I-bob ilim yo'li variyativ dasturi mazmun mohiyati


Tinglovchilarga variativ o’quv reja haqida ma’lumot berish


Download 177.74 Kb.
bet9/14
Sana12.10.2023
Hajmi177.74 Kb.
#1700802
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
ILIM YO\'LI VARIYATIV DASTURI MAZMUN MOHIYATI

2.3 Tinglovchilarga variativ o’quv reja haqida ma’lumot berish


Ayni paytda tizim oldida o‘quv adabiyotlari, kitob va darsliklar, elektron ta’lim resurslari, innovatsion, raqamlashtirilgan ta’lim texnologiyalari to‘liq yangilash, ochiq elektron resurslar tarmog‘iga ulash, o‘quv adabiyotlarini xorijiy davlatlardan olib kelish qayta ishlash, chop etish va tarqatish, kelajak kutubxonalari va auditoriyalarni yaratish kabi muhim vazifalar qo‘yilgan. Ta’lim dasturlarida mavjud ish o‘rinlariga mos kasbiy-amaliy ko‘nikmalarini shakillantirish, rus, ingiliz tillarini mukammal o‘rgatish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga alohida e’tibor qaratiladi.


Professional ta’lim jarayonida ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, qishloq xo‘jaligi, kichik biznes va tadbirkorlik, AKT sohalarida katta tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislar, ish yurituvchilar, injener-texnologlar, agronom va masterlar jalb etiladi. Professional ta’limning yangi tarmog‘ida faoliyat ko‘rsatadigan direktorlar, direktor o‘rinbosarlari, o‘qituvchi pedagoglar, ishlab chiqarish ustalarini saralash, tanlash, tayinlash, qayta tayyorlash va atestatsiyadan o‘tkazish, ularning maqomini belgilash va mehnatini rag‘batlantirishning yangi tartiblari ishlab chiqiladi.
Endilikda, davlatimiz rahbari farmoni bilan 2020/2021-o’quv yilidan boshlab O’zbekiston Respublikasida Ta’limning xalqaro standart tasniflagichi darajalari bilan uyg’unlashgan yangi boshlang’ich (kasb-hunar maktablari), o’rta (kollejlar) va o’rta maxsus (texnikumlar) professional ta’lim tizimi hamda tabaqalashtirilgan ta’lim dasturlari joriy etiladigan ta’lim muassasalari tarmogi tashkil etiladigan bo’ldi. Kollejlarda hayot davomida ta’lim olish prinsipi asosida kamida umumiy o’rta ma’lumotiga ega bo’lgan shaxslar hisobidan kasblar va mutaxassisliklarning murakabligidan kelib chiqqan holda 2 yilgacha muddatda kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakillarida davlat buyurtmasi hamda to’lov-kontrakt asosidagi ta’lim amalga oshiriladi.
Texnikumlarda ham hayot davomida ta’lim olish prinspi asosida kamida umumiy o’rta ta’lim ma’lumotga ega bo’lgan shaxslar hisobidan shakillantirilgan guruhlarda kasblar va mutaxassisliklarning murakkabligidan kelib chiqqan holda 2 yildan kam bo’lmagan muddatda kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllarda davlat buyurtmasi hamda to’lov-kontrakt asosida o’qish amalga oshiriladi. Bu dargohlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar o’z sohasiga mos bakalavriat ta’lim yo’nalishlari bo’yicha kirish test sinovlarisiz yakka tartibdagi suhbat orqali oliy ta’lim muassasalarida 2- kursdan o’qishni davom ettirish huquqiga ega bo’ladi.
Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 5-iyuldagi 563-sonli qaroriga binoan Jizzax shahrida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining filiali tashkil etildi. Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 19-iyuldagi qaroriga binoan Astraxan davlat texnika universitetining Toshkent viloyatidagi filiali tashkil etildi. Filial suv bioresurslari va akvakultura, ekologiya va tabiatdan foydalanish, baliq mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash texnologiyasi hamda baliqchilik xo‘jaligi iqtisodiyoti yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlaydi.
Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 avgustdagi qaroriga muvofiq, Qo‘qon universiteti o‘z faoliyatini boshladi. Universitetda iqtisodiyot, menejment, moliya, tadbirkorlik kabi yo‘nalishlarda ta’lim beriladi.Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida yuridik kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha Toshkent davlat yuridik universitetining ixtisoslashtirilgan filiali tashkil etildi.
Namangan muhandislik-texnologiya instituti Pokiston milliy yengil sanoat universiteti bilan hamkorlik o‘rnatdi. Unga ko‘ra Namangan muhandislik-texnologiya institutida Pokistondagi universitet bilan hamkorlikda O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan tekistil mahsulotlarini jahon standartlari darajasida sinovdan o‘tkazish va sertifikatsiyalash laboratoriyasi tashkil etildi.
O‘zbekiston Milliy universitetida Intellektual mulk agentligi bilan hamkorlikda Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazi tashkil etildi.
Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti qoshida Turkiya tibbiyot fanlari universiteti (SBU) fakulteti va malakali tibbiy xizmatlar oliy maktabi ochildi.
Qarshi davlat universitetida Rossiya Federatsiyasining Belgorod davlat universiteti bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim markazi tashkil etildi. Unda abiturientlar, talabalar, universitet xodimlari rus tilini o‘rganishlari, rus adabiyoti, madaniyati bilan tanishishlari mumkin.
2019 yil 4 dekabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutida yaponshunoslik fakulteti tashkil etildi. Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 3 dekabrda “Oliy ta’lim muassasalarini bosqichma-bosqich o‘zini-o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Unga muvofiq, 2020 yil 1 yanvardan 10 ta oliy ta’lim muassasasi tajriba sinov tariqasida o‘zini-o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tkazildi.
Islohotlarimizning asosi o‘qituvchilarning obro‘sini oshirishga qaratildi. O‘qituvchilarning o‘rtacha ish haqi 1,5 barobarga oshdi. 15 mingdan ortiq erkak o‘qituvchi maktablarga qaytdi. Ta’lim muassasalariga yordam berish ummumilliy harakatga aylandi. Fan va xalqaro olimpiada bo‘yicha ko‘plab yangiliklar bo‘ldi. O‘tgan o‘quv yilning o‘zida 50 dan ortiq yangi maktablar qurildi. Aholi ko‘p hududlarda 1680 o‘ringa mo‘ljallangan ta’lim muassasasidan 4 tasi qurib foydalanishga topshirildi. Beshta muhim tashabbus bo‘yicha umumta’lim maktablarida turli to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Jami 2,9 milion nafar o‘quvchi to‘garaklarga jalb etilib, umumiy ko‘rsatkich 47,5 foizni tashkil etdi.
2020 yilda 10-11 sinf o‘qituvchilarini oliy ta’lim muassasasiga yaxshiroq tayyorlash maqsadida bosqichma-bosqich variativ o‘quv rejalari amalga oshiriladi. Xususiy sektor, jumladan davlat xususiy sheriklik tamoyili asosida ta’lim muassasalari soni oshiriladi, “Zamonaviy maktab loyihasida namunaviy maktablar yaratiladi. Darsliklar mazmunan qayta ko‘riladi. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining bilimi EGRA va EGMA asosida baholanadi. Yelektron kitoblar va onlayn darsliklar bazalari shakillantiriladi. “Tarbiya” fani joriy etiladi. Maktablarning aksariyatini zamonaviy kompyuterlar bilan ta’minlash va sifatli internet tarmog‘iga ulanishini ta’minlash rejalashtirilmoqda.
2019 yilda olis hududlardagi bolalarni ham bog‘chaga jalb etish maqsadida 2 304 nafar o‘g‘il-qiz uchun 16 ta maxsus avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda Toshkent shahridagi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalaridagi o‘quvchi yoshlarning aqliy va jismoniy rivojlanishi o‘rganildi. Tahlillarga ko‘ra, 70-90 foiz bolalarda nutq buzilishi, 80 foiz bolalarda mushak–skelet tizimining yaxshi rivojlanmaganligi kuzatiladi.
2020 yilda kichkintoylarni parvarish qilishda ta’lim va tarbiya jarayoning sifatini oshirish, bu boradagi faoliyatni “Sifatini oshirish - maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirishning muhim va asosiy jihatlaridan biri” shiori ostida olib boriladi. Bu borada Rossiya, Germaniya kabi davlatlardagi talablarga muvofiq maktabgacha ta’lim tizimidagi yangi tajribalar hamda xalqaro standartlarga tayaniladi.
2019/2020 o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalariga jami 146 518 nafar talaba o‘qishga qabul qilinib, qamrov 20 foizga yetkazildi. 19 ta yangi (10 tasi mahalliy, 9 ta xorijiy unversitet filiallari) tashkil etildi. Xalqaro hamkorlik kengaydi. 40 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari hamda 41 ta magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. Bakalavr darajasini olgan shaxslarga magistraturada mos va turdosh yo‘nalishlardan tashqari boshqa mutaxassisliklar bo‘yicha o‘qishni davom ettirish imkoniyati yaratiladi.
2020-yilda bitiruvchilarni oliy ta’limga qamrov 25 foizga yetkaziladi, bakalavriat bitiruvchilarning kamida 10 foizi magistratura mutaxassisliklariga qabul qilinishi rejalashtirilmoqda. Mutaxassislik fanlari bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar 35 foizdan 45 foizga oshiriladi. Raqamli texnologiyalar (shu jumladan, “E MINBAR” elektron platformasi, onlayn, vebinar texnologiyalar) joriy etilgan oliy ta’lim muassasalari 10 foizga yetkaziladi (2019 yilda esa mahalliy OTM larda mavjud emas). Oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyati 38 foizga oshirish rejalashtirilgan.
2019 o‘quv yilda O‘zbekiston tarixida ilk marotaba umumta’lim maktablari reytingi e’lon qilindi. Fan doktori yoki professor unvoniga ega bo‘lgan o‘qituvchilar maoshi oshdi. Pedagoglar bilim salohiyatini adolatli baholash, shu orqali ta’lim-tarbiya sifatini oshirish maqsadida umumta’lim muassasalarining pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi qayta ko‘rib chiqildi. 2019 yilgi attestatsiyada jami 56 ming 736 nafar pedagoglar ishtirok etgan bo‘lib, ulardan 4 457 nafar pedagog oliy malaka, 24 ming 426 nafar pedagog esa birinchi malaka toifasiga mos keladigan ko‘rsatkichlarni qayd etdi. Yangi tartibga ko‘ra, pedagoglarga besh yillik muddatni kutmasdan o‘zining yozma arizasiga binoan navbatdan tashqari attestatsiyada ishtirok etish imkoniyati berildi. Ta’lim tashkilotlarini attestatsiya va akkreditatsiyadan o‘tkazish tartibi ham ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rgangan holda takomillashtirildi. O‘tgan yil davomida 1 646 ta umumiy o‘rta ta’lim muassasalari attestatsiyadan o‘tkazilib, ularning 1 477 tasi akkreditatsiyalandi. So‘nggi uch yilda xorijiy oliy ta’lim kvalifikatsiyalarini tan olish va nostrifikatsiya qilishga oid arizalar 5,3 marta o‘sdi.

Download 177.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling