I bob. Huquqiy tarbiya orqali yuksak huquqiy madaniyatni shakllantirish


Download 62.58 Kb.
bet2/8
Sana28.10.2023
Hajmi62.58 Kb.
#1729666
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Huquqiy tarbiya orqali yuksak huquqiy madaniyatni shakllantirish

Tanlangan mavzuning dolzarbligi quyidagicha belgilanadi:
Davlat taraqqiyotining hozirgi holati huquqiy munosabatlar ishtirokchilarining huquqiy tarbiyasi va huquqiy bilimlarini har tomonlama oshirishni talab etmoqda. Shu talabdan kelib chiqqan holda, huquqiy tarbiya tizimini shakllantirish va uni takomillashtirish masalalarini ilmiy tadqiq etish zarur.
Ishning maqsad va vazifalari:

  1. Ta'lim-tarbiya tushunchasi va uning tarixini o'rganish;

  2. Huquqiy tarbiya orqali yuksak huquqiy madaniyatni shakllantirish

  3. Huquqiy ta'limning mavjud holatini o'rganib, tahlil qilish;

  4. Huquqiy madaniyatni shakllantirish bo'yicha davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlari

Kurs ishning maqsadi: Har bir shaxslarning xatti-harakatlarini baholashda, amaliy faoliyatda olingan huquqiy bilimlarni mustaqil tadbiq qilish ko’nikmalarini hosil qilish :
- qonun va boshqa normativ-huquqiy xujjatlarga muvofiq faqat qonuniy xatti-harakatlarni amalga oshirishni shakllantirish.
- har qanday huquqbuzarlikka nisbatan qat’iy munosabatda bo’lish fazilatini tarbiyalash, kabilar.
Kurs ishi kirish, ikkita bob, to'rtta reja, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar tizimidan iborat.



I BOB. HUQUQIY TARBIYA ORQALI YUKSAK HUQUQIY MADANIYATNI SHAKLLANTIRISH

    1. . Huquqiy tarbiya

Bugungi kunda huquqiy demokratik davlat haqida ko'p gapirilyapti. Bunday davlatning fuqarolari esa huquqiy madaniyatli bo'lmog'i uchun huquqiy tarbiyaga ega bo'lishlari lozim. Huquqiy tarbiyasiz fuqarolar jamiyat taraqqiyotini orqaga tortadi. Shuning uchun jamiyatimizda har bir shaxs huquqiy madaniyatli bo'lishi shart.
Ta'lim orqali yosh avlodga insoniyat tajribasi orqali to'plangan bilimlar beriladi, zaruriy ko'nikma va malakalar hamda e'tiqodlar shallantiriladi.
Huquqiy tarbiya- bu huquqiy tajriba almashish bo’yicha davlat, jamiyat tashkilotlari alohida fuqarolarning bir maqsadga yo’naltirilgan faoliyati. Yani huquqiy tarbiya huquqiy normalarga rioya qilish, ularni bajarish va bu normalardan foydalanishni ta’minlovchi muayyan ijobiy tasavvurlar, qarashlar, qadriyatlarni tushunish, yo’l-yo’riqlarni shakllantirish maqsadida odam ongi va xulq-atvoriga doimiy ta’sir o’tkazib borishdir.Darhaqiqat, huquqiy ta'lim huquqiy bilimlarni o'zlashtirishni, amaliy ko'nikmalar va malakalar shakllanishini nazarda tutadi. Bu esa yoshlarning huquqiy jihatdan har tomonlama barkamol inson bo'lib yetishishlari uchun zamin tayyorlaydi. Huquqiy ta'lim nafaqat bilim berish, balki huquqbuzarliklarning oldini olish, intizomni mustahkamlash, huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish kabi vazifalarni ham o'z oldiga maqsad qilib qo'yadi.
Huquqiy ta'lim o'qituvchi va o'quvchilarning birgalikdagi faoliyati bo'lib, u ikki tomonlama xarakterga ega, ya'ni unda ikki tomon o'qituvchi va o'quvchi faol ishtirok etadi. O'qituvchi aniq maqsadni ko'zlab, reja va dastur asosida bilim, ko'nikma va malakalarni singdiradi, o'quvchi esa uni faol o'zlashtirib oladi. Bildirish, bilish murakkab, qiyin, ziddiyatli jarayondir. Bu jarayonda inson psixikasiga tegishli sezgi, idrok, tasavvur va tafakkur kabi jarayonlar faol ishtirok etadi va muhim rol o'ynaydi. Huquqiy tarbiya, umumiy tarbiyaning tarkibiy qismidir, axloqiy ongni, axloqiy va huquqiy ko'rsatmalarni, qonunga itoatkorlik xulq atvori ko'nikmalari va odatlarini shakllantiruvchi, jamiyat taraqqiyotining maenaviy vositalarini ta'minlovchi o'zaro bog'langan, uyushgan, bir tuzim, aniq maqsadni ko'zlagan holdagi tasir ko'rsatilishidir.
Huquqiy ong, huquqiy tarbiya va huquqiy madaniyat sohasida ilmiy faoliyatni o'rganish tadqiqotchilar uchun an'anaviy tusga aylandi. Ya'ni, huquqiy tarbiya masalasi ko'pgina olimlar ilmiy tadqiqot ishlarining ob'ekti sifatida xizmat qilgan va xizmat qilmoqda. Haqiqatda ham ayni vaqtda ushbu masala mamlakatimizning rivojlanishidagi asosiy dolzarb muammolardan biri bo'lib qoldi. «Tarbiya» atamasi kundalik hayotda insoniyat muomalasida ko'p marotaba takrorlanadigan ijtimoiy kategoriyadir. Jamiyatdagi barcha tarbiyalarning yagona tizimini ijtimoiy tarbiya o'zida mujassam etadi va u siyosiy tarbiya, ma'naviy tarbiya, ekologik tarbiya, estetik tarbiya, shuningdek, huquqiy tarbiya va boshqa tarbiya turlarini o'z ichiga oladi1.
Ijtimoiy tarbiya tizimida tarbiyaning boshqa turlari singari huquqiy tarbiya alohida ahamiyat kasb etadi. Huquqiy tarbiya ijtimoiy tarbiyaning axloqiy, estetik, ma'naviy va boshqa shu kabi turlari negizida shakllanadi va rivoj topadi. Ya'ni, huquqiy tarbiya ijtimoiy tarbiyaning barcha turlari bilan chambarchas bog'liq bo'ladi.
Jumladan, yuksak rivojlangan huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyati qurishni o'z oldiga asosiy maqsad qilib qo'ygan har bir davlatning asriy orzusi o'z aholisining huquqiy ongi va huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirishdir. Har qanday davlatning ijtimoiy rivojlanishi o'sha davlat fuqarolarining huquqiy madaniyati bilan bog'liq bo'ladi. Zero, yuksak darajada rivojlangan huquqiy ong va huquqiy madaniyat huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatining ajralmas belgisidir. Yuksak darajadagi huquqiy ong va huquqiy madaniyat esa huquqiy tarbiyaning mahsuli. Aholining huquqiy ongi va madaniyatini shakllantirishda huquqiy tarbiya asosiy o'rinni egallaydi.
Shaxs huquqiy ongi eng avvalo huquqiy tarbiya ta'sirida shakllanadi. Huquqiy tarbiya batartiblilik va intizom darajasining oshishiga, burch hissining mustahkamlanishiga va shaxs huquqiy madaniyatining yuksalishiga yordam beradi.
Huquqiy tarbiya - murakkab va ko'p qirrali hodisadir, ya'ni uni bir ma'noli qilib ta'riflab bo'lmaydi. Huquqiy tarbiyaning ta'rifi bu jarayonning qaysi tomonini, jumladan, umum-ijtimoiy jihatini, huquqning ijtimoiy amal qilish tizimi sifatida yoki davlatning ijtimoiy boshqarish, huquqbuzarlikning oldini olish elementi sifatidagi vazifasi va shu kabilarni tadqiq qilishimizga bog'liq bo'ladi.

Download 62.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling