I bob. I. bob. Sotsial ustanovka


Ustanovkalarning to‘rt bosqichli tizimi


Download 78.89 Kb.
bet6/7
Sana11.11.2023
Hajmi78.89 Kb.
#1766542
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
psixologiya 7

2.2. Ustanovkalarning to‘rt bosqichli tizimi.
Rus olimi V.A.Yadov o‘zining dispozitsion konsepsiyasini yaratib, unda ustanovkalarni to‘rt bosqich va to‘rt tizimli sifatida tasavvur qilgan:
A) elementar ustanovkalar (set) – oddiy, elementar ehtiyojlar asosida ko‘pincha ongsiz tarzda hosil bo‘ladigan ustanovkalar. Ularni o‘zgartirish uchun moddiy shartsharoitlarni va odamdagi ehtiyojlar tizimini o‘zgartirish kifoya. D.N.Uznadze fikricha, bunday ustanovkalar eng sodda vaziyatlarda, oilaviy muhitning oddiy shartsharoitlarida shakllanadi.
B) sotsial ustanovkalar (attitud) – sotsial vaziyatlar ta’sirida sotsial ob’yektlarga nisbatan shakllanadigan ustanovkalar. Ularni o‘zgartirish uchun sotsial shart-sharoitlar va shaxsning ularga nisbatan baho va munosabatlari tizimini o‘zgartirish kerak. Kichik guruhlarda kechadigan muloqot bilan bog‘liq shaxs ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan faoliyat kechinmalari kiritiladi. Bu yerda shaxs faoliyati bilan bog‘liq sotsial ob’yekt tabiatiga nisbatan ma’lum munosabatlarning tarkib topish jarayoni yotadi.
V) bazaviy sotsial ustanovkalar – ular shaxsning umumiy yo‘nalishini belgilaydi va ularni o‘zgartirish e’tiqodlar va dunyoqarashlarni o‘zgartirish demakdir. Sotsial ustanovka manbai sifatida sotsial faollikka nisbatan shaxsning umumiy qiziqishlar yo‘nalishini o‘z ichiga oladi. Bunda shaxs o‘z ehtiyojlarini qondirish bilan birga aniq faoliyat turiga nisbatan faollikni ham namoyon qilishi ko‘zga tashlanadi.
G) Qadriyatlar tizimi – ular avlodlararo muloqot jarayonining mahsuli sifatida jamiyatda qadr-qimmat topgan narsalarga nisbatan ustanovka. Masalan, sahih hadislar shunday qadriyatlardir, biz ularni tanqidsiz, muhokamalarsiz qabul qilamiz, chunki ular ham ilohiy, ham eng buyuk insonlar tomondan yaratilgan va avloddan avlodga o‘z qadrini yo‘qotmay kelayotgan qadriyatlardir.
Sotsial ustnovkalarni o‘zgartirishning eng sodda va qulay yo‘li – bu ayni vaziyatlar va ulardagi ta’sirlarni qaytarishdir. Bu qaytarish qayd qilingan obraz sifatida inson ongida uzoq muddatli xotirada saqlanadi va vaziyat paydo bo‘lganda, ob’yektivlashadi, ya’ni o‘z kuchini va mavjudligini ko‘rsatadi. Shuning uchun ham agar chet el tajribasiga murojaat qiladigan bo‘lsak, u yerda biror g‘oyani ongga singdirish uchun bir odam yoki biror guruh o‘z siyosiy, mafkuraviy yoki boshqa qarashlarini bir xil so‘zlar va iboralar, harakatlar bilan qaytaraveradi va shu yo‘l bilan ko‘pchilikning ma’qullashiga erishadi. Ayniqsa, saylov oldi tadbirlarida ana shu usul keng qo‘llaniladi. Shulardan kelib chiqib, sotsial ustanovkalarni o‘zgartirishning usullari va psixologik vositalari orqali ham dunyoqarashni o‘zgartirishga erishish mumkin.
Kognitiv komponent - ustanovka ob’ektiga aloqador bilimlar, g‘oyalar, tushuncha va tasavvurlar majmui. Sotsial ustnovkalarni o‘zgartirishning eng sodda va qulay yo‘li – bu ayni vaziyatlar va ulardagi ta’sirlarni qaytarishdir. Bu qaytarish qayd qilingan obraz sifatida inson ongida uzoq muddatli xotirada saqlanadi va vaziyat paydo bo‘lganda, ob’yektivlashadi, ya’ni o‘z kuchini va mavjudligini ko‘rsatadi. Shuning uchun ham agar chet el tajribasiga murojaat qiladigan bo‘lsak, u yerda biror g‘oyani ongga singdirish uchun bir odam yoki biror guruh o‘z siyosiy, mafkuraviy yoki boshqa qarashlarini bir xil so‘zlar va iboralar, harakatlar bilan qaytaraveradi va shu yo‘l bilan ko‘pchilikning ma’qullashiga erishadi. Ayniqsa, saylov oldi tadbirlarida ana shu usul keng qo‘llaniladi. Shulardan kelib chiqib, sotsial ustanovkalarni o‘zgartirishning usullari va psixologik vositalari orqali ham dunyoqarashni o‘zgartirishga erishish mumkin. Ustanovka set inglizcha so‘z bo‘lib, ko‘rsatma berish, anglanmagan mayllar, yo‘l - yo‘riq ko‘rsatish ma’nolarida qo‘llanib kelinadi. Biroq keyingi atamalar uning haqiqiy ma’nosini, mohiyatini mukammal aks ettirmaydi, shuning uchun ushbu atamani o‘zgarishsiz qoldirsa ham bo‘ladi. Odatda, ustanovka deganda, bilish faoliyati bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ehtiyojni ma’lum uslubda qondirishga ruhiy jihatdan tayyorlik tushuniladi. Ustanovka shaxsning o‘zi anglab yetmagan muayyan ruhiy holati yoki maylidir. Bunday holatda shaxs biron-bir ehtiyojni qondirish mumkin bo‘lgan ma’lum faoliyatga ruhan tayyor turadi. Ustanovkaning mavjudligi, uning qonuniyatlari eksperimental tarzda ta’kidlab o‘tilgan va ilmiy maktab namoyandalari tomonidan aniqlangan. Mazkur tajribada sinaluvchiga ikkita - bittasi katta, ikkinchisi esa kichikroq soqqachani ko‘zi yumuq holda uzluksiz bir necha (10-15) marta paypaslab taqqoslash taklif qilinadi. Eksperimentning navbatdagi bosqichida soqqachalar baravariga almashtiriladi, bunda qiziq holat yuz berib, baravar jismlar ham har xil tuyuladi, ya’ni sinaluvchida (illuziya) noto‘g‘ri aks ettirish holati yuzaga keladi. Bunday psixologik voqeaning vujudga kelishiga asosiy sabab shuki, obyektiv jihatdan o‘zaro teng soqqachalar taqqoslanganda favqulodda subyektiv sharoitda ular bir-biriga teng emas, degan mayl bilan ish tutilganligidir. Ushbu holat oddiyroq qilib tushuntiriladigan bo‘lsa, taqqoslash jarayoni ustanovka asosida amalga oshirilganligi uchun shunday natijaga kelindi.


XULOSA
O’quv jarayonining uzluksiz jarayonlaridan biri – bu talabalarda mustaqil ishlash va nazariy bilimlarni puxta egallashga qaratilgan kurs ishini bajarish hisoblanadi. Kurs ishini bajarish jarayonida talabalar olgan bilimlarini mustahkamlash bilan bir qatorda sotsial psixologiya fanining asosiy kategoriyalari, jamiyat a’zolari o’rtasidagi munosabatlarning ijtimoiy psixologik qonuniyatlari haqida; sotsial psixologiyaning fanlar tizimida tuzilishi, ularning rivojlanish istiqbollari haqida; sotsial psixologik tadqiqotlarni tashkil etish, o’tkazish metodlari va uning vositalaridan foydalana olish; psixologiya nazariyasi va metodologiyasiga aloqador tizimlar, kategoriyalar, mexanizmlar, qonuniyatlar, asosiy holatlar; insonlarning ish qobiliyatini oshirish va funksional holatni optimallashtirishni bilishi va ulardan foydalana olishi; turli xil hayotiy vaziyatlarda shaxsni o’rganishda sotsial psixologiyaning har xil usullarini qo’llash ko’nikmasiga ega bo’lish, umumpsixologikxtisoslik yo’nalishidagi fanlar bo’yicha bilimlarini kengaytiradilar, ixtisoslik bo’yicha adabiyotlarni chuqur o’rganadilar va o’zlarida ilmiy-tadqiqot ishlarini mustaqil bajarish qobiliyatlarini rivojlantiradilar. Ushbu uslubiy ko’rsatma “Sotsial psixologiya” fani bo’yicha yangi namunaviy o’quv dasturi va o’quv rejasi asosida tuzilgan bo’lib, unda psixologiya ta’lim yo’nalishida ta’lim olayotgan talabalarning kurs ishini bajarishi davomida amal qilishi lozim bo’lgan umumiy tartib - qoidalar, me’yorlar, tegishli ko’rsatma va maslahatlar berilgan. Uslubiy ko’rsatmani ishlab chiqishda mualliflar talabalarning nazariy bilimlarini amaliy jihatdan mustahkamlash, mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirish va rivojlantirishni asosiy maqsad qilib qo’ygan.



Download 78.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling