I. Bob. Huquq fanlarini oʻqitishning umumiy metodikasi. I huquq fanlarini o‘qitishning umumiy metodikasi tushunchasi. I axborot texnologiya tushunchasi


Huquqiy taʼlim-tarbiya berishda dars jarayonida qoʻllaniladigan metodlar


Download 58.11 Kb.
bet8/9
Sana05.10.2023
Hajmi58.11 Kb.
#1692927
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
METODIKA KURS ISHI 111

5. Huquqiy taʼlim-tarbiya berishda dars jarayonida qoʻllaniladigan metodlar.
5Huquqiy ta’lim metodlari. Huquqiy ta’lim metodlari ham uch guruhga bo’linadi:
1.O’qishni sistemallashtirish va motivlashtirish metodlari ikki guruhga ajratiladi:
a) aqliy o’yin, o’quv deskussiyalari, emotsional stimullashtirishni qamrab olgan, o’qishga qiziqishni shakllantirish metodi;
b) majburiyat, burch va faollikni shakllantiruvchi metodalar.
2. O’quv faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirish metodlari uch guruhga ajratiladi:
a)axborotlarni sezgi orkali uzatish va qabul qilish metodi, unga og’izaki metodlar (xikoya, suxbat va ma’ruza va x.k.), kurgazmalilik metodalri (illyustratsiya, demonstratsiya, kinokursatuv), audivizual metod yoki og’izaki va ko’rsatmalilik metodlarini o’z ichiga oluvchi informatsion- immonstrativ metodi, amaliy metod (mashklar, amaliy vazifalarni xal kilish);
b)mantiqiy metodlar (mantiqiy operatsialar tashkil qilish va amalga oshirish);
v)prognostik metodlar: muammoli- tadqiqot reproduktiv.
Nazorat va o’zini-o’zi nazorat qilish metodalari, og’izaki nazorat metodi, yozma nazorat metodi kiradi.
Og’izaki metodga xikoya, suxbat va ma’ruza kiradi.
Hikoya o’qitish metodi sifatida ham o’quvchining bilimini tekshirish vositasi sifatida ham qo’llaniladi. Hikoya yordamida o’quvchilar yangi materialni o’rganishga tayyorlanadilar. Ikkinchidan hikoya yangi mavzuning mazmunini ochishga yordam beradi. Hikoya metodi alohida tushuntirishni talab etadigan, hajmi jixatdan juda katta bulgan mavzuni, o’quvchilar uchun yangi axborotlarni qamrab olgan materiallarni tushuntirishda qo’llaniladi.
Suxbat – og’izaki ta’limning murakkabrok metodi. U o’qituvchi tomonidan yaxshilab o’ylab chiqilgan savollar sistemasidan iborat bo’ladi. Xuddi hikoyadek suxbat ham o’quvchilarni yangi materialni o’rganishga tayyorlashda, uning mazmuni bilan tanishtirish uchun qo’llanilishi mumkin. Suxbat avval egalagan bilimlarni sistemalashtirishga, umumlashtirishga, chuqurlashtirishga va o’quvchilarning mustaqilligini rivolantirishga yordam beradi.
Ma’ruza-murakkab o’quv materialining bayonidir. Agar hikoya va suxbat darsning biror qismini qamrab olsa, ma’ruza butun darsni o’z ichiga oladi. Ma’ruzaning samaradorligi aniq reja, mantqkiy tug’riligi, o’quvchilar uchun tushunarli bo’lgan bayon, terminlarning tushuntirilishi, imostratsiyalaridan, kurgazmali vositalaridan foydalanish bilan bog’liq.
Audivizual yoki infarmatsion-ilmostrativ metod. Bu metod yordamida o’qituvchi turli priyom va vositalar orqali tayyor ma’lumotlarni o’quvchilar ongiga yetkazib beriladi. Bu – ko’rgazmalilik vositalaridan foydalanib badiiy va xujjatli tekstlar bilan tanishtirishda materialning og’izaki bayonidan tuziladi.
Ta’limning amaliy metodi. Huquq asoslarini o’rganishda qo’llaniladigan amaliy metodlar doirasi ancha keng. Bu amaliy vazifalarni hal qilish va grafik sxemalar, diagrammalar va tablitsalar tayyorlanishni, qonunchilik aktlari va yuridik adabiyotlar bilan labaratoriya tipidagi ishlar va xokozolar.
Amaliy metodni qo’llashda shuni hisobga olish zarurki, egallangan bilimlarni butunlash uchum ta’minlaydigan amaliy faoliyatni tanlash kerak.
Reproduktiv va muammoli- tadqiqot metodlari. Reproduktiv va muammoli tadqiqot metodi o’’quvchilarning davlat va huquqiy bilimlarini tushunishda ijodiy faolligi bilan xarakterlanadi. Reproduktiv metodda axborotlarning o’qituvchi tomonidan berilishi va o’quvchilar tomonidan eslab qolinishi ta’minlanadi. Mavzuni reproduktiv uslubda tushuntirilishida o’qituvchi tayyor kursatilgan xoldagi holatlarga tushuncha va xarakteristka beradi, o’quvchi uni xotirasida saqlaydi yoki daftariga qayd etib quyadi. Keyinchalik o’qituvchining tushuntirganini aytib beradi yoki berilgan namuna asosida harakat qiladi. Muammoli – tadqiqot metodiga quyidagilar kiritiladi:
Tadqiqot:
O’quvchi bilish, qo’llay olishi lekin ijodiylikka tayyor bo’lmasligi mumkin. O’qituvchi unda tadqiqot ishlari malakalarini rivojlantiradi, buning uchun u ma’lum tartibdagi masalalarni tanlab olib, o’quvchiga uni mustaqil hal qilishiga imkon beradi va shu bilan ijodiy faoliyat qobiliyatini o’zlashtirib oladi.
Evristik:
Uning moxiyati shundaki o’qituvchi biror muammoni qismlarga bo’lib hikoya qilish davomida o’quvchilarga murakkab bo’lmagan xulosa chiqarish, yana boshqacha faktlar bildirish to’g’risida o’ylashni, ya’ni o’quvchilarni chuqurroq o’ylashga o’rgatadi. Bu metod o’quvchini bosqichma- bosqich tadqiqot ishlariga tayyorlab boradi. Bu metodning keng tarqalgan turlarida biri evristik suxbat bo’lib, unda o’qituvchi tomonidan qo’yiladigan bir-biri bilan bog’liq bo’lgan savollarning birin-ketin hal etilishi butun bir muammoning hal bo’lishiga olib keladi.
Muammoli bayon:
Bunda o’qituvchi mavzuni bayon qilish jarayonida qo’ygan muammo va fikrlar zanjirining yechimini ochib beradi, lekin uning yo’lida uchraydigan qiyinchiliklar, ularning bartaraf etish usul va variantlarini ko’rsatish, shu orqali anglash jarayonidagi qarama- qarshilik va qiyinchiliklar ochib berilishiga intiladi. O‘quv-bilish faoliyatida motivatsiya o‘z-o‘zidan emas, balki, o‘qituvchi yordamida vujudga keltiriladi. O‘qituvchining pedagogik mahoratiga bog‘liq holda o‘quvchilarda hosil bo‘ladigan motivlar kuchli yoki kuchsiz bo‘ladi. Demak, o‘qituvchi har bir dars maqsadiga (mazmuniga) mos keladigan motivatsiya me’yorini aniqlashi lozim bo‘ladi. Pedagogikada talabalarni darsga qiziqtirish yo‘llari xilma xildir. Birmuncha samarali bo‘lgan metodika – bu muammoli vaziyatlarni mashg‘ulot boshida tuzish, tarixiy materiallardan foydalanish, qisqa o‘lchovli kino dars va hokazo.
Didaktik jarayonning motivatsion bosqichi talabalarni bilish faoliyatiga kirishib ketishini tezlashtirishga imkon beradi. Bu faoliyatni kerakli faollik darajasida ushlab turish uchun uni tashkil etish metodlarini tanlay olishi kerak. Bilish faoliyatining ikkinchi - bajaruvchilik bosqichida talabalar bevosita o‘quv fani mavzusi bo‘yicha ketma-ket o‘rganadilar, fanlararo bog‘lanishni kuzatadilar va o‘z faoliyatini nazorat qiladilar. Keyingi bosqichda mavzu bo‘yicha uni o‘zlashtirish darajasi o‘lchanadi va etalon bilan taqqoslanadi. Agar o‘zlashtirish darajasi past bo‘lsa, u yoki bu bosqichda yo‘l qo‘yilgan xatolar o‘quv faoliyatining tuzatuvchi bosqichida aniqlanib, tuzatishga oid didaktik jarayonni tashkil etadi.
Didaktik jarayonning so‘nggi tarkibiy qismi – o‘quv - bilish faoliyatini boshqarish. Shuni qayd etish joizki, har qanday o‘quv faoliyatini boshqarish imkoniyati mavjud. Bu tizim ikkita ob’ektdan-boshqaruvchi va boshqariluvchidan iborat bo‘ladi. Agar didaktik jarayonda o‘qituvchi boshqarish sub’ekti bo‘lsa, o‘quvchilar-boshqarish ob’ektidir. Sub’ekt uzluksiz ravishda ta’lim maqsadiga muvofiq ob’ektga bevosita yoki bilvosita ta’sir o‘tkazadi. Ob’ekt ham o‘z navbatida sub’ekt tomonidan o‘rnatilgan maqsad va vazifalarni to‘g‘ri anglab etishi va to‘liq bajargandagina o‘quv faoliyatining samarasi to‘g‘risida fikr yuritishi mumkin bo‘ladi. Didaktik jarayonning har bir bosqichi ilmiy jihatdan asoslangan o‘qitish metodlari va vositalarini shunindek, o‘qituvchi o‘quv-bilish faoliyatining tashkiliy shakllarini ham ta’lim mazmuniga mos holda tanlay olishi kerak.
Pedagogik texnologiyani loyihalash shartlaridan biri ham “tashkiliy shakllar”ni tanlash hisoblanadi. Pedagogikada o‘qitishning tashkiliy shakli deganda talablarni o‘qitish jarayonida qo‘yilgan tashqi shart-sharoitlar yig‘indisi tushuniladi. Ma’lumki, oliy ta’lim tizimida talabalarning bilish faoliyati auditoriya ( ma’ruza, seminar, laboratoriya, o‘quv maslahati, sinov, imtihon va boshqa) va auditoriyadan tashqari ( uyda, kutubxonada tayyorgarlik, loyihalash tadqiqotchilik, to‘garak va boshqa) mashg‘ulotlar kiradi. Pedagog o‘quv faoliyatining shakllarini tanlashda quyidagi savollarga javob topishi kerak bo‘ladi: didaktik jarayon ishtirokchisi kim (o‘quvchi, talaba, tinglovchi) va u qanday boshqarilishi kerak ( o‘quv faoliyatini o‘qituvchi boshqaradi, avtomatlashgan sinf yordamida, boshqa texnik vositalar yordamida: kinofilm, kompyuter, modelli ta’lim va hokazo)? Didaktik jarayon u yoki bu texnik vositalardan ta’lim mazmuniga mos holda uzluksiz qo‘llashni taqozo etgan. Bu yo‘nalish Pedagogik texnologiyaning mavjudlik shartlaridan biridir.Milliy g‘oyani hayotga tadbiq etish usullaridan foydalanishni istagan pedagog har tomonlama muayyan bilimlarga ega bo‘lishi maqsadga muvofiq. CHunki milliy g‘oya hayotga quruq gaplar bilan tadbiq etib bo‘lmaydi. Uni quyidagi usullaridan omma orasida foydalanish kishidan muayyan bilim va mahoratni talab qiladi. Misol uchun “Yuz marta eshitgandan bir marta ko‘rgan yaxshi”, “Raqibni uslubiy qurolsizlantirish”, “Mafkuraviy faollikni oshirish”, “Mafkuraviy immunitetni shakllantirish”, “Birlashtirish”, “Do‘st himoyasi”, “Dushmanni qurolsizlantirish”, “Qarshi targ‘ibot”, “Mafkuraviy ta’lim”, “kitoblar bilan ishlash”, “Matbuot – jangi”, “Jamoaviy ijodiy ish yuritish”, “CHarxpalak”, “Mafkuraviy sayohat”, “Mafkuraviy lug‘at”, “Mafkuraviy tarbiya”, “Payvand qilish”, “Breyistorming”, “Istiqbolni ko‘rsatish”, “Dalillarni keltirish”, “Ko‘zgu”, “Mafkuraviy himoya” va boshqa usullari bor.Milliy istiqlol g‘oyasi asosiy tushuncha va tamoyillar fanining bosh va asosiy g‘oyasi barchaga ma’lum. Ularni, ya’ni Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot, Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, millatlararo totuvlik, diniy bag‘ri kenglik va boshqalarni odamlar, tinglovchilar ongi va qalbiga singdirishda, ularni hayotga joriy etishda qanday va qaysi usullardan foydalanishni dastlab tarixga allaqachonlar aylanib ulgurgan do‘st-dushmanning amaliy ishlaridan o‘rganishni taklif qilar edik. Qadimgi Xitoy donishmandi Konfutsiyning 2700 yil ilgari bergan maslahatiga e’tibor qarataylik: “Hoqonim, agar biror mamlakatni bosib olib, u erda uzoq hukumronlik qilmoqchi bo‘lsangiz, dastavval o‘sha erda yashayotgan xalqni o‘z tarixiy madaniyatidan mahrum eting, ma’naviy tazyiqni kuchaytiring. O‘z madaniyatidan bebahra bo‘lib, ma’naviy qashshoqlik holatiga uchragan xalq uyushmaydi, ichki nizolar girdobiga o‘raladi, sizga qarshilik ko‘rsata olmaydi”. CHingizxon ham O‘rta Osiyo hududini istelo qilayotganida sarkardalariga shaharlarga nodon, irodasiz, ahmoq kishilarni boshliq qilib tayinlanglar, ularni qo‘llab-quvvatlanglar, ko‘klarga ko‘tarib maqtanglar, mahalliy xalqning aqlli, bilimli, obro‘-e’tiborli kishilarini yo‘q qilinglar deb topshiriq berganligi tarixdan ma’lum. CHor hukumati generali M.D.Skobelovning “Millatni yo‘q qilish uchun uni qirish shart emas, uning madaniyatini, tilini, san’atini yo‘q qilsang bas, tez orada o‘zi tanazulga uchraydi” degan taklifi tarixdan ko‘zga qora bo‘yoqday tashlanib turadi. YOki “Butun dunyo proleterlari birlashingiz!” “proleteriatning Vatani yo‘q burjuaziyaga qarshi kurashda oyog‘idagi kishanlardan boshqa hech narsani yo‘qotmaydi” degan g‘oyalar ham.Yuqoridagilarni aql elagidan o‘tkazishdan, xulosa qilib ko‘rishdan quyidagilar ayon bo‘ladi: Milliy istiqlol g‘oyasining hayotga tadbiq etilishida kutilgan samaralarni beradi Uni hayotga tatbiq etish Davlat ta’lim standartlari, rejalari va o’quv dasturlarini yangilash, kadrlar salohiyati va me’yoriy bazani takomillashtirish, shuningdek, huquqiy ta’lim jarayoniga innovatsion texnologiyalarni joriy etishni o’z ichiga olgan tashkiliy-metodik tadbirlar kompleksi vositasida amalga oshiriladi. Boshlang’ich, umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim Davlat ta’lim standartlarining uzviyligini, huquqiy ta’limning uzluksizligi ta’minlash choralari belgilanadi.
Huquqiy tarbiyaning amaliyotda qo'llanilishi.
Biz qurayotgan yangi jamiyat, hayotimizga tobora kirib kelayotgan yangilanish jarayonlari, islohotlarning taqdiri va kelajagi, avvalo, xalqimizning bu o’zgarishlarni qo’llab-quvvatlashiga, ularning ijtimoiy faolligi, dunyoqarashi, ongu tafakkurining yuksalishiga bog’liq. Bu esa ta’lim-tarbiya tizimining mukammalligiga asoslanadi.
O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonunida ta’lim O’zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustuvor deb e’lon qilindi.
Ta’lim-tarbiya masalasi mustaqilligimizning dastlabki kunlaridan boshlab bugunimiz va kelajagimizni hal qiladigan eng dolzarb vazifa sifatida qaralgan va ta’lim-tarbiya sohasida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilgan. Amalga oshirilayotgan ulkan ishlar, farzandlarimizning har tomonlama barkamol bo’lib ulg’ayishi uchun yaratilayotgan zamonaviy sharoitlar tufayli yoshlarimizning jismoniy va ma’naviy jihatdan hech kimdan kam bo’lmasdan voyaga yetayotgani barchamizga ma’lum.
Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy printsiplari: ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi; ta’limning uzluksizligi va izchilligi; umumiy o’rta ta’limning majburiyligi, akademik litseyda yoki kasb-hunar texnikumlarida o’qishni tanlashning ixtiyoriyligi; ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi; davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi; ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv; bilimli bo’lishni va iste’dodni rag’batlantirish; ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg’unlashtirish deb belgilandi. Davlat siyosatining ushbu tamoyillari barcha ta’lim turlari orqali shaxs huquqiy ongini shakllantirishga xizmat qiladi.
Ta’limning barcha turlari kabi, huquqiy ta’limning ham o’ziga xos xususiyatlari mavjud. B.Ziyomuhammedov va SH.Abdullaeva huquqiy ta’lim-tarbiyani shunday ta’riflaydilar: “Huquqiy ta’lim-tarbiya insonda huquqiy bilimlarni oshirish, qonunlarni yaxshi o’zlashtirib, ularga to’liq rioya etish ko’nikmasini hosil qilishdir”.
Darhaqiqat, huquqiy ta’lim huquqiy bilimlarni o’zlashtirishni, amaliy ko’nikmalar va malakalar shakllanishini nazarda tutadi. Bu esa yoshlarning huquqiy jihatdan har tomonlama barkamol inson bo’lib yetishishlari uchun zamin tayyorlaydi. Huquqiy ta’lim nafaqat bilim berish, balki huquqbuzarliklarning oldini olish, intizomni mustahkamlash, huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish kabi vazifalarni ham o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi.
Yuqori huquqiy madaniyatga, huquqiy ongga, huquqiy tarbiyaga erishish huquqiy bilimlarni puxta egallashga bog’liqdir. Forobiy ta’lim-tarbiyani uzviy birlikda olib borish haqida ta’lim berar ekan, ularning har biri insonni kamolga yetkazishda o’z o’rni va xususiyatiga ega ekanligini ham alohida ta’kidlaydi. Forobiy ta’lim va tarbiyaga birinchi marta ta’rif bergan olim bo’lib, ta’lim – insonga o’qitish, tushuntirish asosida nazariy bilim berish; tarbiya – nazariy fazilatni, ma’lum hunarni egallash uchun zarur bo’lgan xulq normalarini va amaliy malakalarni o’rgatishdir, deb hisoblaydi. Har ikkalasi birlashsa yetuklik – bilim va amaliy ko’nikmalarni qay darajada o’rganganligiga qarab paydo bo’ladi, deb ko’rsatadi. U.Tojixonov va A.Saidov ta’kidlab o’tganlaridek, huquqiy ta’lim natijalari o’quvchilar ijtimoiy faolligining oshishi, ularni o’tmish sarqitlariga, loqaydlikka, xudbinlik, milliy ma’naviyat me’yorlarini buzishlarga qarshi kurashga jalb etishda ko’rinadi. Demak, shaxs huquqiy ongining shakllanishi murakkab jarayonni – huquqiy ta’lim-tarbiyani o’z ichiga oladi. Shunday ekan, huquqiy ta’lim-tarbiya jarayonining tarkibiy qismlari bo’lgan huquqiy ta’lim, huquqiy tarbiya tushunchalariga aniqlik kiritish talab etiladi
Huquqiy ta’lim-tarbiya jarayonida yoshlar huquqiy ongining shakllanishiga erishish uchun o‘qituvchilar o‘z faoliyatini tahlil qilishni bilishi kerak. O‘z faoliyatini tahlil qilishda quyidagi savollarga javob topishi lozim:
- tarbiyalanuvchilar faoliyati mazmuni qo‘yilgan vazifalarga mos keladimi?
- qo‘llanilayotgan metodlar samaralimi?
- foydalanilayotgan tashkiliy shakllar o‘quvchilarning yoshi xususiyatlariga mos keladimi?
- muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizliklar, xatolar va qiyinchiliklarning sabablari nimalardan iborat?
- shaxsiy tajriba nimalardan iborat?
Huquqiy ta’lim jarayoniga sistemali yondashuv nuqtai nazaridan qaralganda, uning o‘zaro bog‘langan ikki tizimi amal qiladi.
Birinchi tizim – o‘quv jarayonida o‘qitishning maqsadi, o‘qitish va o‘quv faoliyati, ta’lim mazmuni, o‘qitish vositalaridan iborat murakkab tizim sifatida namoyon bo‘ladi. Ular o‘zaro bir-biri bilan bog‘lanib ketgan.
Ikkinchi tizim – o‘quv jarayoniga nisbatan yirik bo‘lgan pedagogik jarayonning alohida tizimidir. Bu tizim o‘qitish, ta’lim berish va tarbiya jarayoni birligi sifatida namoyon bo‘ladi. Shu bilan birga bu tizimda ta’lim jarayoni rivojlanishi qonuniyatlariga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan ijtimoiy jarayonlar va talablar tizimi ham mavjud.
Huquqiy ta’limda qo‘llaniladigan o‘qitish metodlari guruhiga quyidagilar kiradi:
An’anaviy metodlar – bu metodlarning ibtidosini ilk falsafiy va pedagogik tizimlar tashkil etadi. Hozirgi davrda ulardan beshtasi inobatga olinadi: og‘zaki, amaliy, ko‘rgazmali, manba bilan ishlash, video – texnika vositasidan foydalanish metodlari.
Maqsadga ko‘ra metodlar – bularga bilimlarni egallash, malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish, bilimlarni qo‘llash, ijodiy faoliyat, mustahkamlash, bilim, malaka va ko‘nikmalarni tekshirish metodlari kiradi.
Idrok etish-bilish faoliyati xususiyatiga ko‘ra metodlar – bularga tushuntirish-illyustrativ (axborot-retseptiv), reproduktiv, muammoli bayon qilish, qisman ijodiy (evristik), tadqiqiy, ilk bor bilimlarni o‘zlashtirish, egallangan bilimlarni mustahkamlash va takomillashtirish metodlari kiradi.
O‘qituvchining dars o‘tishidan oldin quyidagi tayyorgarlikni ko‘rishi ta’lim oluvchi tomonidan huquqiy tushuncha va tasavvurlarning egallanishiga yordam beradi:
- o‘quv dasturini atroflicha tahlil qilib, shu mavzuni o‘rganishdan ko‘zlangan maqsad va vazifani bilish, bu mavzudan oldingi va bundan keyingi o‘tiladigan mavzu haqida aniq tasavvur hosil qilish;
- mavzuni o‘rganish natijasida o‘quvchilar qaysi huquqiy tushunchalar, qonunlar, nazariyalarni o‘zlashtirishlari, nimalarni hal qila olishlari kerakligini bilish;
- uslubiy adabiyotlarni o‘rganib, darslikdan mavzuni atroflicha o‘tish rejasini tuzish; - dasturda nazarda tutilgan predmetlararo va predmetlararo ichki aloqani topish asosida mazkur darsning vazifalari va mazmunini rivojlantirish;
- mavzuni o‘tishda foydalaniladigan texnika vositalari sozligini tekshirish;
- o‘qish – o‘qitish uslublarining optimal birikmasini tanlash.
O‘qituvchi huquqiy ta’lim berish jarayonida o‘qitishning tanlangan varianti samaradorligini baholaydi. Jumladan:
- pedagog o‘z mehnatining natijalarini (o‘quvchining bilim, ko‘nikma va malakalarini) bevosita yoki bilvosita ko‘radi va baholaydi (qoniqish yoki norozilik kayfiyati namoyon bo‘ladi);
- o‘quvchilarning bilish qobiliyati va imkoniyatlaridan qanday foydalanayotganlarini ko‘radi va baholash imkoniyatiga ega bo‘ladi;
Xulosa
Fikrimizcha, huquqiy ta’lim tizimida amalga oshirilgan tadbirlar ijobiy natijalar berishi bilan birga kelgusida yoshlarning huquqiy ongini yanada rivojlantirish uchun rejalar tuzilishi, “Uzluksiz ta’lim tizimida huquqiy ta’limning yagona kontseptsiyasi” yaratilib, uni amalga oshirishning muayyan bosqichlari aniqlangan holda, ushbu bosqichlarda bajariladigan alohida vazifalar belgilanishi talab etiladi. Ushbu kontseptsiyada uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirishning kontseptual asoslari va eng muhim istiqbol vazifalari, ijtimoiy-pedagogik shart-sharoitlari, amalga oshirish manbalari hamda o’quv-tarbiya jarayoni mazmunini yangilab borish mexanizmlari belgilanadi. Kontseptsiyaning amalga oshirilishi uzluksiz huquqiy ta’lim tizimi faoliyati samaradorligini ta’minlash va uni rivojlantirishning yangi sifat darajasiga ko’tarish imkonini beradigan uslubiy, tashkiliy, axborot, huquqiy va kadrlar ta’minotini muvofiqlashtirishni nazarda tutadi.Har bir bosqichda yilma-yil amalga oshirish jarayoni xususiyatini belgilovchi ko’rsatkichlar hamda vazifalarning uzluksiz ta’lim tizimi holatiga ta’sirini o’rganish rejalashtirilgan. Uni hayotga tatbiq etish Davlat ta’lim standartlari, rejalari va o’quv dasturlarini yangilash, kadrlar salohiyati va me’yoriy bazani takomillashtirish, shuningdek, huquqiy ta’lim jarayoniga innovatsion texnologiyalarni joriy etishni o’z ichiga olgan tashkiliy-metodik tadbirlar kompleksi vositasida amalga oshiriladi. Boshlang’ich, umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim Davlat ta’lim standartlarining uzviyligini, huquqiy ta’limning uzluksizligi ta’minlash choralari belgilanadi.Biz qurayotgan yangi jamiyat, hayotimizga tobora kirib kelayotgan yangilanish jarayonlari, islohotlarning taqdiri va kelajagi, avvalo, xalqimizning bu o’zgarishlarni qo’llab-quvvatlashiga, ularning ijtimoiy faolligi, dunyoqarashi, ongu tafakkurining yuksalishiga bog’liq. Bu esa ta’lim-tarbiya tizimining mukammalligiga asoslanadi.

Download 58.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling