I bob. Dasturlash tillarini o‘qitishda yangi yondashuvlar va usullar 4


Download 119.04 Kb.
bet1/7
Sana22.11.2023
Hajmi119.04 Kb.
#1793797
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
G\'aybullayev

MUNDARIJA


KIRISH 1
I BOB. DASTURLASH TILLARINI O‘QITISHDA YANGI YONDASHUVLAR VA USULLAR 4
1.1.Dasturlashni o‘rganishning innovatsion usullari, o‘qitishda platformalardan foydalanish. 4
1.2. O‘quvchilarga dasturlash tillarini o‘qitishda o‘yinli texnologiyalardan foydalanish. 10
II BOB. DASTURLASH TILLARINI O‘QITISH YONDASHUVLARI INTEGRATSIYASI ASOSIDA O‘QITISH 13
2.1. Dasturlash tillarini o‘qitishning asosiy bosqichlari. 13
2.2. Zamonaviy dasturlash tillari orasida python dasturlash tilining muhim o‘rni va imkoniyatlari. 15
Python o‘rganish uchun 5 sabab: 18
XULOSA 21
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI. 23



KIRISH


Mavzuning dolzarbligi: Bizga ma’lumki dasturlash tillarini o‘qitish bir muncha qiyinchiliklardan iboratdir. Bu qiyinchiliklarni bartaraf etish uchun biz interfaol metodlardan foydalanishimizga to‘g‘ri keladi. Zamonaviy pedagogik texnologiya o‘zining pedagogika va boshqa fan yutuqlari bilan bog‘liq xususiy nazariyasiga ega: u birinchi galda o‘quv-tarbiyaviy jarayonni ilmiy asosda qurishga yo‘naltirilgan, o‘qitishning axborotli vositalaridan, didaktik materiallardan, faol metodlardan keng foydalanishga asoslangan o‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikdagi faoliyatiga zamin yaratadi. Hozirgi yetishib kelayotgan yosh avlod uchun dasturlash tillarini o‘rganish va uni amalda tadbiq etish dolzarb vazifalardan biridir. Albatta bu dolzarb vazifalarni bajarishda dasturlash tillarini o‘rgatuvchi va o‘z bilimini tekshiruvchi tizimlarning o‘rni judayam muhim. Dasturash tillarini o‘rganishda judayam ko‘plab o‘quv qo‘llanmalar, kitoblar, monografiyalar va uslubiy ko‘rsatmalar ishlab chiqilgan. Bularni o‘zlashtirishda o‘quvchidan sabr, iroda va matonat talab etiladi. O‘quvchiga bularni tezda o‘rganishda zamonaviy pedagogik texnolgiyalarni qo‘llash zamon talablaridan biridir. Dars samaradorligini oshirishda o‘qituvchi avvalo maqsad belgilab olishi, noan’anaviy va an’anaviy darslarning farqini ko‘ra olishi shart. Noan’anaviy darslardan maqsad o‘quvchilarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichini ko‘tarish uchun, fanni o‘qitishda yanada mazmunli, qiziqarli va tushunarli o‘tkazishda o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatiga yangilik kiritib, interfaol metodlardan foydalanish hamda o‘quvchilarni tez va samarali baholashga erishishdir. Shu bilan birga noan’anaviy darslarda o‘quv jarayonida o‘quvchilar mustaqil fikrlay olishga, ijodiy yondashishga, izlanishga, tahlil eta olishga, o‘zlari xulosa qilib, o‘z-o‘zini hamda guruhni va guruh o‘quvchini baholay olishga o‘rgatadi. O‘qituvchi esa ularning bu faoliyatiga imkoniyat va sharoit yaratib bera olishi kerak. Bu esa o‘qitish jarayonining asosi hisoblanadi.
Dunyo miqyosida sinovdan o‘tkazilayotgan va respublikamizda amaliyotga joriy etish uchun tayyorlanayotgan masofaviy ta’lim tizimini qo‘llash uchun ilmiy va amaliy tadqiqotlarni o‘tkazish imkoniyatlari tug‘iladi. Dasturlash asoslarini o‘rganuvchilar uchun multimediali o‘quv tizimlarini yaratish, respublikamizda rivojlanib kelayotgan mediata’lim tizimini joriy etishga asos bo‘ladi va talab darajasida tizimni qo‘llash uchun ma’lumotlar bazasi shakllanib boradi. Asosiy maqsad esa, sinovdan o‘tkazish jarayonidayoq dasturlash bo‘yicha bilim oluvchilarga zamonaviy bilimlarni (qo‘shimcha ravishda) yetkazib berish imkoniyatlari tug‘iladi. Ishlab chiqilgan dasturlash asoslarini o‘rgatuvchi tizim Webplatformaga asoslangan bo‘lib, tizimdan foydalanuvchilar onlayn rejimida Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar ilmiy elektron jurnali internet tarmog‘i orqali foydalanish imkoniyati yaratilgan.
Internet orqali taklif etilayotgan bu tizimdan foydalanuvchilarni bir necha turga ajratish mumkin:
- umumiy ma’lumotlar, elektron kitoblar, videodarslarni ko‘chirib oluvchi – erkin foydalanuvchilar;
- tizim orqali e’lon qilingan dasturlash bo‘yicha musobaqada ishtirok etuvchilar – dasturchilar va hokazo;
- tizimda taklif etilgan bilimlarni o‘rganuvchi – o‘quvchilar;
- tizimni yangi axborotlar bilan boyitib boruvchi – ta’lim beruvchilar.
Keyingi uch turdagi foydalanuvchilar tizimda ro‘yxatdan o‘tishi talab etiladi, ya‘ni faqat ro‘yxatdan o‘tgan ta’lim oluvchilar tizim orqali taklif etilayotgan nazariy va amaliy virtual darslar bilan tanishishi, olingan bilimlarni test-nazorat va dastur natijasini testlovchi tizimlarda sinovdan o‘tkazishi mumkin bo‘ladi.

Download 119.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling