I bob. Hayvonlar haqidagi ertaklarning uslub mezonlari va talqiniga xos asosiy xususiyatlar I hayvonlar haqidagi ertaklarning o‘ziga xos xususiyatlari I


HAYVONLAR HAQIDAGI ERTAKLARDA OBRAZLAR TARKIBI VA TALQINI


Download 140.2 Kb.
bet11/12
Sana22.02.2023
Hajmi140.2 Kb.
#1220992
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Hayvonlar haqidagi ertaklarda obrazlar tarkibi va talqini”

HAYVONLAR HAQIDAGI ERTAKLARDA OBRAZLAR TARKIBI VA TALQINI
mavzusidagi bitiruv malakaviy ishining
annotatsiyasi


Tadqiqot mavzusining dolzarbligi. Hayvonlar haqidagi ertaklarning o’ziga xususiyati personajlar tarkibi va talqinida ko‘zga tashlanadi. Ta’kidlash joizki, o‘zbek ertakshunosligida persononajlar tarkibi va talqiniga xos asosiy xususiyatlar hanuzgacha yaxlit bir tizim asosida o‘rganilmagan. Rus va Yevropa folklorshunosligi bu borada ancha ilgarilab ketgan. Hayvonlar haqidagi o‘zbek xalq ertaklarining o‘ziga xos xususiyatlari va nafosatidan kelib chiqib, masalaga ilmiy-ijodiy yondashish asnosida va o‘zbek ertakshunosligida V.Y.Propp uslubi asosida personajlar tarkibi va talqiniga bag‘ishlangan ushbu tadqiqot ishimiz shu yo‘ldagi dadil qadamlardan biridir. Unda o‘zbek hayvonlar haqidagi ertaklarida ishtirok etuvchi personajlarning mukammal tasnifi ilmiy-nazariy xarakterda tadqiq etildi. Mavzuning dolzarbligi ana shu jihatlar bilan asoslanadi.
Ilmiy izlanishning maqsad va vazifalari. O‘zbek folklorshunoslari har bir folklor asarlarining badiiy xususiyatlarini tahlil etish, janrlar bo‘yicha tasnif qilish va o‘rganish borasida tinimsiz izlanishlar olib bormoqdalar. Shunga muvofiq, hayvonlar haqidagi ertaklarning o‘ziga xos xususiyatlarini tadqiq etishda asar tarkibini ilmiy asosda yaxlit o‘rganish va tahlil qilish maqsadga muvofiqdir. Ishda bosh maqsaddan kelib chiqib, quyidagi vazifalarga e’tibor qaratildi:

  • o‘zbek xalq hayvonlar haqidagi ertaklarida ishtirok etuvchi personajlarning asosiy semantikasini izohlash;

  • mifologiyaning hayvonlar haqidagi ertaklarda ishtirok etuvchi personajlar bilan uyg’un jihatlarini sharhlash;

  • o‘zbek xalq hayvonlar haqidagi ertaklarida ishtirok etuvchi obrazlar tahlilida ularning g’oyaviy-badiiy xususiyatlarini tarixiy asoslariga ko’ra o’rganish;

  • turkiy yodnomalar misolida totemistik dunyoqarash izlarining badiiy ifodasini o‘zbek hayvonlar haqidagi ertaklarida ishtirok etuvchi personajlar misolida tahlil etish;

- tasnif asosida hayvonlar haqidagi ertaklarning kelib chiqishi, personajlar tizimi va ularning sujet tarkibida tutgan o‘rni hamda ta’limiy, estetik vazifalari xususida muayyan xulosalarni ilgari surish.
Tadqiqot natijalarining ilmiy jihatdan yangilik darajasi: Ishda ‘zbek xalq hayvonlar haqidagi ertaklarida ishtirok etuvchi personajlarning asosiy semantikasini izohlash, tadqiq etish asnosida ertaklarning xalq og’zakida tutgan o’rni, ahamiyati haqida so’z yuritildi.Tahlil jarayonida mifologiyaning o’zbek ertakchiligi taraqqiyotiga ta’siri ilmiy xulosalar bilan asoslandi.
Tadqiqot uslubiyati va uslublari: Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov va amaldagi Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning asarlari, soha olimlarining ilmiy nazariy qarashlari tadqiqot uslubiyatini tashkil qiladi. Tahlilda qiyosiy- tarixiy, ilmiy tadqiqot usulidan foydalanildi.

Download 140.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling