I bob. Dasturning maqsad, vazifa va tamoyillari
Muvaffaqiyatli kuzatishning o‘ziga xosliklari
Download 201.35 Kb.
|
I bob. Dasturning maqsad, vazifa va tamoyillari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8.3.Kuzatishning asosiy tamoyillari
- 8.4.Bolalarning individual rivojlanishini hujjatlashtirish va kuzatib borish
8.2.Muvaffaqiyatli kuzatishning o‘ziga xosliklari:
Bola haqida ma‘lumot to’plash va baholash aniq maqsadga yo’naltirilgan bo’lishi kerak. Ma‘lumotlarni to’plash va tahlil etish muntazam amalga oshirilishi, onda-sonda emas, joriy xarakterga ega bo’lishi lozim. Kuzatish jarayonida to’plangan ma‘lumotlar hujjatlashtirilishi va tahlil qilishini darkor. Bola haqidagi bilimlarning asosini turli vaziyatlardagi kuzatish natijalari tashkil etishi bolalaning haqiqiy imkoniyatilarini bilish va tushunish, uning rivojlanish doirasini hamda uning ilgarilab borishi yoki aksincha, qiyinlashtiruvchi omillarni aniqlashga imkonini beradi. Bola haqida ma‘lumot to’plashda har tomonlama yondashish, uning ayrim xislatlariga (ijobiy yoki salbiy bo’lishidan qat‘i nazar) sun‘iy ravishda alohida urg’u berishga yo’l qo’ymaslik darkor. Bolaga xos xususiyatlar tahlilini uning eng yaxshi, kuchli jihatlaridan boshlamoq maqsadga muvofiqdir, chunki aynan shunday yondashuv bolani tushunishda va pedagog faoliyatida o’ziga xos tayanch sifatida xizmat qiladi. Kuzatish mezonlari (bola haqida ma‘lumot to’plash yo’nanalishlari) 6-7 yoshli bolaning ruhiy-jismoniy rivojlanishiga oid bilimlarga asoslanishi zarur. 8.3.Kuzatishning asosiy tamoyillari: Bolaning kuzatilayotgan harakatini pishiq-puxta hujjatlashtirish; Sub‘yektiv talqin (pedagogning shaxsiy fikri, his-tuyg’ulari) yo’l qo’ymaslik; Bola tomonidan shaxsan bajarilgan ishni yoki aytilgan gapnigina xolisona kuzatish; Imkon boricha ko’proq ma‘lumot to’plash, ular imkon darajasida sodda va tushunarli bo’lishi kerak 8.4.Bolalarning individual rivojlanishini hujjatlashtirish va kuzatib borish Bolalar sog’ligining kundalik nazorati. Bolalar guruhga kelishi bilan tarbiyachi ular sog’lig’ining holati haqida qaydlar qiladi. Pedagogning bolalar bilan individual ishlash daftari. Daftarga rivojlanishning ayrim sohalarida alohida e‘tibor qilish lozim bo’lgan bolalar haqida ma‘lumot qayd etiladi. Pedagoglar daftardagi ma‘lumotlardan pedagogikmaqsadlarni qo’yish va bolaning rivojlanishiga xizmat qiladigan faoliyat turlarini rejalatirishda foydalanishi mumkin. ―Ilmga yo’l Variativ dasturiga (6-ilova), «Pedagog ishchi jurnali namunaviy shakli», «Bolalar bilan individual ishlash» bo’limi "Portfolio". Bu bolaning qisqa muddatli guruhga kelganidan tortib ta‘limni yakunlagunga qadar yutuqlari va ishlarining individual to’plami. Portfoliodan rivojlanishning o’z-o’ziga baho berish vositasi foydalanish, unga bolaning o’z fikr-mulohazalarini aks ettirishga harakat qilib, so’zlar va sonlarni yozishga urinishlarini, nuqt namunalarini ham kiritish mumkin. Bundan tashqari, ota-onalarning ruxsati bilan bola faoliyatini aks ettiradigan fotosuratlarni, og’zaki nutqlari yozilgan audiodisklarni tanlab olish mumkin. Bolalar ularga tegishli bo’lga portfelio ota-onalarga ko’rsatilishi bilishi lozim. Intervyu va suhbatlar. Bolalar kattalar bilan o’z fikrlari, g’oya va ishlari bo’yicha gaplashishni juda xush ko’radi. Bunday hollarda pedagog bolalarga samimiyat va hurmat bilan munosabatda bo’lishi, o’zini qiziqtirgan mavzu bo’yicha bolaning so’zlarini tinglashi, ochiq savollar berishi, suhbatga undashi lozim. Bundan tadqiqotning maqsadi bolalaning xususiyatlari va ehtiyojlari haqida ko’proq bilishdan iborat. Bola rivojlanishining xaritasi o’z ichiga 6 yoshdan 7 yoshgacha davrni oladi har bir bolaga individual holda yiliga uch martadan kam bo’lmagan tarzda to’ldirib boriladi. ―Bilimlar yo’li Variativ dasturiga, «6-7 yoshli bolaning rivojlanish xaritasi». Maktabgacha ta‘lim tashkilotsidan chiqishda 6-7 yoshli bolaning maktabga tayyorlanganligi xaritasi to’ldiriladi (faqat maktabgacha ta‟lim tashkilotsining bitiruvchilari uchun Maktabga tayyorlik deganda bolada umumiy kompetensiyalaring va rivojlanish sohalari kompetensiyalarining kuchaytirilganligi tushuniladi. Mazkur xarita maktabgacha ta‘lim tashkilotsining har bir bitiruvchisi uchun to’ldiriladi. Unda dasturga mos holda rivojlanishning barcha beshta sohalari bo’yicha kutilayotgan natijalar (bola kompetensiyalari) taqdim etiladi. Tarbiyachiga u yoki bu natija qay darajada aks etishini belgilash taklif etiladi. Rivojlanishning beshta sohasi bo’yicha natijalar (bola kompetensiyalari) umumlashtiriladi va tavsiyalar hamda istaklar ko’rinishida ota-onalarning diqqatiga yetkaziladi. Download 201.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling