I bob davlat Maktabgacha ta’lim tizimining rivojlanishi va uning shakillanish asoslari kirish


Maktabgacha ta’lim muassasalari haqida umumiy ma’lumot


Download 57.77 Kb.
bet7/8
Sana20.12.2022
Hajmi57.77 Kb.
#1040167
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Maktabgacha talim tizimida Maktabgacha talimning tutgan o\'rni va uning istiqbolari

2.3 Maktabgacha ta’lim muassasalari haqida umumiy ma’lumot.
Maktabgacha taʼlimda bolani erta rivojlanishi va maktabgacha taʼlimga tayyorlash dasturi
Oʻzbekiston Respublikasi hukumati ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni yaxshi sifatdagi maktabgacha taʼlim bilan qamrab olishni kengaytirish maqsadlarida mamlakatda maktabgacha taʼlimni rivojlantirish boʻyicha besh yillik Davlat dasturini va Yoʻl xaritasini ishlab chiqdi.
1. Maktabgacha taʼlimni rivojlantirish boʻyicha davlat vazifalarini bajarish uchun Maktabgacha taʼlim vazirligi tashkil etildi.
2. Maktabgacha taʼlim Oʻzbekiston Respublikasi hukumatiga maktabgacha taʼlimni rivojlantirish boʻyicha saʼy-harakatlariga texnik yordam koʻrsatadigan YUNISEFning asosiy ustuvor vazifalaridan biri boʻlib sanaladi. Maktabgacha taʼlim vazirligi va YUNISEFning 2018-yilga moʻljallangan hamkorlikdagi yillik rejasi bir nechta chora-tadbirlarni oʻz ichiga oladi. Bu rejaning yutuqlaridan biri boʻlib maktabgacha taʼlim uchun kompetentli-yoʻnaltirilgan “Ilk qadam” Davlat oʻquv dasturining ishlab chiqilishi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi hukumati tomonidan tasdiqlangan ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirishga qoʻyiladigan Davlat talablarining yangilanishi hisoblanadi. Davlatning bu ikki hujjati maktabgacha taʼlim sohasidagi boshqaruvchilar, maktabgacha taʼlim tizimidagi pedagoglar turli xildagi MTT larda taʼlim oluvchi har bir bolaning yuqori sifatli taʼlim olishini taʼminlash maqsadlarida yoʻriqnoma sifatida foydalanadigan asosiy hujjatlar boʻlib hisoblanadi.
Davlat dasturi sifatida Ilk qadam dasturining alohida muhimligi shundan iboratki, bunda u oʻz ichiga oʻqitishning pedagogik maqsadlarini oladi, kun davomida bolaning taʼlim olishi tuzilmasini taʼminlaydi, shuningdek, pedagoglar bola rivojlanishining qaysi eng muhim jihatlariga oʻz diqqatlarini jamlashlari lozimligi tushunilishini taʼminlaydi. Davlat dasturi boʻlish bilan birga Ilk Qadam dasturi butun maktabgacha taʼlim tizimini toʻliq qamrab oladigan va uni tartibga soladigan “yomgʻirpoʻsh” sifatidagi taraqqiyparvar hujjat boʻlib sanaladi. Mana shu bilan Ilk Qadam dasturi turli xil bolalar guruhlariga har xil provayderlar tomonidan taqdim etiladigan maktabgacha taʼlimning bir xil sifatini taʼminlashga moʻljallangandir. Dastur pedagoglarga bolalar uchun ragʻbatlantiruvchi oʻqitish muhitini qanday qilib yaratish va bunga ota-onalarni ham qay yoʻl bilan jalb qilishni tushunish va bilib olishga yordam beradi.
Maktabgacha taʼlim muassasasi (MTT)ning davlat oʻquv dasturi Oʻzbekiston Respublikasida ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qoʻyiladigan Davlat talablariga mos holda ishlab chiqilgan meʼyoriy-huquqiy hujjat boʻlib, unda maktabgacha taʼlim muassasasining maqsadlari va vazifalari, oʻquv-tarbiyaviy ishlarning asosiy gʻoyalari aks etgan, shu jumladan, taʼlimning keyingi bosqichiga oʻtishda bolaning asosiy kompetensiyalari belgilab berilgan. Davlat taʼlim dasturi Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan quyidagi taʼlim muassasalarida qoʻllash uchun majburiydir:
davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari;
maktabgacha taʼlim sohasida xizmatlarni koʻrsatadigan nodavlat taʼlim tashkilotlari:
maktabgacha yoshdagi bolalar guruhlariga ega boʻlgan “Mehribonlik” bolalar uylari;
maktabgacha va boshlangʻich taʼlimni tartibga soluvchi boshqaruv organlari.
O‘tgan davr mobaynida mamlakatimizda o‘sib borayotgan avlodni sog‘lom va har tomonlama yetuk voyaga yetkazish, ta’lim-tarbiya jarayoniga samarali ta’lim va tarbiya shakllari hamda usullarini joriy etishga qaratilgan maktabgacha ta’limning samarali tizimini tashkil etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.
Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari sonini yanada oshirish va ular ko‘rsatadigan xizmatlar turlarini kengaytirish uchun mustahkam poydevor bo‘ldi.
XULOSA
Hozirgi kunda maktabgacha ta’lim muassasalari jadal rivojlanmoqda.Davlatimiz tamonidan maktabgacha ta’lim muassasalariga katta shart sharoitlar yaratilib berilmoqda.Prezidendimiz takidlaganidek tarbiyachilarimiz mavqeini jamiyatda ko’tarish va tarbiyachilarning oylik maoshlarini ko’tarishni takidladilar.Endilikda MTMlarimiz zamon talablariga javob beradigan darajaga erishildi.Bolalarni jahon standartiga javob beradigan kadr qilib tarbiyalash uchun davlat talablari va ilk qadam dasturlari ishlab chiqildi.Bolalarni har tamonlama rivojlantirish,barkamol shaxs sifatida shakllantirish qilib tarbiyalash uchun hozirgi kunda barcha shart sharoitlar yaratib berilyabdi. Ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlarining huquqlari, sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘si davlat himoyasi ostida bo‘ladi. Ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlarining kasbiy faoliyatiga aralashishga, ta’lim oluvchilarning bilimlarini to‘g‘ri va xolis baholashga ta’sir ko‘rsatishga, shuningdek ushbu pedagog xodimlarning xizmat majburiyatlarini bajarishiga to‘sqinlik qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. Pedagog xodimlar quyidagi huquqlarga ega: o‘z sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini himoya qilish; o‘quv dasturlari doirasida mualliflik dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish, o‘qitish uslubiyotini ishlab chiqish, shuningdek tegishli o‘quv fanlari, kurslari, modullaridan foydalanish, ijodiy faollik ko‘rsatish; zamonaviy pedagogik shakllarni, o‘qitish va tarbiya vositalarini, usullarini erkin tanlashga yordam beradi.Maktabgacha ta’lim tizimini shakllantirish haqida bir qancha yo’nalishlar va g’oyalar bizda tug’ildi.Maktabgacha ta’limda borayotgan bolalaruchun ham umum ta’lim oliy ta’limdek akademiiyalar tashkil qilish har bir maktabgacha yoshdagi bolalarni bilim va qobilyatiga qarab gurhlar tashkil etish samarali bo’ladi degan xulosamiz.Bunga o’z hissamizni qo’shishga harakat qilamiz.

Download 57.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling