I bob. Davlat xaridlarining ilmiy-nazariy va tashkiliy-huquqiy asoslari
Download 29.44 Kb.
|
kurs ishi oxunjonov
- Bu sahifa navigatsiya:
- II BOB.MAMLAKATIMIZ IQTISODIYOTINI DAVLAT XARIDLARI TIZIMI ORQALI TARTIBGA SOLISH CHORA TADBIRLARI TAHLILI
- XULOSA VA TAKLIFLAR.................................................................................34 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROYXATI.........................................35
O‘zbekiston iqtisodiyotini davlat xaridlari tizimi orqali tartibga solish mexanizmini takomillashtirish MUNDARIJA: KIRISH……………………………………………………………………………3 I BOB. DAVLAT XARIDLARINING ILMIY-NAZARIY VA TASHKILIY-HUQUQIY ASOSLARI1.1 Iqtisodiyotda davlat xaridining mohiyati va zaruriyati....................................................................................................................5 1.2. Davlat xaridlarini tartibga soluvchi milliy qonunchilik.............................................................................................................13 II BOB.MAMLAKATIMIZ IQTISODIYOTINI DAVLAT XARIDLARI TIZIMI ORQALI TARTIBGA SOLISH CHORA TADBIRLARI TAHLILI 2.1. Davlat xaridlarini tashkil etish modellari tahlili........................................................................................................................23 2.2. Davlat tomonidan davlat xaridlari sohasini tartibga solish chora tadbirlari..................................................................................................................28 XULOSA VA TAKLIFLAR.................................................................................34 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI.........................................35 O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligini qo’lga kiritgan dastlabki kunlardan boshlab ijtimoiy yo’naltiriligan bozor iqtisodiyoti sari islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirmoqda. Davlat tizimi va boshqaruv sohasidagi islohotlar natijasida xarajatlarni boshqarishning yangi huquqiy tizimi shakllantirilmoqda. Bu o’z navbatida, davlat mablag’larini sarflanishi samaradorligini ta’minlashga, uning zamonoviy boshqaruv mexanizmlarini amalda tatbiq etishga imkon beradi. Xalqaro miqiyosda yuzaga kelgan yangi iqtisodiy vaziyat, davlat mablag’lari hisobidan xarajatlarni amalga oshirishda hukumatlar oldiga qo’yilgan vazifalarning muhimligini oshirmoqda. Ma’lumki, davlat o’z vazifalarini bajarish jarayonida bir qator xarajatlar qilishi zarur. Bu xarajatlar, eng avvalo, mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish uchun turli tarmoqlarga investitsiya qilishga, aholining turmush darajasiniko’tarishga, hamda ijtimoiy vazifalarni bajarishga qaratilgan, davlatni boshqarish, mudofaani ta’minlash kabi aniq maqsadlarga yo’naltirilgan, rejalashtirilgan xarajatlardan iborat bo’ladi. Umumdavlat xarajatlari, asosan, davlat byudjeti va davlatning boshqa markazlashtirilgan fondlari orqali moliyalashtiriladi. Davlat byudjetining iqtisodiy tushunchasi, umumjamiyat miqyosida markazlashgan, davlat ishtirokida to’plangan va sarflanadigan moliyaviy resurslarni anglatadi. Davlat xarajatlarining muhim tarkibiy qismi sifatida davlat xaridi alohida o’ringa ega. Tovar va xizmatlarni xarid etish dunyo rivojlanish amaliyotida muhim o’rin egallaydi hamda fondlar hamda investitsiyanisamarali o’zlashtirishga yo’naltirilgan uzluksiz jarayon hisoblanadi. O’zbek tilidagi “xarid” termini (inglizchada, procurement - prokyurment) “sotib olish” ma’nosi bilan bir ma’noda ishlatilib, zamonoviy tushunchalarda mahsulotlarni, bajarilgan ishlarni yoki ko’rsatilgan xizmatlarni ma’lum haq evaziga olish demakdir (inglizchada, procurement of goods, works and services). Davlat xaridi - bu davlat ehtiyojlari uchun tovarlar va xizmatlarni qisman yoki to’liq davlat mablag’lari evaziga sotib olishdir. “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunda davlat xaridiga quyidagicha ta’rif berilgan: “Davlat xaridi — tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) davlat buyurtmachilari tomonidan pulli asosda olish”dir. Davlat xaridini boshqarishga tizimli yondoshuv to’g’riroq bo’ladi. Shunday ekan, davlat ehtiyojlari uchun xaridni rejalashtirish va amalga oshirish hamda nazorat etish bilan bog’liq barcha jarayonlar davlat xaridi tizimini yuzaga keltiradi. Davlat xaridi davlat infratuzilmasini moddiy-moliyaviy ta’minlash uchun amalga oshiriladi. Davlat infratuzilmasini umumiy tarzda ikkita yirik tarkibiy qismiga ajratish mumkin: iqtisodiy infratuzilma (transport, maishiy xizmatlar, kundalik iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish uchun birlamchi bo’lgan infratuzilmalar); ijtimoiy infratuzilma (maktablar, shifoxonalar, kutubxonalar, yoki boshqacha aytganda, jamiyat kundalik hayoti uchun birlamchi infratuzilmalar). Ijtimoiy sohalarga Davlat xaridini amalga oshirish zarurati umumjamiyat manfaatlaridan kelib chiqadi. O’zbekistonda ijtimoiy sohalarga investitsiyalar va davlat xaridi mavjud qonuniy-me’yoriy aktlar orqali tartibga solinadi. Davlat moliyasini boshqarishni isloh etish bo’yicha amalga oshirilayotgan o’zgarishlarning tarkibiy qismi sifatida, davlat xaridini tashkil etishni tubdan isloh etish, uni tartibga soluvchi huquqiy bazani shakllantirish, davlat xarajatlari samaradorligini oshirishning muhim vositasi hisoblanadi. Davlat xaridini boshqarish tizimini takomillashtirish uchun quyidagi elementlardan foydalanish samarali yo’nalish hisoblanadi: davlat xaridini boshqarish yuzasidan ilg’or xorijiy tajribalardan foydalanish; davlat xaridisiyosatini davlatning iqtisodiy siyosati maqsadlariga muvofiqlashtirish; davlat xaridi sohasidagi amalga oshirilayotgan siyosatni monitoring va baholashni tatbiq etish. Davlat ehtiyojlari uchun xaridni amalga oshirish mexanizmining samarali bo’lishi, ko’p jihatdan, davlat xaridi uchun qaror qabul qilayotgan davlat xizmatchilarining kvalifikatsiya darajasi, professional tayyorgarligi va haqqoniyligiga bog’liq. Ko’pgina davlatlarda davlat xaridi bilan shug’ullanadigan xodimlarni tayyorlash va ular malakasinioshirish bevosita hukumatning zimmasiga yuklatilgan vazifasi hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan yuqoridagi ko’rsatilagan yo’nalishlardagi muammolarni bartaraf etishga katta e’tibor qaratilmoqda va davlat xaridini amalga oshirishda ishtirok etuvchi boshqa sub’ektlar ishtirokida, davlat xaridi jarayonining mexanizmlarini hamda uning huquqiy asoslarini takomillashtirish bo’yicha faol ish olib borilmoqda. Xususan, davlat xaridi tizimini boshqarish bo’yicha tizimli yondoshuvga bo’lgan talab hamda davlat xaridining iqtisodiyotning ayrim sohalariga bo’lgan ta’sir etuvchi mexanizm sifatida foydalanish strategiyalari shakllantirilmoqda. O’zbekistonda davlat xaridining hajmi YaIMning 11 foizini tashkil etgani holda, uni iqtisodiy o’sishga ta’sir etuvchi muhim omil ekanligini ko’rsatadi. Davlat xaridi YaIMni shakllanishiga to’g’ridan-to’g’ri ta’sir ko’rsatadi. Ushbuni inobatga olib davlat xaridini amalga oshirish sohasida olib borilgan oqilona siyosat makroiqtisodiy siyosatga jiddiy ta’sir etuvchi instrument sifatida yuzaga chiqadi: davlat xaridini iqtisodiyotning ma’lum sohalarida amalga oshirish orqali, o’sha sohalar rivojiga va aholi bandligi hamda daromadlari darajasiga ijobiy ta’sir etadi; ochiq tenderlarni e’lon qilish orqali raqobatni rivojlantirishga ta’sir etadi; sotib olinayotgan tovarlarning sifat talabini xalqaro andoza talablarga tenglashtirish orqali, milliy ishlab chiqaruvchi korxonalar mahsulot sifatini oshirishga ta’sir etish mumkin; kichik biznes vakillar tomonidan ishlab chiqarilayotgan tovar va xizmatlarni sotib olishda tanlov jarayonlarini joriy etish orqali, kichik biznesni va raqobatni rivojlantirishga ta’sir etish mumkin. Yuqorida sanab o’tilgan holatlar faqatgina mamlakat darajasida davlat xaridini boshqarishning samarli mexanizmlari mavjud bo’lgan sharoitda, ya’ni xaridni rejalashtirish va uning iqtisodiyotga ta’sirini baholash orqali erishish mumkin. O’zbekiston hukumati davlat xaridi instrumentidan turli ko’rinishlarda foydalanib kelmoqda. Masalan, o’rta maxsus ta’lim tizimini islohotlar nafaqat o’quv binolari sonini ortishiga olib keldi, balki respublikada kapital qurilish sohasining rivojiga katta turtki berdi. 2000 yillar boshida qurilish kompaniyalari nochor ahvolda bo’lgan bo’lishsa, hozir ular qurilish-montaj va loyihalarning turli tumanligi va sifat bo’yicha xorijiy kompaniyalar bilan raqobat qilishmoqda. Shuning bilan bir vaqtda, O’zbekistonda ishlab chiqarilayotgan qurilish materiallarining turlari ham kengaydi. Kapital qurilish sohasiga davlat buyurtmasi aholi bandligi oshirishda ham muhim rol o’ynadi. Xuddi shunday misolni mebel ishlab chiqarish sanoatiga nisbatan ham keltirib o’tish mumkin. Davlat xaridlarining sub’ektlari davlat buyurtmachisi, xarid qilish tartibtaomillari ishtirokchisi, davlat xaridlarining ijrochisi, xarid komissiyasi, maxsus axborot portali operatori va ekspertlardir. Davlat buyurtmachilari deganda quyidagilar tushuniladi: 1) byudjet buyurtmachilari: davlat organlari; byudjet tashkilotlari; xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish uchun yo‘naltiriladigan byudjet mablag‘larini oluvchilar; davlat maqsadli jamg‘armalari; 2) korporativ buyurtmachilar: davlat korxonalari; ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar; ustav fondining (ustav kapitalining) 50 foizi va undan ortig‘i 50 foiz va undan ortiq miqdorda davlat ulushiga ega yuridik shaxsga tegishli bo‘lgan yuridik shaxslar. Davlat buyurtmachisi: mustaqil ravishda yoki ixtisoslashgan tashkilotni jalb etgan holda tovarning (ishning, xizmatning) boshlang‘ich narxini belgilash; davlat xaridlarini amalga oshirishda o‘z rasmiy veb-saytiga yoki o‘zining yuqori turuvchi organi rasmiy veb-saytiga, shuningdek ommaviy axborot vositalariga e’lon joylashtirish; xarid qilish tartib-taomillarining barcha ishtirokchilariga tatbiq etiladigan takliflarni taqdim etish muddatlarini uzaytirish; qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchilari takliflarining amal qilish muddatini muayyan davrga uzaytirish to‘g‘risidagi taklif bilan ularga murojaat qilish; ikkinchi bosqich yakunlari bo‘yicha tender tarzida xarid qilish tartib-taomilini o‘tkazishda g‘olib bilan narxni pasaytirish to‘g‘risida muzokaralarga kirishish huquqiga ega. Davlat buyurtmachisi qonun hujjatlariga va o‘zi tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. Davlat buyurtmachisi Qonunga muvofiq xarid qilish tartib-taomili turini tanlash to‘g‘risida qaror qabul qilishi; qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat xaridlarini amalga oshirishi; davlat xaridlari to‘g‘risidagi axborotni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda maxsus axborot portaliga joylashtirishi; xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchilarining tovarlar (ishlar, xizmatlar) va davlat xaridlarining tartib-taomillari bilan bog‘liq so‘rovlari bo‘yicha ularga qonun hujjatlariga muvofiq tushuntirishlar berishi; xarid qilish tartibtaomillarining g‘olib deb topilgan ishtirokchilari bilan shartnomalar tuzishi, shuningdek ularning ijro etilishini ta’minlashi; bo‘lajak davlat xaridlari to‘g‘risidagi e’lonlarni faqat moliyalashtirish manbalari va miqdorlari mavjudligi tasdiqlangan taqdirdagina maxsus axborot portaliga va boshqa ommaviy axborot vositalariga joylashtirishi shart. Davlat buyurtmachisining zimmasida qonun hujjatlariga va o‘zi tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin. Xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchisi xaridlarini ijro etish uchun talabgorlar sifatida ishtirok etayotgan O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchisi bo‘lishi mumkin. Ishtirokchi: davlat xaridlari to‘g‘risidagi axborotdan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hajmda foydalanish; muayyan davlat xaridlari tartib-taomillari, ularni o‘tkazish talablari va shartlari bo‘yicha so‘rovlar berish va tushuntirishlar olish; xarid komissiyasi tomonidan takliflar ochilayotganda belgilangan tartibda ishtirok etish; xarid qilish tartib-taomillari buzilgan taqdirda davlat xaridlari natijalari ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilish; davlat xaridlari tartib-taomillarida ko‘rsatilgan hollarda qonun hujjatlariga muvofiq takliflarga o‘zgartishlar kiritish yoki ularni qaytarib olish huquqiga ega. Ishtirokchi: davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etishi; davlat xaridlari to‘g‘risidagi hujjatlar talablariga muvofiq bo‘lgan takliflar va hujjatlarni taqdim etishi hamda taqdim etilgan axborotning ishonchliligi uchun javobgar bo‘lishi; g‘olib deb topilgan taqdirda davlat buyurtmachisi bilan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda shartnoma tuzishi shart. Ishtirokchi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi va uning zimmasida boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin. Davlat xaridlari ijrochisi - xarid qilish tartib-taomillari yakunlari bo‘yicha g‘olib deb topilgan va u bilan shartnoma tuzilgan ishtirokchi davlat xaridlari ijrochisidir. Ijrochi: davlat buyurtmachisi bilan tuzilgan shartnomani ijro etish jarayonida tushuntirishlar olish uchun unga murojaat qilish; yetkazib berilgan tovar (ish, xizmat) uchun haq olish; shartnoma shartlariga muvofiq va (yoki) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda shartnomani bekor qilish huquqiga ega. Xarid komissiyasi - xarid komissiyasi xarid qilish tartib-taomillari g‘olibini tanlash to‘g‘risida qarorlar qabul qilish vakolatiga ega bo‘lgan kollegial organdir. Xarid komissiyasi ishining asosiy maqsadi ishtirokchilarning takliflarini buyurtmaga muvofiqlik darajasi bo‘yicha xolis baholashdan va tartibga solishdan hamda davlat xaridlari raqobatlashuv usullari orqali amalga oshirilganda g‘olibni (g‘oliblarni) tanlashdan iborat. Xarid komissiyasi davlat buyurtmachisi huzurida doimiy faoliyat ko‘rsatadigan, davlat buyurtmachisining tegishli qarorlari bilan shakllantiriladigan va tarqatib yuboriladigan organdir. Xarid komissiyasi toq sonli a’zolardan iborat bo‘ladi, uning a’zolari tarkibi va soni xarid qilish tartib-taomilining turiga bog‘liq bo‘ladi hamda olinayotgan tovarning (ishning, xizmatning) xususiyatlari inobatga olingan holda o‘zgartirilishi mumkin. Xarid komissiyasi a’zolari xolis bo‘lishi va xarid qilish tartib-taomili g‘olibini tanlashdan shaxsan manfaatdor bo‘lmasligi kerak. Xarid komissiyasining ishiga rais rahbarlik qiladi, u xarid komissiyasi majlislarini chaqiradi va olib boradi, ovozga qo‘yishni va xarid komissiyasi tomonidan qabul qilingan qarorlarni e’lon qiladi, shuningdek xarid komissiyasi majlislarining bayonnomalarini imzolaydi. Xarid komissiyasi raisi yo‘qligida uning vazifalarini o‘rinbosari bajaradi. Xarid komissiyasining tezkor faoliyatini uning mas’ul kotibi tashkil etadi. Xarid komissiyasining har bir a’zosi ovoz berishda yoqlab ovoz berishi, qarshi ovoz berishi yoki unda ishtirok etishdan bosh tortishi mumkin. Xarid komissiyasining raisi ovoz berishda ishtirok etishdan bosh tortish huquqiga ega emas. Xarid komissiyasining majlislari yuzma-yuz yoki sirtdan (so‘rov orqali, barchaning ishtirokisiz) o‘tkazilishi mumkin. Yuzma-yuz majlislarkonferentsiyalar (videokonferentsiyalar va hokazo) shaklida o‘tkazilishi mumkin. Majlis o‘tkazilgan sanada bir davlat xaridi bo‘yicha qiymati bazaviy hisoblash miqdorining besh ming baravaridan kam miqdordagi tovarlarning (ishlarning, 26 xizmatlarning) davlat xaridi bo‘yicha xarid komissiyasining qarorlari xarid komissiyasining sirtdan o‘tkaziladigan majlisida, qiymati bazaviy hisoblash miqdorining besh ming baravaridan ortiq miqdordagi davlat xaridi bo‘yicha xarid komissiyasining qarorlari esa xarid komissiyasining faqat yuzma-yuz majlisida qabul qilinishi mumkin. Qiymati bazaviy hisoblash miqdorining besh ming baravaridan ortiq miqdordagi davlat xaridlari o‘tkazilganda xarid komissiyasi tarkibiga davlat buyurtmachisining vakillaridan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasining, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «O‘zinjiniring» respublika loyihalashtirish institutining vakillari kiritiladi. Vakolatli organ xarid komissiyasining majlisiga o‘z vakilini kuzatuvchi sifatida ishtirok etish uchun yuborishga haqlidir. Xarid komissiyasining yuzma-yuz majlisi o‘tkazilishi uchun xarid komissiyasi a’zolari umumiy sonining yarmidan ko‘pi ishtirok etishi zarur. Qaror xarid komissiyasi a’zolari umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Xarid komissiyalari a’zolarida ishtirokchilar bilan affillanganlik xususiyatiga ega aloqalar mavjud bo‘lgan taqdirda, xarid komissiyasining bunday a’zosi bu masala ko‘tarilgan majlisda o‘zini o‘zi rad etishi va mazkur masala bo‘yicha ovoz berishda ishtirok etmasligi kerak, bu haqda bayonnomada qayd etiladi. Agar xarid komissiyasiga mazkur komissiya a’zosining affillanganligi mavjudligi tegishli masala yuzasidan qaror qabul qilinguniga qadar ma’lum bo‘lib qolgan bo‘lsa, uning o‘zi esa o‘zini o‘zi rad etmagan bo‘lsa, bunday a’zoning mazkur masala bo‘yicha ovoz berishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Agar xarid komissiyasiga tegishli masala bo‘yicha ovoz bergan mazkur komissiya a’zosining affillanganligi mavjudligi qaror qabul qilinganidan keyin ma’lum bo‘lib qolgan bo‘lsa, bunday a’zoning ovozi mazkur masala bo‘yicha ovoz berish natijalaridan chiqarib tashlanadi. Xarid komissiyasi quyidagi vazifalarni bajaradi: tanlov (tender) hujjatlarini kelishadi; takliflar qabul qilinadigan muddatlarni belgilaydi; takliflarni ochish tartib-taomillarini belgilaydi; takliflarni baholash mezonlarini belgilaydi; taklif kiritish tartibini, hajmini va uni ta’minlash shaklini belgilaydi xarid qilish tartib-taomili ishtirokchilarining takliflarini ochishni amalga oshiradi; malaka tanlovini o‘tkazadi, agar tanlov (tender) hujjatlari shartlarida bu nazarda tutilgan bo‘lsa; xarid qilish tartib-taomillarini qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi; xarid qilish tartib-taomillarining raqobatlashuv turlari ijrochisini va zaxira ijrochisini belgilaydi yoki savdoni amalga oshmagan deb topadi. Deyarli barcha mamlakatlarda davlat xaridlari uchun davlat budjetidan qiladigan xarajatlar salmoqli bo’lib, bu davlat xaridlarini boshqarish tizimini rivojlantirish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Shu nuqtai nazardan, budjet mablag’laridan samarali foydalanish, buyurtmalarni joylashtirishning oshkoraligi va shaffofligini ta’minlash, adolatli raqobat rivojlanishi va buyurtmalarni joylashtirishda korrupsiyani oldini olish maqsadida davlat xaridini boshqarish tizimini takomillashtirish muhim ahamiyatga ega. Avvalo, aytib o’tish joizki, amaldagi qonunchiligida davlat ehtiyojlarini qondirish sifatini oshirish va optimallashtirish maqsadida “davlat buyurtmasi” ga yaxlit va aniq ta’rif yoki tayanch tushuncha mavjud emas. Bu bo’yicha L.M.Davletshina, V.S.Gladkov va boshqa bir qancha yosh olimlarning fikrlariga ko’ra, davlat buyurtmasining mavjud talqini uning asl mohiyatini aks ettirmay, “davlat buyurtmasi” va “davlat xaridi” tushunchalarini aralashtirib yubormoqda va bu bilan amaliyot tartibotiga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda . L.V. Andreyeva davlat xaridlarining huquqiy masalalarini o’rganishda “davlat ehtiyojlari” ni mustaqil ma’noga ega bo’lgan huquqiy tushuncha sifatida alohida ajratib ko’rsatdi. Bunda davlat va davlat buyurtmachilarining funksiya va vakolatlarini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan davlat ehtiyojlarining tarkibiga tovar, ish va xizmatlarga bo’lgan ehtiyojlar kiradi. Qonunchilikka ko’ra tovarlarni yetkazib berish, ishlar bajarish va xizmat ko’rsatish bo’yicha buyurtmalar joylashtirish deganda, qonunga belgilangan tartibda, buyurtmachilar, vakolatli davlat organlarining mol yetkazib beruvchilar (ijrochilar, pudratchilar) ni tanlash bo’yicha va davlat ehtiyojlarini qondirish maqsadida ular tomonidan tovarlar yetkazib berish, ishlar bajarish va xizmatlar ko’rsatish bo’yicha davlat shartnomalarini tuzish harakatlari tushuniladi. “Davlat ehtiyojlari” va “Davlat ehtiyojlari uchun buyurtma joylashtirish” tushunchalarining mohiyatini ko’rib chiqar ekanmiz, bunda “davlat ehtiyojlari” tushunchasi “davlat buyurtmasi” tushunchasiga nisbatan kengroq mazmunga ega degan xulosa kelamiz, chunki davlat buyurtmasi davlat ehtiyojlarining umumlashgan va rasmiylashtirilgan ko’rinishi hisoblanadi. Bunda shuni ta’kidlab o’tish kerakki, bu terminlarning ham mazmuni, ham tarkibi jihatdan amaliyotda ishlatilishi bir xil. Sobiq Sovet qonunchiligida davlat buyurtmasi individual rejaviy hujjat sifatida qaralib, u korxona rejasi tarkibida bo’lgan va iste’molchilarning buyurtmasiga asoslangan umumiy ishlab chiqarish dasturini shakllantirishda uning mustaqilligini kafolatlagan. Keng ma’noda, davlat buyurtmasi deganda, davlat boshqaruv organlarining tovar, ish, xizmatlarga bo’lgan ehtiyojlari tushunilib, bu ehtiyojlar budjet va nobudjet fondlarining mablag’lari hisobidan, ya’ni budjet va nobudjet fondlariga jamg’arilgan soliq to’lovchilarning mablag’lari hisobidan moliyalashtiriladi. Bu fikrni I.I.Smotritskaya ham ilgari suradi va qo’shimcha ravishda bu ehtiyojlarning nimaga asoslanganligini va uni to’gri rasmiylashtirish kabi aspektlarga oydinlik kiritadi. Tor ma’noda, davlat buyurtmasi - bu aniq bir davlat organining ma’lum bir tovar, ish va xizmatlarga bo’lgan ehtiyojlarining ro’yxatidir. “Xarid” atamasi turli davlat organlari tomonidan xarid qilinadigan tovar, ish va xizmatlarni xarid qilishni tartibga soladigan xalqaro me’yoriy-huquqiy normalarda hamda tijorat sohasida buyurtmachining shartnoma asosida mahsulotni sotib olishi tushunchasi sifatida keng tarqalgan. Bunda RF Fuqarolik Kodeksiga binoan shartnoma deganda ikki yoki undan ortiq tomonlarning o’zaro kelishuvi (bu hujjat “shartnoma” deb rasmiylashtirilgani yoki yo’qligidan qat’iy nazar) tushuniladi. G.I.Martinenko savdo va tariflar bo’yicha Umumiy kelishuvga asoslanib shuni ta’kidlab o’tadiki, bu hujjatning 8 betidagi “a” bandida davlat xaridi davlatning ehtiyojlari uchun, keyinchalik tijoratda qayta sotish yoki tijorat faoliyatini yuritish uchun shu mahsulotlardan ishlab chiqarishda foydalanishni ko’zda tutmaganholda, mahsulotlarni davlat agentliklari tomonidansotib olinishi sifatida talqin etilgan. I.I.Smotritskaya, O.A.Skutelnik va V.V.Ilyuxin kabi olimlar “davlat xaridi” va “davlat buyurtmasi” tushunchalarini birlashtirib, davlat xaridi - davlatehtiyojlari uchun tovar, ish va xizmatlarni xarid qilishning,ya’ni davlat buyurtmasini amalga oshirishning so’nggi yakunlovchi bosqichi, degan fikrni ilgari suradilar. Prognozlashtirish – bu baholash jarayoni bo’lib, bunda “davlat ehtiyojlari” tushunchasi ostida bo’lgan davlatning u yoki bu ehtiyojlarini qondirish muhimliligi, davlat buyurtmasining istiqboli va unga qilinadigan xarajatlar baholanadi. Baholash jarayoni ma’lum davrdagi bozor sharoitlarining o’zgarishi va bozor konyukturasini tahlil qilish hamda marketing tadqiqotlariga asoslanadi. Prognozlashtirish natijalari davlat buyurtmasini rejalashtirish va shakllantirish davomida hisobga olinadi. Davlat buyurtmasini rejalashtirish va shakllantirish – ma’lum davr mobaynidagi davlat buyurtmachisining tovar, ish, xizmatlarga bo’lgan ehtiyojini qondirish maqsadida kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish jarayonidir. Davlat buyurtmasini joylashtirish - buyurtmachining tovar yetkazib berish, ishlar bajarish va xizmatlar ko’rsatish uchun kontragentlarni tanlash va ular bilan shartnoma tuzishni tartibga soluvchi qonunchilikka asoslangan harakatlaridan iborat. M.N.Kozin fikricha, davlat buyurtmasi nafaqat davlat ehtiyojlarini qondirish vositasi sifatida, balki iqtisodiyotda raqobatni rivojlantirish uchun inqiroz holatdagi tarmoqlarni qo’llab-quvvatlash instrumenti sifatida ham namoyon bo’ladi. Bundan tashqari, davlat buyurtmasi mamlakatning inqirozga qarshi siyosatining muhim elementi bo’lib ham xizmat qilishi mumkin. Shuni ta’kidlab o’tish zarurki, davlat buyurtmasining aniq maqsadini belgilash o’ta muhim hisoblanadi, chunki bu bilan nafaqat qonun chiqarish jarayoni, balki huquqiy normalarni to’gri talqin etish va ulardan foydalanish uzviy bog’liq hisoblanadi. Federal qonunni tahlil qilganda, unda davlat buyurtmasining bir necha maqsadlari keltirib o’tilgani aniqlandi. Ammo, fikrimizcha,Federal qonunda davlat buyurtmasining yagona, umumiy maqsadi bo’lishi kerak. Lekin shunga qaramay ko’pgina mualliflar maqsadlarning turli xilligini qo’llab-quvvatlamoqdalar. V.I.Smirnovning fikricha,xaridlar to’g’risidagi qonunchilikda maqsad va vositalarning o’rni almashgan: vositalar – “mustaqil” maqsadlar sifatida talqin etiladi, haqiqiy maqsad esa mavhumlikka yoyilgan. Natijada noto’g’ri belgilangan maqsadlar ko’rsatkichlari kiritilgan yutuqlardan dalolat beradi, aslini olganda esa ehtiyojlarni qondirishning real holati yomonlashib bormoqda. Ijtimoiy xaridlar va qonunchilikning bu sohadagi maqsadi – belgilab qo’yilgan mablag’lar doirasida davlat va munitsipal ehtiyojlarni qondirish samaradorligini oshirish hisoblanadi. Fikrimizcha, davlat buyurtmasi – bu davlat ehtiyojlarini qondirish maqsadida amalga oshiriladigan murakkab va davomiy jarayon bo’lib, prognozlashtirish, rejalashtirish va shakllantirish, joylashtirish, amalga oshirish va nazorat kabi bosqichlardan iborat va davlatning inqirozga qarshi siyosatining muhim elementi bo’lib hisoblanadi. Huquq me’yorlarini bir xil talqin etish va qo’llash maqsadida mazkur tushunchani qonunchilikda va mos tarzda barcha davlat va mahalliy darajadagi davlat hokimiyatining me’yoriy- huquqiy hujjatlarda belgilab qo’yish zarur. Download 29.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling