I-bob fizika fanining rivojlanishi 5


Yuqori energiyalar fizikasi


Download 437.61 Kb.
bet3/7
Sana15.02.2023
Hajmi437.61 Kb.
#1202353
1   2   3   4   5   6   7
Yuqori energiyalar fizikasi sohasidagi ishlar akademik S. Azimov rahbarligida Fizika-texnika institutida boshlangan. Tadqiqotlar, asosan, ikki yo'nalishda olib borilmoqda: kosmik nurlar fizikasi va juda katta eneigiyagacha tezlashtirilgan zarra va yadrolarning nuklonlar hamda yadrolar bilan ta'sirlashuvlarini o'rganish.
Fizikaviy elektronika. o'zbekistonda bu sohadagi dastlabki tad-qiqotlar o'tgan asrning o'ttizinchi yillarida boshlangan. Bu soha-ning keyingi rivojlanishi, fizik-elektronchilar ilmiy maktabining vujudga kelishi, ko'p jihatdan akademik U. Orifov (1909 — 1976) nomi bilan bog'liq. 1967- yilda esa Fanlar akademiyasining elektro-nika instituti tashkil qilindi.
Yarim o'tkazgichlar fizikasi bu sohadagi ilmiy-tadqiqot ishlari yigirmanchi asrning 30- yillarida boshlangan. Bu ishlar ko'plab ilmiy-tekshirish institutlari va oliy o'quv yurtlarida olib borilmoq-da. Yarim o'tkazgichlar fizikasi sohasida o'zbek olimlarining yutuqlari ham talaygina. Jumladan, quyosh energiyasini elektr energiyasiga aylantirib beruvchi o'zgartkichlar, yuqori kuchlanishli fotoelektrik generatorlar, ikki yoqlama sezgir fotoo'zgartkichlar ishlab chiqildi va ular asosida fotoelektrik qurilmalarning modullari yaratildi. seku nd (s) seziy-133 atomi asosiy holatining ikkita o'ta nozik sathlari orasidagi o'tishga mos keluvchi nurlanish davrining 9192631770 tasiga teng bo'lgan vaqt;
Fizika fanining asosiy tekshirish uslubi tajribadir. Tajribalar natijasini tushuntirish, asoslash maqsadida ilmiy nazariyalar yaratiladi. Bularning hammasi tabiatda mavjud bo'lgan obyektiv qonuniyatlarni o'rganishga va natijada ularning fizik qonunlarini yaratilishiga olib keladi. Fizik qonunlar fizik kattaliklar orasidagi ma'lum munosabatlar vositasida ifodalanadi.
Fizik kattalik deb, miqdor jihatdan har bir fizik obyekt uchun xususiy, lekin sifat jihatdan ko'plab obyektlar uchun umumiy bo 'Igan va bu obyektlarning biror xossasini ifodalovchi kattalikka aytiladi.
Fizik kattaliklar sistemasi asosiy va hosilaviy kattaliklardan iboratdir. Fizik kattalikning birligi deb, har birfizik kattalikni miqdoriy ifodalash uchun qo 'llaniladigan, shartli ravishda son qiymati birga teng deb belgilangan o 'lchamlifizik kattalikka aytiladi
Fizik kattaliklarning Xalqaro birliklar sistemasi (Sl—sistema intYernational) 1960- yilda o'lchov va tarozilar bo'yicha bosh konferensiyada qabul qilingan:
m e t r (m) yorug'likning bo'shliqda 1/299792 458 s da o'tadigan yo'lining uzunligi;
kilogramm (kg) kilogrammning xalqaro timsolining massasiga teng massa (Parij yaqinidagi Sevr shahrida o'lchov va tarozilar xalqaro byurosida saqlanayotgan platina-iridiy qotishmasining massasi);
s e k u n d (s) seziy-133 atomi asosiy holatining ikkita o'ta nozik sathlari orasidagi o'tishga mos keluvchi nurlanish davrining 9192631770 tasiga teng bo'lgan vaqt;
k e 1 v i n (K) suv uchlamchi nuqtasi termodinamik harorati-ning 273,15 dan bir qismiga teng harorat birligi;
a m p e r (A) bo'shliqda bir- biridan 1 m masofada parallel joylashgan, ingichka, cheksiz uzun o'tkazgichlardan o'tganida shu o'tkazgichlarning orasida ular uzunligining har bir metriga 2^10-7 H o'zaro ta'sir kuchi vujudga keltiradigan o'zgarmas tok kuchidir;
mol (mol) — tarkibiy elementlari, 0,012 kg massali 12C nuklidda mavjud bo'lgan tarkibiy elementlarga teng sistemaning modda miqdori;
k a n d e 1 a (kd) — 540Ч012 Hz chastotali monoxromatik nurlanish chiqaradigan manbaning, eneigetik kuchi 1/683 W/sr bo'lgan yo'na-lishdagi yorug'lik kuchi;
r a d i a n (rad) — ikki radius orasida joylashgan va qarshisidagi yoyning uzunligi aylana radiysiga teng bo'lgan burchak;
s t e r a d i a n (sr) — sfera sirtidan tomoni sfera radiusidek bo'lgan kvadratning yuzasiga teng yuzani ajratuvchi, uchi sfera markazida bo'lgan fazoviy burchak. Hosilaviy birliklar fizik qonunlardan foydalanib topiladi.
II-BOB FIZIKA FANINING BOSHQA FANLAR BILAN

Download 437.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling