I bob. I. bob. Sotsial ustanovka
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi
Download 78.89 Kb.
|
psixologiya 7
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining tuzilishi
- SOTSIAL USTANOVKA
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi: Ushbu kurs ishi mavzusida psixologiyaning inson hayotiga ta’sir qilish darajasi, sotsial ustanovka va boshqa bir qancha psixologik xususiyatlari yoritib o’tilgan. Bir qancha ilmiy manbalarga murojaat etilgan.
Kurs ishining maqsadi: Ushbu kurs ishida sotsial psixologiya sohasining kelib chiqishi hamda rivojlanishi, shu bilan birgalikda sotaial ustanovkaning fandagi o’rni, turlari haqida atroflicha ma’lumot berib o’tilgan. Kurs ishining tuzilishi: Ushbu kurs ishi kompyuterlik matn, kirish, ikki bob, beshta paragraf, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati va ilovalardan iborat bo`lib, jami 32 sahifani tashkil etadi. Ushbu kurs ishida “SOTSIAL USTANOVKA” mavzusini chuqurroq o’zlashtirishga harakat qilindi. Shuningdek ko’plab ilmiy manbalar murojaat etildi. I.BOB. SOTSIAL USTANOVKA 1.1. Sotsial ustanovka tushunchasi Psixologiya fanida shaxsning xulq - atvori va faoliyatga qaratilgan anglanilmagan mayllari orasidagi bog‘liqlik muayyan darajada tadqiq etilgani ustanovka borasidagi muammolarga tegishlidir. Ustanovka inglizcha «Set» so‘zidan olingan bo‘lib, ko‘rsatma berish, anglanilmagan mayllar, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish ma’nolarida qo‘llanib kelinadi. Ustanovkalar dunyoni bilishning samarali usulidir. Bizda biror - bir voqea – hodisa yoki shaxsga nisbatan ma’lum bir munosabat mavjud bo‘lsa, bu munosabat bizning his - tuyg‘ularimiz va harakatlarimizda ifodalanishi bizning ustanovkalarimiz bilan bog‘liqdir. Masalan, bizda biror – bir millat yoki xalqqa tegishli bo‘lgan ma’lumotlar asosida ularni dangasa, tajovuzkor degan tasavvur mavjud bo‘lsa, o‘sha xalqning istalgan vakilini ko‘rganimizda unga nisbatan bizda salbiy his - tuyg‘u paydo bo‘ladi va bu harakatlarimizda ham aks etadi. Ba’zi jamoa, guruh va oilalarda ustanovkaga asoslanish, ishonish ba’zi noxush oqibatlarga olib keladi. Demak, ustanovka – insonning o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holda his -tuyg‘ularini namoyon qilishi yoki o‘zi bilmagan holda harakat qilishidir, desak bo‘ladimi? Bu savolga ustanovkalar haqidagi ilmiy ma’lumotlarni bilish asosida javob berishga harakat qilamiz. Bir qarashda «ustanovka» va «sotsial ustanovka» tushunchasi bir – biriga juda yaqin va o‘xshash. Ayniqsa, shaxs, faoliyat, yo‘nalish, tayyorgarlik, munosabat tushunchalari ikkala tushuncha uchun ham birday ahamiyat kasb etadi, qolaversa, bularni bir-biridan ajratgan holda ta’riflash ham juda mushkul. Lekin fanda aniqlik va har bir sohaning ilmiy yo‘nalishi nuqtai nazaridan, shuningdek, ustanovka muammosining umumiy psixologiyadagi va sotsial psixologiyada tutgan o‘rni va o‘ziga xos vazifalarini belgilash maqsadida «ustanovka» va «sotsial ustanovka» tushunchalari shartli ravishda qabul qilingan. Balki, bu ustanovka muammosini yanada chuqurroq, yanada mukammalroq o‘rganishga xizmat qiladi. Ustanovka shaxsning o‘zi anglab yetmagan muayyan ruhiy holati yoki maylidir. Bunday holatda shaxs biron - bir ehtiyojni qondirish mumkin bo‘lgan ma’lum faoliyatga nisbatan ruhan tayyor turadi. Avtoritar tafakkur, milliy stereotip, etnik rasm - rusumlar ham ustanovkaga misoldir. Ba’zi hollarda shaxs uchun anglanilmagan ustanovka o‘z pozitsiyasini aniq namoyish qilishda e’tiqod sifatida gavdalanadi, anglanilmagan omillar tariqasida aks etadi. Ustanovka – insonning o‘zi bilmagan holda yon -atrofidagi insonlar va voqelikni baholashi va ularga nisbatan munosabat bildirishidir. Ustanovka – bu faoliyatga mustaqil tayyorlikdir. Ustanovka – insonning ichki o‘ziga xos tuyg‘ularini namoyon etishga ruhan tayyorlik holatidir. Ustanovka uzoq vaqt davomida shakllanadi va u insonning qadr -qimmati bilan uzviy bog‘liqdir. «Moyillik», «yo‘nalganlik», «tayyorlik» kabi mazmunni anglatuvchi, bir - biriga o‘xshovchi «ustanovka» va «sotsial ustanovka» tushunchalarini bir - biridan farqlash lozimligi ko‘pchilik olimlar tomonidan qayd etilgan. Sof psixologik ma’noda yangicha tafakkur va dunyoqarashni shakllantiruvchi va o‘zgartiruvchi sotsial psixologik mexanizm – bu sotsial ustanovkalardir. Bu – shaxsning atrof muhitida sodir bo‘layotgan sotsial hodisalarni, ob’yektlarni, sotsial guruhlarni ma’lum tarzda idrok etish, qabul qilish va ular bilan munosabatlar o‘rnatishga ruhiy ichki hozirlik sifatida odamdagi dunyoqarashni ham o‘zgartirishga aloqador kategoriyadir. «Shaxs» tushunchasi psixologiyada eng ko’p qo’llaniladigan tushunchalar sirasiga kiradi. Psixologiya o’rganadigan barcha fenomenlar aynan shu tushuncha atrofida qayd etiladi. Inson ruhiy olami qonuniyatlari bilan qiziqqan har qanday olim yoki tadqiqotchi ham shaxsning ijtimoiyligi va aynan jamiyat bilan bo’lgan aloqasi masalasini chetlab o’tolmagan. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, «Homo sapiens» - «aqlli zot» tushunchasini o’zida ifoda etuvchi jonzotning paydo bo’lganiga taxminan 40 ming yildan oshibdi. Bu davrda olimlarning e’tirof etishlaricha, 16 ming avlod almashgan emish. Darvin ta’biri bilan aytganda, tabiiy tanlanish jarayonida yer yuzida saqlanib qolgan minglab millat va elatlarning keyingi davrdagi taraqqiyoti ko’proq biologik omillardan ko’ra, ijtimoiy - sotsial omillar ta’sirida ro’y bermoqda. Shuning uchun ham har bir individni yoki shaxsni o’rganish masalasi uning bevosita ijtimoiy muhiti va uning ijtimoiy normalari doirasida o’rganishni taqozo etadi. Sotsial yoki ijtimoiy muhit - bu insonning aniq maqsadlar va rejalar asosida faoliyat ko’rsatadigan dunyosidir. Mazmunan har bir insonning shu ijtimoiy olam bilan aloqasi uning insoniyat tajribasi, madaniyati va qabul qilingan, tan olingan ijtimoiy xulq normalari doirasidagi harakatlarida namoyon bo’ladi. Psixologiya ilmining namoyondalari bo’lmish olimlarning butun bir avlodi ana shu shaxs va jamiyat aloqalari tizimida insonning tub mohiyatini anglash, uning rivojlanishi va kamol topishi qonuniyatlarini izlaganlar. Abu Nasr Farobiy, A.Navoiy, Ibn Sino, Beruniy kabi yuzlab sharq allomalari ham bu o’zaro bog’liqlikning falsafiy va ijtimoiy sirlarini ochishga o’zlarining eng durdona asarlarini bag’ishlaganlar. Barcha qarashlarga umumiy bo’lgan narsa shu bo’lganki, odamni, uning mohiyatini anglash uchun avvalo uning shu jamiyatda to’tgan o’rni va mavqeini bilish zarur. Shaxsni o’rganishning birlamchi mezoni ham shundan kelib chiqqan holda, uning ijtimoiy mavqei, ijtimoiy munosabatlar tizimidagi o’rni bilan belgilanishi kerak. Lekin, shaxs bilan jamiyat o’rtasidagi o’zaro aloqalar masalasi birdaniga, bir xil yechimga kelinmagan. Bu o’zaro munosabatlar asosan ikki polyar nuqtai nazardan kelib chiqadi. Nativizm yo’nalishining tarafdorlari insonlardagi barcha xususiyatlarni tug’ma xarakterga ega, deb e’tirof etadilar. Empirizm tarafdorlarining fikricha, yangi tug’ilgan bola go’yoki «top - toza taxta», unga hayot va undagi talablar o’zining qonuniyatlarini yozadi va bola ularga so’zsiz bo’ysunishga majbur. Bu yo’nalishning asoschilaridan biri Dj. Lokk bo’lib uning fikricha, tug’ma fikrlar yoki g’oyalar bo’lishi mumkin emas, ular xoxish - tilak va og’riq kabi elementar sezgilarning qayta ishlanishi natijalaridir. Hayotda ana shunga o’xshash turli xil sezgilar va g’oyalarning assotsiatsiyasi ro’y beradi. G. Leybnits Lokka e’tiroz bildirib, hayotda umuman toza, sof doskaning o’zi bo’lmaydi, hattoki eng yaxshi silliqlangan marmar yuzasida ham sezilarli teshiklar, do’ngliklar yoki tug’ma asoratlar bo’ladiki, ular layoqatlardek inson takdirida ma’lum rol o’ynaydi. Bu ikkala yirik yo’nalish o’rtasidagi tortishuvlarga chek qo’yish maqsadida F. Galton qator eksperimental tadqiqotlar o’tkazib, har bir individga xos differentsial xususiyatlar mavjudligini «egizaklar metodi» yordamida asoslashga harakat qildi. 3 – jadvalda Galton tomonidan irsiy va orttirilgan sifatlar munosabati yuzasidan aniqlangan natijalardan keltirilgan.
Download 78.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling