Tezkorlik va unumdorlik. Tizimning tezkorligi qo’yilgan talabga javob berish vaqti bilan aniqlanadi. Bunda nafaqat EHM ning tezkorligini, balki ma’lumotlarning joylanishi, izlash usullari, talabning qiyinligini va boshqa

olimllarni ham hisobga olish zarur. Tizimning umumdorligi esa vaqt birligi ichida bajarilgan talablarning miqdori orqali aniqlanadi;
-Ma’lumotlar bazasidan foydalanishning odiyligi va qulayligi. Bu talab tizimdan foydalanuvchi barcha iste’molchilar tomonidan qo’yiladi. Shu sababli ham MB dan foydalanishning oson, sodda va qulay usullarini yaratish muhim ahamiyatga ega.

  • Ma’lumotlarni himoyalash. Tizim ma’lumotlar bazasida saqlanayotgan axborot va dasturlarni tashqi ta’sirlardan, begona foydalanuvchilardan himoyalashni ta’minlashi lozim;

  • Tizimning rivojlanishi. Tizim tarkibi doimo yangi elementlar, dasturlar bilan ta’minlanishi, axborot massivlari o’zgartirilishi va yangilanib borishi zarur.

Yuqorida keltirilgan talablarga javob beradigan MB quydagi tamoyillarga asoslangan holda tashkil qilinishi mumkin:

  • Ma’lumotlarning integratsiyalashtirish tamoyili. Bu tamoyilning mohiyatiga ko’ra o’zaro bog’lanmagan axborotlar yagona ma’lumotlar bazasiga birlashtiriladi. Buning natijasida ma’lumotlar foylalanuvchi va uning amaliy dasturlariga axborot massivlari ko’rinishida taqdim etiladi. Axborot massivlaridan foydalanilganda kerakli ma’lumotlarni qidirish, qayta ishlash jarayonlarini boshqarish osonlashadi, ma’lumotlarning ortiqchaligi kamayadi, ma’lumotlar bankini yuritish yengillashadi;

Ma’lumotlarning yaxlitligi tamoyili. Bu tamoyil orqali MBda saqlanayotgan axborotlarning aniqligi ortadi, ya’ni ularning xususiyatlari va tavsifnomalari, tegishli soha ob’ektlari to’liq ifodalaniladi. Ma’lumotlarning yaxlitligi noto’g’ri axborotni kiritish yoki uning ma’lum bir qismini xotiradan o’chirib tashlash natijasida buzilishi mumkin. Shuning uchun ham kiritilayotgan axborotlarni nazorat qilish, saqlanayotgan ma’lumotlarni doimo tekshirish, maxsus tizim yordamida tiklash va boshqa tadbirlar orqali MB ning yaxlitligini ta’minlash mumkin;
Ma’lumotlarning aloqadorligi tamoyili. Bu tamoyilning mohiyatiga ko’ra MBdagi barcha axborotlar o’zaro bog’langan bo’lib, ob’ektlar o’rtasidagi munosabatlarni ifodalaydi. Axborot turlari va ular o’rtasidagi munosabatlar majmuasi ma’lumotlarning mantiqiy tuzilishini tashkil qiladi.
MB - amaliy dasturlarga bog’liq bo’lmagan holda ma’lum bir tartib asosida o’zaro bog’liq ma’lumotlar to’plamidir[11].
Aksariyat MBlar jadval tuzilmasiga ega. Unda ma’lumotlar adresi satr va ustunlar kesishmasi bilan aniqlanadi. MBda ustunlar-maydonlar, satrlar esa yozuvlar deb ataladi. Maydonlar MBning tuzilmasini, yozuvlar esa, unda joylashgan ma’lumotlarni tashkil etadi. Maydonlar - MB tuzilmasining asosiy elementlaridir. Ular ma’lum xususiyatlarga ega bo’ladilar. Har qanday maydonning asosiy xususiyati uning uzunligidir. Maydon uzunligi undagi belgilar soni bilan ifodalanadi. Maydonning yana bir xususiyati, uning nomidir. Maydonda uning nomidan tashqari yana imzo xususiyati ham mavjud. Imzo-ustunning sarlavhasida aks ettiriladigan axborotdir. Uni maydon nomi bilan aralashtirib yubormaslik lozim. Agar imzo berilmagan bo`lsa sarlavhada maydon nomi yozib qo’yiladi. Turli tipdagi maydonlar turli maqsadlarda ishlatiladi va turli xossalarga ega bo`ladi.
Maydonlarning xususiyati bilan tanishib chiqamiz:



  1. Oddiy matn maydoni. Belgilar soni 255 dan oshmasligi kerak.




  1. MEMO - katta o’lchamli matn maydoni. Belgilar soni 65535 dan oshmasligi lozim. Oddiy matn va MEMO maydonida hisob ishlarini bajarib bo`lmaydi.

  2. Sonli maydon. Sonli ma’lumotlarni kiritishga xizmat qiladi va hisob ishlarinibajarishda foydalaniladi. Bu maydon 1,2,4,8 va 16 baytli bo`lishi mumkin.

  3. Sana va vaqt maydoni. Bu maydon sana va vaqtni formatlagan holda saqlab qo`yish imkonini beradi (01.06.01 20:29:59). 8 bayt o’lchamga ega.

  4. «Pul birligi» nomi bilan ataluvchi maydon. Bu maydondan hisob kitob

ishlarini yuritishda foydalaniladi.



  1. Hisoblagich maydoni. Bu maydon 4 bayt uzunlikka va avtomatik ravishda ma’lum songa oshib borish xususiyatiga ega. Ushbu maydondan yozuvlarni nomerlashda foydalanish qulaydir.

  2. Mantiqiy amal natijasini saqlovchi maydon. Bu maydon «rost» (true) yoki

«yolg’on» (false) qiymatni saqlaydi. Maydon o`lchami 1bayt.



  1. OLE-nomi bilan yurituvchi maydon. Bu maydon Excel jadvalini, Word hujjatini, rasm, ovoz va boshqa shu kabi ma’lumotlarni ikkilik sanoq sistemasida saqlaydi. Maydon o`lchami 1 Gbaytgacha.

  2. Giperssilka maydoni. Bu maydon belgi va sonlardan iborat bo`lib, biror fayl yoki saytga yo’l ko’rsatadi.

  3. Qiymatlar ro’yhatidan iborat bo’lgan maydon. Bu maydon bir qancha qiymatlardan iborat bo`lgan ro’yhatdan tanlangan aniq bir qiymatni saqlaydi.

Jadvallar orasidagi munosabatlar ishonchli ishlashi va bir jadvaldagi yozuv orqali ikkinchi jadvaldagi yozuvni topish uchun jadvalda alohida maydon-unikal maydon bo’lishini ta’minlash kerak. Unikal maydon-bu qiymatlari takrorlanmaydigan maydondir.

    1. Download 1.86 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling