I bob. G‘o‘zaning asosiy zararkunandalari haqida batafsil tushuncha
Download 1.25 Mb.
|
Asom
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati.
- Ishning amaliy ahamiyati
- Ishning tuzilishi va hajmi.
- 1.1. Goza zararkunandalarini organish tarixi
Tadqiqotning maqsadi. Past Dargom tumani sharoitida gozaning kemiruvchi zararkunandalari turlarini aniqlash va ularga qarshi kurash chora tadbirlari bilan tanishish.
Tadqiqotning vazifalari. Yuqoridagilardagi kelib chiqib biz oldimizga qoyidagi vazifalarni qoydik: Paxta dalalarida tarqalgan goza zararkunandalarining tur tarkibini aniqlash. Zararkunanda turlar tomonidan yetkaziladigan zararni organish. Zararkunanda turlarga qarshi kurash chora tadbirlari bilan tanishish. Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Goza zararkunandalari biologiyasini o`rganish natijasida ilmiy jihatdan qimmatli ma`lumotlar olish mumkin. Olingan ma`lumotlar asosida zararkunanda turlarga qarshi kurashni oldindan bashoratlash ishning amaliy jihatidan amaliyot hisoblanadi. Ishning amaliy ahamiyati. Ish materiallaridan goza zararkunandalari sonini prognoz qilishda va ularga qarshi uygunlashgan kurashni qollashda foydalanish mumkin. Olib borilgan tadqiqotlar natijalari goza zararkunandalariga qarshi kurashga doir malumotlarni toldirish imkonini beradi. Ishning tuzilishi va hajmi. Malakaviy bitiruv ishi kirish, 3 bob, xulosalar, tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar royxatidan iborat. Umumiy hajmi 47 betdan iborat bolib, unda 4 ta jadval, 2 ta grafik va 6 ta rasmlar keltirilgan. Adabiyotlar royxati oz ichiga 28 ta adabiyotni olgan. I. BOB. G‘o‘zaning asosiy zararkunandalari haqida batafsil tushuncha 1.1. Goza zararkunandalarini organish tarixi Goza zararkunandalari paxtachilikda eng kop zarar keltiradigan omillardan biri hisoblanadi. Ozbekiston sharoitida gozaga zarar keltiruvchi 210 dan ortiq zararkunandalar aniqlangan. Bulardan biri tunlamlar goza chinbarg chiqarganda to hosil yigib olingunga qadar gozada rivojlanadi, zarar keltiradi. Natijada osimlik osishidan va rivojlanishidan toxtaydi, barglar bujmayib tokiladi va oxiri hosildorlik keskin kamayadi.Agar oz vaqtida shiralarga qarshi kurash chorasi olib borilmasa, ular goza hosildorligini 30-50 % gacha ayrim xollarda yosh nixollarni umuman yoqolishiga olib keladi [ 6.8,15,27]. Tunlamlarning zararlilik darajasi ularning osimliklardagi soni va osimlikka tushgan vaqti hisoblanib, oxirgi natija hosildorlikni ozgarishi bilan aniqlanadi. Xozirgi paytda kopchilik olimlar tomonidan shiralarning biologiyasi, rivojlanish dinamikasi sistematikasi yaxshi organilgandir[ 1,3,23]. Ozbekiston sharoitida beda tunlami 52 botanik oilaga mansub bolgan osimliklarda yashab, rivojlanib zarar keltiradi. Ular zarar keltirgan osimliklar osish va rivojlanishdan toxtaydi [16]. Davletshina, Travyanskaya (1953) kuzatishlari shuni korsatadiki, beda tunlami 20-260S xarorat va 60-70% nisbiy namlikda juda yaxshi rivojlanadi. Gozada beda tunlamining 4 avlodi rivojlanadi va zarar keltiradi. Umuman, mavsum davomida 10 avlod berib rivojlanadi. Xozirgi paytda Ozbekistonda shiralarning zararlilik iqtisodiy chegarasi 100 bargda 25-30 donada tunlam yoki tunlamlar osimlikda 3-5 % tarqalgan bolganda hisoblanadi [2]. Kopchilik olimlarning takidlashicha, goza gullash davrida goza tunlamining zarar keltirish natijasida gullarning changlanish xususiyati yoqotiladi[7]. A.A. Migulin (1983) takidlashicha, goza tunlami zarar keltirish natijasida shonalar tokilib ketadi. Goza tunlami ichida eng zararli hisoblanadi. Bu tunlamning aktiv rivojlanishi, gozani yoppasiga gullash davriga togri keladi. Kopchilik olimlarning kuzatishlariga kora, goza dalalarida tunlamlarining 40 dan ortiq tabiiy kushandalari mavjuddir [4,5]. Mirzaaliyeva O. (1998) takidlashicha, goza shonalash davrida laboratoriya sharoitida kopaytirilgan trixogrammani yetuk xashoratidan tunlamlarga qarshi 1/100 nisbatda qollash juda yaxshi samara beradi. Alimuxammedov S.N., Xadjayev T.Sh. (1991) takidlashicha, Toshkent viloyatida gozani eng kop ruzgi tunlam 75-80% zararlaydi, beda tunlami 15-20% zararlaydi. Goza katta shirasi esa 5-10 % zararlashi aniqlangan. Xozirgi paytda bu tunlamlarga qarshi zamonaviy agrotexnik biologik va kimyoviy kurash choralari qollanilmoqda. Agrotexnik kurash choralarini shiralarning sonini kamaytirishda muxim orin tutadi. Xozirgi paytda gozani fosforli, kaliyli ogitlar bilan barg satxidan oziqlantirish, goza tunlamlarini kamaytirishda eng samarali qullash usullaridan hisoblanadi. Bu yonalish boyicha kopchilik olimlar izlanishlar olib borilmoqdalar. Xushvaqtov Q.X.(1994) takidlashicha, gozadagi tunlamlarni zararli iqtisodiy chegarasi (ZICh) quyidagicha: goza chinbang chiqargandan to shonalash davrigacha bir osimlikdagi 12-18 dona yoki bir bargdagi 1,0-1,5 dona hashorat bolganda goza gullash va hosil tugish davrida bir osimlikda 10 va 25 dan ortiq yoki bir bargdagi 1,0-1,5 donada gozaga katta zarar keltirishi mumkin. A.A.Kan (1988), K.Xushvaktov (1994) kuzatishlar shuni korsatadiki, goza tunlamlariga qarshi qollaniladigan kurash usulini xamisha takomillashtirilib borishi kerak. Bunday usullar eng asosiy va samarali hisoblanadi. Shunday qilib ular oz vaqtida tunlamlarga qarshi kurash choralari olib borilmasa, ular goza hosildorligini 30-50% gacha, ayrim hollarda umuman yoqotishga olib keladi. Tunlamlarning zararlik darajasi ularning osimliklardagi soni va osimlikka tushgan vaqti hisoblanib, oxirgi natija hosildorlikni ozgarishi bilan aniqlanadi. Ozbekistonda 1961-68 yillarda Z.Odilov va S.Alimuxammedovlar entomofaglar togrisida ilmiy tekshirish ishlarini olib bordilar.1971 yilga kelib Namangan viloyatida trixogrammani kopaytirishga moljallangan biolaboratoriyalar ishga tushirdi. Trixogramma bilan tunlam kapalaklariga paxta, don va sabzavot ekinlaridagi zararkunandalarga qarshi 70-80% qollanilganda samara beradi [9,11,14,17,18]. Xozirgi paytda gozani fosforli, kaliyli ogitlar bilan barg satxidan oziqlantirish, goza tunlamini kamaytirishda eng samarali qullash usullaridan hisoblanadi. Download 1.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling