I bob. Dasturlash tillarini o‘qitishda yangi yondashuvlar va usullar 4


Zamonaviy dasturlash tillari orasida python dasturlash tilining muhim o‘rni va imkoniyatlari


Download 119.04 Kb.
bet5/7
Sana22.11.2023
Hajmi119.04 Kb.
#1793797
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
G\'aybullayev

2.2. Zamonaviy dasturlash tillari orasida python dasturlash tilining muhim o‘rni va imkoniyatlari.


O‘rganish va qo‘llashning soddaligi. Python sodda va qulay dasturlash tili bo‘lib, boshqa dasturlash tillariga nisbatan uning yordamida dastur tuzish qiyinchilik tug‘dirmaydi. Mukammal kutubxonaning mavjudligi. Pythonda dastur tuzish jarayonida kutubxonadagi tayyor funksiyalardan foydalanish mumkin. Bu esa murakkab dasturlarni ham qisqa vaqtda tuzish imkonini beradi. Python dasturlash tilini o‘rganish uchun uni o‘zining rasmiy saytidan yuklab olib, keyin o‘rnatish zarur. Python kompyuterga IDLE dasturi bilan birga o‘rnatiladi.
IDLE dasturlashni endi boshlaganlar uchun mo‘ljallangan IDE bo‘lib, kod yozish uchun uncha murakkab bo‘lmagan matn muharriri hamda dastur natijasi va xatolarni ko‘rsatib turuvchi oynaga ega. Har bir tilning alifbosi bo‘lgani kabi dasturlash tilining ham o‘z alifbosi mavjud. Python dasturlash tilining alifbosi katta va kichik lotin harflari, arab raqamlari, maxsus belgilar va xizmatchi so‘zlardan tarkib topgan. Odatda, dasturlar kiritilgan ma’lumotlarni qabul qilish, qayta ishlash, shuningdek, natijani ekranga chiqarish uchun mo‘ljallangan bo‘ladi. O‘zgaruvchilar – o‘z qiymati va turiga ega kattalik, o‘zida qiymatlarni saqlaydigan kompyuter xotirasidagi yacheyka nomi. O‘zgaruvchining qiymatlari dastur davomida o‘zgarib turishi mumkin. Doimiy (o‘zgarmas) – faqat o‘qish uchun mo‘ljallangan qiymatlarni saqlovchi kompyuter xotirasidagi yacheyka nomi. Doimiylar o‘zgaruvchilar kabi o‘z qiymati va turiga ega. Identifikatorlar – o‘zgaruvchilar, doimiylar, funksiyalar, protseduralar, modullar, dasturlarning umumiy nomi. Dasturlarni yozishda o‘zida asosiy ma’lumotlarni saqlaydigan o‘zgaruvchi yoki doimiylardan foydalaniladi. O‘zgaruvchilar dastur jarayonida o‘zgarishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni belgilaydi, doimiydan esa o‘zgarmas ma’lumotlar uchun foydalaniladi. O‘zgaruvchilar va doimiylarni belgilash uchun turli nomlar, ya’ni identifikator (identification)lardan foydalaniladi.
Har qanday dasturni yozish jarayonida turli xatolarga yo‘l qo‘yilishi mumkin. Yozilgan dasturda xatolik bo‘lsa, dastur ishga tushmaydi va ekranda xato xabari paydo bo‘ladi. Ma’lumki, axborot matnli, raqamli, audio, grafik va boshqa shakllarda uzatilishi mumkin. Bunday ma‘lumotlarni dasturlash tillarida qayta ishlash uchun ularni turlarga bo‘lish kerak. Dasturda qo‘llaniladigan ma‘lumotlar turlari dasturning maqsadiga bog‘liq: oddiy kalkulyator raqamlardan foydalanadi va elektron pochta manzillarini tekshirish uchun mo‘ljallangan dastur matn bilan ishlaydi. Sonlar natural, butun va haqiqiy sonlarga bo‘linadi. Matnli ma’lumotlar belgilar yoki satrlardan iborat bo‘lishi mumkin. Ma’lumotlar turi – bu o‘zgaruvchi yoki doimiy qiymatlardagi ma’lumotlar shakli. Ma’lumotlar turi kompyuter xotirasida yetarlicha joyni zaxiraga olib qo‘yish uchun kerak bo‘ladi. Odatda, dasturlash tillarida ma’lumotlar turi o‘zgaruvchi yoki doimiy bilan birga e’lon qilinadi.
Python dinamik turlarga ajratuvchi dasturlash tili hisoblanadi. Shu sababli, Pythonda o‘zgaruvchining turi u foydalanayotgan qiymat bo‘yicha belgilanadi, lekin ma’lumot turini boshqa turga o‘zgartirish uchun tur ko‘rsatilishi shart.
Python – bu o‘rganishga oson va shu bilan birga imkoniyatlari yuqori bo‘lgan oz sonlik zamonaviy dasturlash tillari qatoriga kiradi. Python yuqori darajadagi ma‘lumotlar strukturasi va oddiy lekin samarador obyektga yo‘naltirilgan dasturlash uslublarini taqdim etadi.
Pythonning o‘ziga xosligi[4].

  • Oddiy, o‘rganishga oson, sodda sintaksisga ega, dasturlashni boshlash uchun qulay, erkin va ochiq kodlik dasturiy ta‘minot.

  • Dasturni yozish davomida quyi darajadagi detallarni, misol uchun xotirani boshqarishni hisobga olish shart emas.

  • Ko‘plab platformalarda hech qanday o‘zgartirishlarsiz ishlay oladi.

  • Interpretatsiya qilinadigan til.

  • Kengayishga moyil til. Agar dasturni biror joyini tezroq ishlashini xoxlasak shu qismni C yoki C++ dasturlash tillarida yozib keyin shu qismni python kodi orqali ishga tushirsa(chaqirsa) bo‘ladi.

  • Juda ham ko‘p xilma-xil kutubxonalarga ega.

  • xml/html fayllar bilan ishlash

  • http so‘rovlari bilan ishlash

  • GUI(grafik interfeys)

  • Veb saytlarni yaratish

  • FTP bilan ishlash

  • Rasmli audio video fayllar bilan ishlash

  • Robot texnikada

  • Matematik va ilmiy hisoblashlarni dasturlash.

Pythonni katta proyektlarda ishlatish mumkin. Chunki, uni chegarasi yo‘q, imkoniyati yuqori. Shuningdek, u sodda va universalligi bilan dasturlash tillari orasida eng yaxshisidir. Hozirgi kunda Python bilan turli sohalarda ishlovchi kompaniyalar mavjuddir. Masalan, Google, NASA va Dropbox kabi kompaniyalar o‘zlarining dasturlarini Python tilida yozib boradilar. Python tilidagi erishilgan natijalar juda ko‘pdir. Ularning ba‘zilari quyidagilar: Dasturchilar kodni tezlik bilan yozishlari mumkin. Kodni qayta ishlash va tahrirlash juda ham sodda. Python tilida yozilgan dasturlar Unix, Linux va Windows kabi o‘zgaruvchan operatsion tizimlari bilan ham ishlashadi. Python tilidagi kutubxonalar va modullar ilovani boshqarishni osonlashtiradi[5]. Python joriy yili yangi dasturchilar tomonidan o‘rganiladigan eng mashhur dasturlash tili hisoblanadi. Bundan tashqari, Python statistik ma‘lumotlar ishlash uchun ham ko‘p iste’mol qilingan til hisoblanadi. Bu til orqali statistik analiz, ma‘lumotlar bazalarini boshqarish, mashinaviy o‘rganish va boshqa sohalarda ham foydalaniladi. Yangi ish o‘rinlari va talablar Python bilan bog‘liq bo‘lgani uchun, bu tilni o‘rganishga ko‘p narsa sarflanmoqda[6]. Shuningdek, bir necha universitetlar va xususiy ta‘lim markazlari Python darslarini taklif qilmoqdalar. 2020 yilgi StackOverflow anketasi bo‘yicha, dunyo miqyosida dasturchilarning 41.7%si Python tilidan foydalanishadi. Bu 3 ta eng mashhur tillar orasida ikkinchi joyni band qiladi. GitHub statistikasi bo‘yicha, Python tilida yozilgan kodlar soni 2023 yilda o‘sib borayapti va bularning ko‘p qismi ma‘lumot ishlovchilariga oid[7].

Download 119.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling