I bob. Dasturning maqsad, vazifa va tamoyillari


Oila bilan muloqot qilish


Download 201.35 Kb.
bet20/21
Sana18.10.2023
Hajmi201.35 Kb.
#1708633
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
I bob. Dasturning maqsad, vazifa va tamoyillari

9.4. Oila bilan muloqot qilish
Bolalar yuzasidan oilalar bilan muloqot yuritish – pedagogik jamoa vazifalarining eng muhim qismi. Har bir oila bolalarning kamol topishi, ularning yaxshi va bajonidil o’qishidan manfaatdordir. Ehtimol, MTM – bu bolalarning oldindan tashqaridagi ilk tajribasi bo’lgani uchun oila a‘zolari uning yutuqlaridan boxabar bo’lishni istaydi. Pedagoglar bola haqidagi tasavvurlarni chuqurlashtirish va yanada samarali faoliyat yuritish uchun ota-onalar bilan bolaning uydagi va maktabdagi mashg’ulotlari, uning kuchli va zaif tomonlari, tashvishlantirayotgan jihatlari haqida bajonidil muhokama etishlari zarur.
Albatta, muloqot ochiq-oshkora va ishonchli bo’lishi uchun vaqt talab etiladi. Shuning uchun boshidanoq ota-onalar bilan suhbatlashish, oiladan taqdim etilayotgan ma‘lumotlar naqadar muhim ekanini tushuntirishlari kerak. Diqqat bilan tinglay olish – ochiq muloqotning muhim negizidir. Muloqot chog’ida pedagoglar ota-onalar uchun tushunarli, aniq tilda so’zlashishi, savollar berish uchun ularga imkon qoldirishi darkor.
9.5. Oilalar bilan muloqot qilish tamoyillari:
 Ota-onalar uchun vaqt toping, imkoniyat tug’diring, ularni o’z fikr-
mulohazalari, quvonch-shodligi, maqsadlari va tashvish-xavotirlarini bayon
etishga da‘vat qiling;
 Yuzma-yuz gaplashish uchun joy toping, barcha ma‘lumotlarni mahfiy deb qabul qiling;
 Oilalar pedagoglar bilan o’zigagina tegishli shaxsiy ma‘lumot bilan o’rtoqlashadi, shuning uchun u sir saqlanishi zarur. Sir saqlash tamoyiliga pedagog ham, oilalar ham rioya etishi lozim.
9.6. natijalar
Tajriba oilaning va pedagogik jamoaning mo’ljallari yoki maqsadlari har doim ham mos kelavermasligi ko’rsatadi. Shuning uchun ham bola qabul qilinishi bilan bolalarni boshlang’ich ta‘limga majburiy bir yillik tayyorlash guruhlar dasturini ota-onalar bilan muhokama etish va bu boradagi muloqotni yil davomida olib borish maqsadga muvofiqdir. Qarashlar va mo’ljallardagi tafovut bir-birini tushunmaslikka va muloqotning izdan chiqishiga olib kelishi mumkin. Ota-onalarning ta‘lim jarayonida bola nimalalarga erishishi lozimligi haqidagi mo’ljallarini, ular uchun "muvaffaqiyatlilik" nimani anglatishini aniqlab olish muhim ahamiyat kasb etadi. O’quv yilining boshidayoq ushbu masalaning muhokama etilishi kelgusidagi muloqotni yo’lga qo’yishga yordam beradi.


Xulosa
O’zbekiston mustaqillikkka erishganidan keyin uning dastlabki yillaridan boshlab tizimli ravishda hamma sohaga alohida e’tibor qaratila boshlandi, shu jumladan ta’lim sohasiga ham. Bunda ayniqsa bolalarimizning maktabgacha ta’lim muassasalaridan boshlab
O’zbekiston Respublikasida maktabgacha ta‘limi tizimini modernizasiya qilish maktabgacha ta‘limga teng imkoniyatlar yaratishning zarurati va muhimligi hamda bolalarni maktab ta‘limiga tayyorlashning muqobil va kamchiqim modellarini ishlab chiqishni taqozo etadi.
O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim tizimiga katta e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning tashabbusi bilan, Prezidentning 2017 yil 30 sentyabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni tubdan takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar haqida”gi 5198-Farmoniga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etildi. Shu bois eng yaxshi xalqaro tajribalar asosida tizimdagi dasturiy va o‘quv-metodik ta’minotni takomillashtirish maqsadida maktabgacha ta’lim tizimini tubdan isloh qilish zarurati paydo bo‘di. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2018 yil 8 dekabrdagi
“Boshlang‘ich ta’limga bolalarni majburiy bir yillik tayyorlashga bosqichma-bosqich o‘tish bo‘yicha chora-tadbirlar haqida”gi 999-sonli qarorini ijro etish doirasida O‘zbekiston o‘z zimmasiga 6-7 yoshli bolalarning maktabga to‘lovsiz majburiy bir yillik tayyorgarligi bo‘yicha majburiya yatni oldi. 6-7 yoshli bilalarni har tomonlama rivojlantirish, ularga ta’lim-tarbiya berish va maktabga tayyorlash maqsadida “Ilm yo‘li” dasturini ishlab chiqish hamda uni tasdiqlash zarurati paydo bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining tashabbusi bilan 6-7 yoshli bolalarni har tomonlama rivojlantirish, ularga ta’lim-tarbiya berish va maktabga tayyorlash maqsadida “Ilm yo‘li” variativ dasturi ishlab chiqildi. Mazkur dastur maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun ishlab chiqilgan “Ilk qadam” Davlat O‘quv dasturi, O‘zbekiston Respublikasida ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari, “Kadrlar tayyorlash bo‘yicha Milliy dastur”, maktabgacha ta’limni rivojlantirish konsepsiyasi asosida ishlab chiqildi.



Download 201.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling