I bob. Huquqiy tarbiya orqali yuksak huquqiy madaniyatni shakllantirish
II BOB. HUQUQIY MADANIYATNI SHAKLLANTIRISH BO'YICHA DAVLAT SIYOSATINING USTUVOR YO'NALISHLARI
Download 62.58 Kb.
|
Huquqiy tarbiya orqali yuksak huquqiy madaniyatni shakllantirish
II BOB. HUQUQIY MADANIYATNI SHAKLLANTIRISH BO'YICHA DAVLAT SIYOSATINING USTUVOR YO'NALISHLARI
2.1. Huquqiy ta'lim bo'yicha davlat siyosati Har bir jamiyatdagi demokratik o’zgarishlar muhim ahamiyatga ega. Bu jarayonlarga jahon huquqiy taraqqiyoti tamoyillari nuqtai nazaridan qarash zarur. Bu, bir tomondan, O’zbekistondagi huquqiy isloxotlarning yo’nalishlari va mezonlari, qadriyatlarini aniq belgilashga yordam bersa, ikkinchi tomondan, mamlakatimiz taraqqiyotida huquqiy madaniyatamiz qayerdan kelib, qayoqqa ketayapti, uning o’ziga xos jixatlari, rivojlanishining shakl va ko’rinishlari, mezonlari bormi yoki dunyodagi mavjud huquqiy taraqqiyot uzanidan ketadimi, degan savollarga javob topishga imkon yaratadi. Ana shu muammolar huquqiy madaniyat o’quv fanining qisxacha asosini, uzagini tashqil qiladi. Demokratik huquqiy davlatni shakllantarish jamiyat, mansabdor shaxslar va fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirishdek keng qamrovli ishlarni amalga oshirishni taqozo etadi. shu ma’noda huquqiy davlatning muhim belgisi -bu yuksak darajadagi huquqiy madaniyatdir. ijtamoiy-iqtisodiy va demokratak isloxotlarni muvaffaxiyatli amalga oshirish, zamonaviy bozor munosabatlari mexanizmini yaratish jamiyatimiz oldiga O’zbekiston huquqiy tizimini hamda fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini jahon andozalariga moslashtirishdek o’ta dolzarb muammoni hal qilish masalasini qo’ymoqda. Huquqiy madaniyat, eng avvalo, jamiyat va shaxs umumiy madaniyatining ko’rsatgichidir. Jamiyat madaniyatining yuksak darajasi huquqqa nisbatan chuqur ehtirom, xurmat va uni teran bilishni taqozo etadi. O’z navbatida, huquq normalarining talablarini bilish va ularga rioya etish quldorlik jamiyati demokratikligining va madaniyatining shartlaridan biridir. Avvalgi tuzum uchun jamiyatda yuksak huquqiy madaniyati bo’lishining keragi yo’q edi. Albatta, davlat xukumron kommunistiq mafkura bilan sug’orilgan huquq talablarini so’zsiz bajaruvchi fuqarolarga ega bo’lishdan manfaatdor edi va u bunga ko’pincha erishardi ham. biroq; bunday tuzum, huquqni to’la amalga oshirishga qaratilgan asl huquqiy madaniyatning, xatto u mafkuralashgan holda bo’lsa ham, hukmron bo’lishiga yo’l qo’ya olmas edi. Tuzum uchun o’z huquqlari va erkinliklarini uncha tasavvur eta olmaydigan fuqaroga qaraganda huquqiy jixatdan savodli inson xavfliroq edi. Demokratok huquqiy davlatni jamiyat va shaxsning yuksak huquqiy madaniyatisiz tasavvur etib bo’lmaydi. Boz ustiga bunday jamiyat mazkur adaniyatni yuksaltirishdan manfaatdordir. Chunki madaniyat totalitarizm va o’zboshimchalikka qo’yilgan to’siq; hamda demokratik prinsiplar va normalarni hayotga joriy etishning asosidir. Jamiyatimiz huquqiy davlatni barpo etmoqda. Bunday davlatning ko’plab belgilari ko’rinib turibdi, boshqalari uchun esa zarur shart-sharoitlar yaratilmoqda. Jamiyat huquqiy madaniyatining ahvoli qanday? U asl huquqiy davlat talablariga javob beradimi? Afsuski, keyingi savolga ijobiy javob bera olmaymiz. Bu savollarga javob berish ushbu o’quv fanining predmetini tashqil etadi. Demak huquqiy madaniyat deganda jamiyatda qaror toptan huquqiy tizimning darajasini, xalqning bu huquq tizimidan xabardorlik darajasini, fuqarolarning qonunga bo’lgan xurmati, huquqiy normalarning ijro etilish darajasi, huquqqa rioya qilmagailarga murosasiz bo’lish, qonunga itoatkorlik darajasini tushunamiz Huquqiy tarbiyada quyidagi murakkab vazifalarni hal etishni talab etadi: Har bir shaxslarning xatti-harakatlarini baholashda, amaliy faoliyatda olingan huquqiy bilimlarni mustaqil tadbiq qilish ko’nikmalarini hosil qilish : - qonun va boshqa normativ-huquqiy xujjatlarga muvofiq faqat qonuniy xatti-harakatlarni amalga oshirishni shakllantirish. - har qanday huquqbuzarlikka nisbatan qat’iy munosabatda bo’lish fazilatini tarbiyalash, kabilar. Fuqarolarning huquqiy tajribasini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun davlat shaxsning siyosiy faolligini kuchaytirish, uning davlat ishlarida ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratib berish, oshkoralik va demokratiya prinsplarining chinakkamiga amal qilishini ta’minlash, mansabdor shaxslar va davlat organlarining har qanday ko’rinishidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurash olib borishi talab etiladi. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida mamlakatimizda huquqshunos kadrlar tayyorlash bilan bir qatorda, barcha ta'lim muassasalarida huquqiy ta'lim-tarbiya sifatini oshirishga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilandi. Darhaqiqat, mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat hamda fuqarolik jamiyatini qurish va shakllantirishda huquqiy ta'lim-tarbiyaning samaralitashkil etilishio‘ta muhim. Biz ishimiz davomida umumiy o‘rta ta'lim maktablarida o‘quvchilarga huquqiyta'lim berish shart-sharoitlari, o‘quvpredmetlari 2019-2020 o‘quv yili tayanch o‘quv rejasiga muvofiq maktablarda haftasiga 1 soatdan 8-sinfda “O‘zbekiston davlati va huquqi”, 9-sinfda “Konstitutsiyaviy -huquq asoslari”, 10-11-sinflarda “Davlat va huquq asoslari” fanlari o‘qitiladi. Huquqiy bilimlar boshqa fanlar tarkibiga ham singdirilgan holda o‘qitib kelinadi, xususan: 1-4-sinflarda “Konstitutsiya alifbosi” kursi “O‘qish”, “Atrofimizdagi olam”, “Tabiatshunoslik”, “Odobnoma” fanlari hamda “Tarbiyaviy soat”lar tarkibiga singdirilgan holda har bir sinfda 10 soatdan o‘qitiladi. 8-sinfda umumta'lim maktablari o‘quvchilarida 34 soat hajmda “Davlat va huquq asoslari” fani doirasida jamiyat va davlatning funksiyalari, davlat shakllari, davlat belgilari, siyosiy tartibot, fuqarolik jamiyati, ijro etuvchi hokimiyat, axloq va huquq, huquq sohalari, huquqiy munosabatlar, xuquq manbaalari to‘g‘risida bilim, O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati qurish asoslari, O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi, Qonunchilik palatasi va Senatining vazifalari, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi tuzilishi. O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va qonunosti hujjatlari, huquqbuzarlik tushunchasi to'g'risida bilim, ko'nikma va malaka shakllantiriladi. 9-sinfda o'quvchilarda 34 soat hajmda “Konstitutsiyaviy huquq asoslari" fani doirasida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yaratilish tarixi, davlatning tashqi siyosati, shaxsiy huquq va erkinliklar, fuqarolarning burchlari, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining barcha boblari, fuqarolarning asosiy huquq, burch va erkinliklari, respublikamizdagi mahalliy o'z-o'zini boshqarish tizimi, sud va prokuratura tizimlari faoliyatiga doir bilim, ko'nikma va malaka shakllantiriladi. 10-sinf o'quvchilari uchun (34 soat) “Davlat va huquq asoslari" fanida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, huquq, shaxs va davlat munosabatlari, Birlashgan Millatlar Tashkiloti to'g'risida, Huquq sohalari: ma'muriy huquq, fuqarolik huquqi va mehnat huquqi, voyaga etmaganlar huquqbuzarligi, voyaga yetmaganlar javobgarligi to'g'risida ma'lumotlar beriladi5. 11-sinfda o'quvchilarga 68 soat hajmda “Davlat va huquq asoslari" fani o'qitiladi. Ushbu fan doirasida Konstitutsiyaviy huquq asoslarini kundalik hayotda qo'llay olish, o'zining huquq va majburiyatlarini anglash, boshqalarning huquqlariga daxl qilish huquqiy javobgarlik ekanligini anglash, ijtimoiy-huquqiy faollikni namoyon etish, axloq va huquqning o'zaro aloqadorligini anglash, davlat va jamiyat majburiyatlarini anglash, davlat organlariga erkin murojaat qila olish, huquqiy-me'yoriy hujjatlarga qonuniy munosabat bildira olish ko'nikmalariga ega bo'ladilar. 2019-2020 o'quv yili uchun nashr etilgan 8-sinf “O'zbekiston davlati va huquqi", 9-sinf “Konstitutsiyaviy huquq asoslari" darsliklari dizayn jihatidan o'quvchilarning yosh va psixologik xususiyatidan kelib chiqqan holda takomillashtirildi. Ilk bor darsliklar zamonaviy texnologiyalar asosida takomillashtirilib, 9-sinf “Konstitutsiyaviy huquq asoslari" darsligiga zamonaviy QR-kodi o'rnatildi hamda o'qituvchi va o'quvchilarga ushbu koddan foydalangan holda huquqqa doir qo'shimcha materiallardan foydalanish imkoniyati yaratildi. Darsliklar yangi qabul qilingan qonunlar va huquqqa doir ma'lumotlar bilan boyitildi. Jumladan, qonunchilikda voyaga etmaganlarning javobgarligi masalasidagi o'zgarishlar, shaxs va jamiyat munosabatlari hamda shaxsning jamiyatdagi o'rni kabi jihatlar mavzularda yoritildi. 8-sinflarning “O'zbekiston davlati va huquqi", 9-sinflarning “Konstitutsiyaviy huquq asoslari" darsliklarida maktab o'quvchisi uchun ma'qul jadval shaklida va interfaol pedagogik texnologiyalarni qo'llagan holda mavzuga oid rasmlar bilan boyitildi. 8-sinfning “O'zbekiston davlati va huquqi", 9-sinfning “Konstitutsiyaviy huquq asoslari" darsliklarida berilgan mavzular mazmunan yaxlitbo'lgan holda,adabiytil qoidalarigamuvofiq oddiyvasodda, tushunarli hamda ravon tilda bayon qilinib, ma'lumotlar mantiqiy ketma-ketlikda va izchillikda yoritildi, o'quvchilarni fikrlashga va boshqa sifatlarini shakllantirishga asosiy e'tibor qaratildi. 8-sinf “O'zbekiston davlati va huquqi" darsligining qayta nashrida “O'zbekiston Respublikasi - mustaqil davlat", “Shaxs", “O'zbekiston Respublikasining Prezidenti davlat boshlig'i", “Huquqiy ong va huquqiy madaniyat", “Yuridik javobgarlik", “Adliya vazirligi. Advokatura va notarial idoralar",“Qurolli Kuchlar va yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash" kabi yangi mavzular, 9-sinf “Konstitutsiyaviy huquq asoslari" darsligining qayta nashrida “Qonun loyihasini qabul qilamiz", “Konstitutsiyaviy sud majlisi" kabi amaliyot darslari kiritildi. Huquqiy madaniyat nazariyasi ham amaliy hayot bilan, ham huquqiy amaliyot va tajriba bilan mustaxkam bog’langandir. Tarixiy taraqqiyot jarayonida hayot ilgari so’rgan ulqan vazifalar negizida huquqiy madaniyat nazariyasi o’z xulosa va takliflariga aniqliklar kiritadi, boyitadi va rivojlantiradi. Huquqiy madaniyat har bir jamiyat ijtimoiy taraqqiyotining muhim ko’rsatkichidir. demokratik huquqiy davlatni shakllantirishda shaxs, davlat va jamiyat huquqiy madaniyatini yuksaltirish ustun ahamiyat kasb etadi. Huquqiy madaniyat nazariyasi huquqiy madaniyatning asosiy tushunchalari va moxiyati, prinsiplari va qonuniyatlari, jamiyatdagi vazifasi va rivojlanishi haqidagi bilimlarning umumlashtirilgan tizimidir. Download 62.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling