I-bob ilim yo'li variyativ dasturi mazmun mohiyati


Xalqaro va milliy mezonlarga javob beradigan zamonaviy maktab sizningcha qanday bo‘ladi?


Download 177.74 Kb.
bet13/14
Sana12.10.2023
Hajmi177.74 Kb.
#1700802
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
ILIM YO\'LI VARIYATIV DASTURI MAZMUN MOHIYATI

Xalqaro va milliy mezonlarga javob beradigan zamonaviy maktab sizningcha qanday bo‘ladi?
Zamonaviy maktab shart-sharo­it­lari va ta’lim sifati bo‘yicha minimal talablarga javob berishi kerak. Maktablarda yetarli o‘quv xonalari, texnika va jihozlar bo‘lishi lozim. O‘qituvchilar ham bilimli bo‘lishi, maktabda yaratilgan sharoitlardan to‘liq foydalangan holda bolalarga puxta bilim berishi kerak. Zamonaviy maktabda darsdan tashqari to‘garaklar tashkil etilishi va bola muvaffaqiyatlarga erishishi uchun kerakli bilimlar berilishi zarur.
Hozirgi kunda respublikada faoliyat yuritayotgan umumta’lim muassasalari faoliyatini “Zamonaviy maktab” mezonlari asosida baholash shartlari va tartibi ishlab chiqilmoqda. Mazkur hujjatda zamonaviy maktablarga qo‘yiladigan talab­lar aniq qilib belgilandi.
2020-yildan boshlab respublikadagi moddiy-texnik ta’minoti bilan bir qatorda ta’lim berish sifati yuqori darajada bo‘lgan, tasdiqlangan baholash mezonlariga javob beradigan umumta’lim muassasalariga “Zamonaviy maktab” maqomi (statusi) beriladi. “Zamonaviy maktab” muvofiqlik sertifikatini olgan maktablarning direktori, o‘qituvchi va o‘quvchilarini moddiy-ma’naviy rag‘batlantirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Bu o‘z navbatida barcha maktablar pedagogik jamoasini “Zamonaviy maktab” maqomini olish uchun bir jamoa bo‘lib harakat qilishga undaydi.
2004–2009-yillarda maktab ta’limini rivojlantirish davlat umummilliy dasturi doirasida ham mamlakatimizda ko‘plab maktablar kapital ta’mirlanib, rekonstruksiya qilingan edi. Undan keyin Investitsiya, “Obod mahalla”, “Obod qishloq” dasturlari bo‘yicha ham yangi, zamonaviy maktablar qurildi. Bu dasturlar bo‘yicha respublikadagi maktablarni qamrab olish darajasi qanday bo‘lgan edi? Va bu dastur doirasida amalga oshirilgan ishlardan “Zamonaviy maktab” loyihasi doirasida qilinadigan ishlarning qanday farqi bor?
Davlat dasturlari doirasida 2004–2019-yillar mobaynida 9454 ta maktabda qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan. Bu ishlarga o‘tgan 15 yil davomida jami 5,7 trln so‘m mablag‘ sarflangan.
Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, o‘tgan davr mobaynida 4200 dan ortiq maktabda rekonstruksiya (qo‘shimcha bino qurish) ishlari amalga oshirilgan bo‘lsa-da, ushbu maqsadda ajratilgan mablag‘lar faqatgina xomg‘isht, paxsa, yog‘och va loydan qurilgan maktablarga namunaviy loyiha asosida o‘quv binolari qurishga yo‘naltirilgan. Shuningdek, maktablarda o‘quvchi soni oshib ketishi natijasida qo‘shimcha binolar quril­gan. Biroq, asosiy muammo shundaki, 2004–2019-yillar mobaynida ajratilgan mablag‘lar faqatgina o‘quv binosining sinf xonalari uchun sarflangan. Maktab faollar zali, kutubxona, oshxona, qiz va o‘g‘il bolalar uchun alohida o‘quv mehnat xonalari,o‘qituvchilar,psixolog xonalari va boshqa qo‘shimcha binolar deyarli qurilmagan.
Mahalliy davlat hokimiyat organlari tomonidan “Obod qishloq”, “Obod mahalla” dasturlari doirasida ham ko‘plab maktablarda qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Biroq bu ishlar joylarda turlicha bajarilyapti. Ba’zilarida faqatgina qurilib, jihozlash ko‘zda tutilmasdan qolmoqda.
Shu munosabat bilan ushbu qarorning ahamiyatli joyi shundaki, 2020-yildan boshlab moliyalashtirish manbaidan qat’i nazar, respublikaning barcha hududida maktablarni qurish-ta’mirlashda ularni to‘liq zamonaviy jihozlar bilan ta’minlash qat’iy belgilanmoqda. “Zamo­naviy maktablar”ning xalqaro talablarga muvofiq ilg‘or arxitektura yechimlari va energiya tejamkor texnologiyalar asosida qurilib, jihozlanishiga alohida e’tibor qaratiladi. Shundan kelib chiqib, Xalq ta’limi vazirligida Qurilish vazirligi bilan hamkorlikda 2020-yilning 1-martiga qadar xorijiy tajriba va mamlakatning tabiiy iqlim sharoitlariga mos, ekologik toza materiallar va energiyaning muqobil manbalari, ilg‘or texnologiyalar va muhandislik yechimlarini qo‘llashni nazarda tutuvchi “Zamonaviy maktab”larni qurish va rekonstruksiya qilishning namunaviy loyihalarini ishlab chiqish va tasdiqlash topshirildi.

Xulosa
Xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, Qaror va ma’ruzalarida maktabgacha ta’lim, xalq ta’limi, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim hamda akademik ilm-fanni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish masalalari ustuvor vazifa sifatida belgilangan bo’lib, ularda ilgari surilgan vazifalarni hayotga tadbiq etish mamlakatimizda ta’lim sifati va samarodorligini oshirishning kafolati hisoblanadi.


Umumiy o‘rta ta’lim tizimi mazmunini sifat jihatidan yangilash, o‘qitish metodikasini takomillashtirish, pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning zamonaviy shakllarini joriy etish zarurati.
Janubiy Afrika Respublikasidagi Stellenbos universiteti peshtoqiga yozib qo‘yilgan ibora:
“Har qanday millatni yo‘q qilish uchun atom bombasi yoki uzoq masofaga uchuvchi raketa shart emas. Buning uchun ta’lim sifatini tushirib, imtihonlarga aldov aralashtirishning o‘zi kifoyadir. Bu tarzda ta’lim olgan shifokorlar qo‘lidan bemorlar o‘lim topadi, quruvchilar qurgan uy va binolar vayron bo‘ladi, iqtisodchi va hisobchilar qo‘lidan moliyaviy resurslar sovuriladi, adolat ham shunday huquqshunos sudyalar qo‘lida zavol topadi.
“Ta’limning inqirozi-millat inqirozidir” O’zbekistonda ta’lim tizimi jadal rivojlanmoqda. Umumiy o‘rta ta’lim tizimi mazmunini sifat jihatidan yangilash, o‘qitish metodikasini takomillashtirishga alohida e’tibor qartilmoqda.
Bugungi kunda O’zbekistonda 9942 ta umumta’lim maktablarida 6,2 million nafar o’quvchi o’qitilyapti, ularga 457 ming nafar o’qituvchi ta’lim-tarbiya bermoqda.
Yurtimizda uchinchi Prezident maktabi Namanganda ochildi. Ushbu ta’lim muassasasining taqdimoti marosimi 144 nafar iste’dodli o‘quvchi va ota-onalarning unitilmas bayram shodiyonasiga aylandi.
Namangandagi Prezident maktabiga shu yil bahorda tamal toshi qo‘yilgan edi. Maktab uchun viloyat markazidagi eng ko‘rkam va bahavo Dovlatobod dahasining Islom Karimov nomli shohko‘chasidan joy tanlangan. Viloyatda qurilish sohasida katta tajriba orttirgan “Zafarqurilishservis” MChJ bunyodkorlari qisqa fursatda salmoqli hajmdagi qurilish-montaj ishlarini amalga oshirdi. Mazkur inshootni sifatli va eng zamonaviy qiyofada tiklash uchun xorijiy texnologiyalardan keng foydalanildi. Shu yilning aprelida birinchi g‘ishti qo‘yilgan mazkur dargohga 80 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ sarflandi. 300 dan ziyod bunyodkor bor kuch-g‘ayratini safarbar etdi.
Namanganlik 144 nafar qobiliyatli o‘quvchi katta imkoniyatni qo‘lga kiritdi. Zamon talablarigi mos tarzda qurilgan, jihozlangan o‘quv binosi, o‘quv –amaliy va nazariy mashg‘ulotlar xonalari, kutubxona, sport zali, oshxona va umuman olganda, barcha maishiy va madaniy binolarda zarur qulaylik va shinamlik mavjud.
Maktabda Cambridge Assesment International Education vakillari tomonidan mahalliy va xorijiy mutaxassislar uchun Cambridje o‘quv dasturlari asosida maxsus treninglar o‘tkazilib, Cambridge o‘quv dasturini amalga oshirishning ijobiy tajribasini o‘rgatish ko‘zda tutilgan.
Toshkent shahridagi Prezident maktabiga o‘quvchilari eng ko‘p qabul qilingan maktablar aniqlanib, Sergeli tumanidagi 300- IDUMdan 8, Chilonzor tumanidagi 178- IDUMdan 6, Sergeli tumanidagi 6- IDUMdan 5 hamda Sergeli tumanidagi 301-maktab, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 50-IDUM, XTV tasarrufidagi aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabidan 4 nafardan o‘quvchining nufuzli bilim dargohidan ta’lim olayotgani e’tirof yetildi
Tinglovchilarga oilaviy muhit –ta’lim-tarbiya asosi ekanligini tushuntirish maqsadida Prezident maktabiga qabul qilingan o’quvchilarning ota-onalari fikrlaridan misollar keltirish zarur:
Prezident maktabiga qabul boshlangan ilk kunlarda sinov jarayonlari haqida turli mish-mishlar quloqqa chalingandi,- deydi toshkentlik Nilufar Rixsieva . Shu bois farzandim a’lo baholarga o‘qishiga qaramay, hujjat topshirishda ikkilandik. Uning 7000 nafar boladan o‘zib, mana shu maktabda o‘qishga ishongim kelmagandi. Biroq imtihonlar chog‘i haqiqiy va adolatli bellashuvning kuzatuvchisi bo‘ldik. O‘g‘limning bilim olishga ishtiyoqi, astoydil say-harakatlari o‘z natijasini ko‘rsatdi. O‘zim hamshiraman, turmush o‘rtog‘im ham oddiy ishchi bo‘lsa-da, oilada toza muhit yaratishga doim intilganmiz. Farzandimga bolalikdan ishonch bildirganman. Hayotda ham eng muhimi- shu. Menimcha, bolalarga ishonch bilan qarash va o‘ziga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash lozim. “Sen zehinlisan, bajara olasan, kelajaging porloq bo‘ladi”, deyman hamisha. Mana shu ishonchning ilk mahsulini ko‘rib turibman. Maktabdan uyga berilgan vazifalarni birgalashib tayyorlardik. Farzandlarimga kichikligidan kitob o‘qib beraman.Endi ular Oybek, O‘.Hoshimov, S.Ahmad romanlarini tushunib o‘qiydi.


Download 177.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling