I bob. Boshlang’ich sinfda bolalarni savodga o’rgatishning ilmiy metodologik asoslari
Download 118.11 Kb.
|
Kommunikativ fikrlarni aniq, ravshan ifodalashga savod o`rgatish darslarida o`quvchilarni mustaqil ishlarini tashkil etish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. O’qilgan matn yuzasidan berilgan savollarga javob berish.
- 3. O’qilgan asar mazmunini to’liq anglash, bilib olish uchun o’qituvchi topshirig’ini bajarish.
- 4. O’qilgan matn rejasini tuzishga tayyorlanish va reja tuzish.
1. Asarni ichda o’qish. 1-sinfda bu mashqni topshirishdan oldin ayrim so’zlarni kesma harflar bilan tuzdirish va uni o’qishni mashq qildirish maqsadga muvofiq. O’quv yilining ikkinchi yarmidan boshlab ichda o’qib, ayrim qatnashuvchi shaxslarning gaplarini topish, uni o’qish va o’z so’zi bilan gapirib berish, matndan o’qituvchi bergan savolga javob bo’ladigan o’rinni topish kabi topshiriqlar berilishi mumkin.
2. O’qilgan matn yuzasidan berilgan savollarga javob berish. Bu mashq bolalarni diqqat-e’tibor bilan o’qishga o’rgatadi; bu ish turidan oz komplektli maktablarda foydalanish dars tartibini belgilashga ham yordam beradi. Mashqning bu turi asta murakkablashtira boriladi: avval o’quvchilar matnga oid savollarga javob berish bilan uning mazmunini o’zlashtirsalar, keyin asarning asosiy g’oyasini bilib oladilar, voqea-hodisalar o’rtasidagi sabab-natija bog’lanishlarini tushunadilar. 3. O’qilgan asar mazmunini to’liq anglash, bilib olish uchun o’qituvchi topshirig’ini bajarish. Topshiriqlar quyidagicha bo’lishi mumkin: a) O’qing va omonatga xiyonatning jazosi qandayligini aytib bering. (‘Omonatga xiyonat’, IV sinf) b) O’qing va nima uchun hunarsiz kishi o’limga yaqinligini tushuntirib bering. (‘Hunarsiz kishi o’limga yaqin’, IV sinf) va hok. 4. O’qilgan matn rejasini tuzishga tayyorlanish va reja tuzish. Bunda quyidagi ish turlaridan foydalaniladi: 1) o’qilgan matnga oid rasm chizish; 2) rasmga matndagi so’zlar yoki o’z so’zi bilan sarlavha qo’yish; Mustaqil ishning qanday bajarilganligini hisobga olish o’quvchilarning tayyorlik darajasini aniqlashda va keyingi bosqichlarda mustaqil mashqni to’g’ri tashkil qilish uchun material tanlashda o’qituvchiga yordam beradi. Mustaqil ish mashqning faol turi bo’lib, uni bajarish jarayonida o’quvchilar fikrlashga va mustaqil faoliyat yuritishga o’rganadilar. Bir vaqtning o’zida ikki yoki uch sinf bilan ishlanadigan oz komplektli maktablarda mustaqil ish, ayniqsa, juda zarur hamda katta ahamiyatga ega. O’qish darslarida mustaqil ishni bajarishga bolalar taxminiy tayyorlanadi, albatta. O’quvchilarni mustaqil ishga tayyorlashda topshiriqning maqsadi ularga qisqa va aniq tushuntiriladi. Mustaqil ish uchun tanlangan matnning hajmi kichik va o’quvchilar saviyasiga mos bo’lishi lozim. Mustaqil ish turlari har xil bo’lib, uni tanlashda o’quvchilarning tayyorgarligi, o’qiladigan matnning xarakteri, asarni o’rganish bosqichi hisobga olinadi. Boshlang’ich sinflarning o’qish darslarida mustaqil ishning quyidagi turlaridan foydalaniladi: 1. Asarni ichda o’qish. Boshlang’ich sinflarning o’qish darslarida mustaqil ishning quyidagi turlaridan foydalaniladi: 1. Asarni ichda o’qish. 2. O’qilgan matn yuzasidan berilgan savollarga javob berish. 3. O’qilgan asar mazmunini to’liq anglash, bilib olish uchun o’qituvchi topshirig’ini bajarish. 4. O’qilgan matn rejasini tuzishga tayyorlanish va reja tuzish. Ma‘lumki, ona tili jamiki bilimlarning kaliti, poydеvoridir. Ona tili ta'limiga o’quv fani emas, balki butun ta'lim tizimini uyushtiruvchi ta'lim jarayoni sifatida qaraladi. Bu jarayon hozirgi kun talabiga javob bеrmasa, boshqa fanlar ta'limiga ham putur yеtishi mumkin. Hozirgi kun talabi esa o’quv jarayonini mukammal isloh qilish, ta'lim samaradorligini muttasil oshirib borishdir. Bunda, sozsiz, ta'limning yangi, zamonaviy tеxnologiyasiga suyanish kutilgan natijani bеrishi shubhasizdir. Ona tili fani maktabda o’quvchining kamol topishida, dunyoqarashining osishida, fikrlash darajasining osishida, bilim va mеhnatga havasini uyg‘otishda, ilmiy tushunchalarini, nutqiy malakalarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ona tilidan olib boriladigan barcha mashg‘ulotlar tizimi shunday qurilishi kеrakki, bu tizim oquvchilarda ona tiliga muhabbat, oz yurtiga, xalqiga mеhr, Vataniga chеksiz hurmat va sadoqatni ostirishi lozim. Boshlang‘ich sinflarda ona tili ta'limi, yuqorida ta'kidlanganiday, bolalarning tafakkur qilish faoliyatlarini kеngaytirishga, ularda erkin fikrlay olish, o’zgalar fikrini anglash, o’z fikrini og‘zaki va yozma ravishda ravon bayon qila olishga, jamiyat a'zolari bilan erkin muloqotda bola olish konikma va malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Download 118.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling