I bob. Ilk o`rta asrlarda Xitoyning siyosiy tarqoqligi va ilim fan rivojlanishi
Download 167.3 Kb.
|
Ilik O`rta Asrlarda Xitoy ilim fan, madaniyati
Adabiyot va san’at. Xitoy adabiyoti ilk o‘rta asrlar davri-dayoq klassik asarlar yaratdi. Tan dinastiyasi vaqtida shoir-lardan Li Bo (701—762), Du Fu (712—770), Bo szyuy-i (772—846) juda ham shuhrat qozongan edi. Bulardan Li Bo juda ko‘p lirik she’rlar (30 tomga yaqin) yozgan bo‘lib, bu she’rlarida nuqul dunyoviy shodiyona, epikurcha — materialistik dunyoqarashni aks ettirdi. Li Bonn xitoy tabiatining kuychisi deb atashadi, chunki u tabiatni juda sevar edi. Du Fu esa o‘z dostonlarida xalqning afsonaviy va qahramonlik eposlari-dagi boy materialni qaytadan ishlab chiqdi. Ammo Du Fu o‘z zamonasiga juda yaqin turar edi. U o‘zining ko‘p she’rlarida ezilgan dehqonlarni jo‘shqinlik bilan himoya qilardi. U «mil-lionlarcha qashshoqlar, sho‘r peshana odamlar»ning hammasi boshpana topadigan ajoyib bir katta bino quriladigan yaxshi zamonni, go‘zal istiqbolni orzu qilar. edi. Tan dinastiyasining so‘nggi davrlarida yashagan Bo szyuy-i jamiyatga chuqur inson-parvarlik bilan qarar edi. Uning she’rlari insonga muhabbat, kishi qadr-qimmatini hurmat qilish ruhi bilan sug‘orilgan edi. U kishining axloqiy go‘zalligini kuylar edi.
Urta asrlar davrida Xitoyda arxitektura bilan tasvirii san’atni rivojlantirish sohasida ham ko‘p ishlar qilindi. Xitoy binolari — saroylar, ibodatxonalar, minoralar, shahar darvozalari, ko‘priklar, turar joylar o‘zlarining stili ji-hatidan xilma-xil, arxitektura formalari jihatidan ixcham va nafis qilib qurilar edi/Bu binolar juda ham xilma-xil materiallardan: tosh, yog‘och, marmar, temirdan ishlanar edi. Ular jimjimador naqsh, chinni, tillalar bilan bezatilar edi. Imperator saroylarining, ibodatxonalarning, shuningdek, zo-dagonlar va shahar boylarining uy tomlari ko‘pincha oltin lav-halar bilan yopilar edi. Tan dinastiyasi davrida, keyinchalik Sun dinastiyasi vaqtida Xitoyda rassomlik yuqori darajada rivojlangan edi. Xitoy rassomlari ipak mataga, qog‘ozga, yog‘ochga, toshga raem so-lar edilar; devorlarga o‘yib naqsh solishda, portretlar chi-zishda juda katta mahoratga ega edilar. Sun dinastiyasi davrida ayniqea ikkita rassom — Chjao szi («Yevvoyi g‘ozlar» rasmi) va G‘uXu'n-chjun («Zodagon amaldornikida tungi bazm» rasmi) juda katta dong chiqargan edi. Sun davrida noma’lum rassom tomonidan ipak mataga so-lingan «Qishloq maktabi» degan raem ham keng shuhrat qozongan. Rasmda uncha katta bo‘lmagan qishloq maktabining oddiygi-na jihozlari haqqoniy tasvir etilgan, bu rasmda nafis yumor bilan samimiyat ko‘zga tashlanib turadi. Download 167.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling