I-bob. Fizika va astranomiya o’qitishni loyihalashtirish


Bilimning mustahkamlik prinsipi


Download 79.98 Kb.
bet5/10
Sana17.06.2023
Hajmi79.98 Kb.
#1527626
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Mavzu O’zgarmas to’k dvigatellari

Bilimning mustahkamlik prinsipi. Talabalar ma’ium hajmdagi bilimgagina ega bo'lmasdan, ulardan keyinchalik o'qish va amaliy faoliyatida foydalanishi uchun, uni yetarli darajada esda saqlashlari zarur. Fizika fanini o'qitish jarayoni ayrim ilmiy dasturiy biiimlarni aniqlashtirib va mustahkamlab qolmasdan, eng muhimi, ulami xotirada saqlab qolishni ham talab qiladi. Mashhur nemis fizigi, kvant nazariyasining asoschilaridan biri bo'lgan M.Plankning e’tirof etishicha, «Bilim berish — bu, barcha o'qilgan manbalar unutilgandan keyin inson xotirasida qoladigan fikrlardir».
О`quv fanini kasbiy yo'naltirish prinsipi. Oiiy maktablarda turli yo'nalishdagi mutaxassis kadrlar tayyorlanadi, ularning ko'pchiligi fizika o‘qishadi. Shundan kelib chiqib, fizika fanini o'qitishni kasbiy yo'nalishini kuchaytirish maqsadga muvofiqdir. Bunga asos bo'lib, texnikada va ishlab chiqarishda ishlatiladigan mashina va mexanizmlarning ishlash prinsipi, fizik hodisa va qonunlarga asoslanganidir. Chunki bular fizikaning amaliy tatbiqi bo'lib hisoblanadi. Shuning uchun. fizikaning texnik fanlar bilan o'zaro bog'lanishini hisobga olib o'qitishni, uni kasbiy yo'naltirish, deb aytish mumkin. o'qitish metodining modelini ketma-ketlikda kuzatish mumkin.


1.2. Fizikani o’qitishda to’rtinchi guruh ta’lim usullarini qo’llash
Fizikani o‘qitishda AKT vositalaridan foydalanish o‘quvchilarga: fanga bo‘lgan motivatsiyasini oshirish, fizikadan murakkab mavzularni tushuna olish, murakkab fizik jarayon va hodisalarni tasavvur qilib, ko‘z oldiga keltira olish, mustaqil ravishda tajriba, ko‘rgazma va laboratoriya ishlarini elektron shaklda o‘tkazish, ensiklopedik ko‘rinishdagi axborotlarni tezkor olish, o‘z bilimlarini nazorat qilish va mustahkamlash, mavzuni o‘rganishda o‘zi uchun qulay bo‘lgan tezlik va o‘zlashtirish darajasini tanlash, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga jalb qilish, uni egallash va unga doimiy ishlashga bo‘lgan ehtiyojni shakllantirish imkoniyatlarni beradi.
Fuzika fanini o’qitishda To’rtinchi guruh usullari quyidagicha:

  • amaliy vaziyatlarni o’rgatuvchi usul (Case - stadi),

  • loyihalar usuli.

Keys-stadi inglizcha case – aniq vaziyat, study – ta’lim so’zlarining birikuvidan hosil qilingan bo’lib, aniq vaziyatlarni o’rganish, tahlil etish va ijtimoiy ahamiyatga ega natijalarga erishishga asoslangan ta’lim metodidir. Mazkur metod muammoli ta’lim metodidan farqli ravishda real vaziyatlarni o’rganish asosida aniq qarorlar qabul qilishga asoslanadi. Agar u o’quv jarayonida ma’lum bir maqsadga erishish yo’li sifatida qo’llanilsa, metod xarakteriga ega bo’ladi, biror bir jarayonni tadqiq etishda bosqichma-bosqich, ma’lum bir algoritm asosida amalga oshirilsa, texnologik jihatni o’zida aks ettiradi.
Keys-stadidagi asosiy muammo: Tojni sindirmasdan uning sof oltindan yasalganligini aniqlash. Muammoli vaziyatni yechish yo’llari:
1. Keys- stadi va uning axborot ta’minoti bilan tanishamiz. Avvalo keys-stadi bilan tanishib chiqamiz. Unda yechilishi lozim bo’lgan muammoni aniqlash uchun bor bo’lgan butun axborotni diqqat bilan o’qib chiqamiz. Muammoni yechish darajasini aniqlaymiz.
2. Berilgan vaziyat bilan tanishamiz. - vaziyat tojni massasi, hajmi va yuqoridagilar asosida uning zichligini aniqlash muammosi.
3. Muammoli vaziyatning tahlili. Muammoli vaziyatni tahlil qilishga harakat qilamiz. Masalani yechish uchun zarur bo’lgan fizik kattaliklarni aniqlab o’tamiz 1. massa, 2. massani aniqlash, 3. hajm, 4. tojning hajmini aniqlash, 5. zichlik 1. sof oltin va tojning zichliklarini taqqoslash.
Mazkur holatda qabul qilinishi mumkin bo’lgan muammoning barcha yechimlarini topamiz:

Muammoli vaziyat

Muammoli vaziyatning kelib chiqish sabablari

Vaziyatdan chiqib ketish harakatlari

Tojni sindirmasdan uning sof oltindan yasalganligini aniqlash.

Shoh uchun ustaga nisbatan ishonchsizlik Arximed uchun toj juda ham murakkab shaklli bo’lganligi uchun uning hajmini aniqlash.

Shoh uchun Arximedga topshiriq berish. Arximed uchun tojni hajmini aniqlab, hajmni toj massasiga bo’lib uning zichligini aniqlash va sof oltinni zichligi bilan taqqoslash.

4.O’tkazilgan tahlillar va natijalar Arximedga jismlarning bir jinsliligini, ularning zichliklari ya’ni massalarini hajmlariga nisbati orqali solishtirish usuli ma’lum. Asosiy muammo tojning shakli juda ham murakkab bo’lganligi uchun uning hajmini aniqlashdan iborat. Arximedga berilgan muddatgacha hajmni aniqlash masalasi murakkablik qildi. U toj hajmini aniqlash uchun usul topa olmadi. Hammomda jismlar suvga botirilganida o’z hajmiga teng bo’lgan suvni siqib chiqara olishini kashf qilganidan so’ng hajm muammosini hal qiladi.


- tojni suvga botirib uning hajmini aniqlaydi;
- tojning massasini tarozi orqali aniqlaydi;
- toj massasini uning hajmiga bo’lib tojning zichligini aniqlaydi;
- sof oltinni suv orqali hajmini aniqlaydi;
- sof oltin massasini tarozi orqali aniqlaydi;
- sof oltin massasini hajmga bo’lib uning zichligini topadi.
“Arximed va oltin toj afsonasi” mavzusini keys – stadi metodi asosida o’quvchilarga tushintirish.
Mavzu: “Arximed va oltin toj afsonasi”
Keysning asosiy maqsadi: Arixmed afsonasi yordamida talabalarda, massa, hajm, zichlik tushunchalarini yetkazish va ularni aniqlash usullarinini o’rgatish. O’quv faoliyatidan kutiladigan natijalar:
 massa, hajm, zichlik tushunchalarini o’rganadi.
 jismning massasi, hajmi va zichligini aniqlash usullarini o’rganadi.
muammoni aniqlab, uni hal qilishda yechim topish.
Ushbu keysni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun oldindan talabalar quyidagi bilim va ko’nikmalarga ega bo’lmoqlari zarur:
Talaba bilishi kerak: Massani o’lchash, oddiy shakllarning hajmini aniqlash.
Talaba amalga oshirishi kerak:
- mavzuni mustaqil o’rganadi;
- muammoning mohiyatini aniqlashtiradi;
- o’quv ma’lumotlar bilan mustaqil ishlaydi;
- ma’lumotlarni taqqoslaydi, tahlil qiladi va umumlashtiradi.
Texnologik xususiyatlardan kelib chiqqan holda keysning tavsifnomasi: Ushbu keysning asosiy manbai kabinetli, lavhali bo’lib, hayotiy vaziyatlar asosida bayon etilgan. Keysning asosiy obyekti shaxs va tajribaga yo’naltirilgandir. Bu tashkiliy institusional keys bo’lib, ma’lumotlar vaziyatlar va savollar asosida tuzilgan. Hajmi qisqa, tizimlashtirilgan bo’lib, treningga mo’ljallangan o’quv mavzu bo’yicha bilim va ko’nikmalar hosil qilishga qaratilgan. Didaktik maqsadlarga ko’ra keys muammolarni taqdim qilishga, ularni hal etishga, tahlil qilish va baholashga qaratilgan. Ushbu keysdan fizika fanining boshqa mavzularini o’qitishda foydalanish mumkin.

Download 79.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling