I bob. Ilk o`rta asrlarda Xitoyning siyosiy tarqoqligi va ilim fan rivojlanishi


VIII va IX asrlarda Tan imperiyasining krizisga uchrashi


Download 167.3 Kb.
bet5/16
Sana02.05.2023
Hajmi167.3 Kb.
#1421078
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Ilik O`rta Asrlarda Xitoy ilim fan, madaniyati

VIII va IX asrlarda Tan imperiyasining krizisga uchrashi. Tan imperiyasi VII aerning ikkinchi yarmida va VIII asrda Tays-zunning vorislari zamonida Osiyodagi eng katta davlat bo‘lib qolaverdi. Bu vorislar ichida eng ko‘zga ko‘ringani buddizm homiysi imperatritsa U sze-Tyan yoki Uxou (656—705) bo‘ldi. VII—VIII aerlarda Xitoy Arab xalifaligi, Hindiston, Siyom va Vetnam bilan qizg‘in tashqi savdo olib bordi. Bir qancha katta-katta karvon yo‘llari (bular orasida Chanandan Urta Osiyoga olib boradigan yo‘l—«Ipak yo‘li» ayniqsa katta aha-miyatga ega edi). Xitoyni Shimoliy, G‘arbiy va Janubiy Osiyo­dagi turli mamlakatlar bilan boglar edi. Bundan tashqari Xitoy sohillaridan Janubi-Sharqiy Osiyo va Hindistonga bo­radigan dengiz yo‘lnnipg ham ahamiyati katta edi. Biroq VIII aerdayoq Tan imperiyasi chuqur krizisga uchradi. Soliqlar, o‘l-ponlardan, har xil davlat majburiyatlari o‘tashdan ezilgan dehqonlar qashshoqlashib, juda og‘ir kun kechirishga majbur edi. Ochlik natijasida tez-tez bo‘lib turgan epidemiyalardan yuz minglab dehqonlar qirilib ketdi. Dehqonlarning chek yer-lari kamayib bordi, chunki chek yerlarni «kuchli xonadonlar»— katta-katta yer egalari, davlat amaldorlari, sudxo‘rlar doim o‘z qo‘llariga kirgizib olmoqda edilar (yilnomalarda obrazli qilib aytilganidek, «yutib yubormoqda edilar»). Davlat deh­qonlari sonining kamayishi natijasida davlat xazinasiga tu-shadigan daromadlar ham kamaydi. Dehqonlarning bir qismi xususiy shaxslarga$qaram bo‘lib qolayotgan edi, bu shaxslar o‘z daromadlarini mana shu dehqonlardan olar edilar.
V. F. Semenov noan soliqlar chek yeri bo‘lgan dehqonlardangina olinib qol-masdan, shu bilan birga xususiy yer egalaridan va davlat yer-larini vaqtincha ijaraga olgan shaxslardan ham yig‘ib olina-digan bo‘ldi, ammo mana shu yer egalari va ijarachilar ularning yerlarida yashab, ularga krepostnoy qaramlikda bo‘lgan dehqon-lar uchun ham soliq to‘lashlari lozim edi. Vujudga kelgan bu yangi vaziyatni, ya’ni davlat dehqonlarining bir qismi feodal-ning. krepostnoyi yoki qaram kishisiga aylanganligini tan olib, hukumat «kuchli shaxslare tomonidan chek yerlarning «yutib yubo-rilishiga» qarshi kurashni ataylab susaytirdi, bu hol butun chek yer sistemasining krizisi kuchayganlygidan dalolat berar edi.
Feodallashuv protsessi mahalliy yerdor zodagonlarni kuchay-tirdi va imperatorning gubernatorlari bilan harbyy boshliq-larining o‘zida ham markazga tobe bo‘lmaslikka intilish kay-fiyatini tug‘dirdi. Bosh qo‘mondon An-Lu-shan qo‘zg‘oloni Tan dinastiyasi tarixida burilish nuqtasi bo‘ldi. U 785 yilda 120 ming kishilik qo‘shinni o‘zira ergashtirib, imperatorga qarshi bosh ko‘tardi. U 786 yilda ikkala poytaxtni — Chanan va Lo-yanni ham bosib olishga muvaffaq bo‘ldi. Imperator qochdi, bu ~ qo‘zg‘olon kelgusi yildagina yollangan varvarlar, asosan, uyg‘ur-lar yordami bilan bostirildi. An Lu-shan qo‘zg‘olonidan ke-' yin Janubiy Xitoydagi gubernatorlar qo‘zg‘olonlari bo‘ldi, bu qo‘zg‘olonlarni ham imperator juda katta kuch sarf qilib zo‘rg‘a bostirdi.
Xuan Chao qo‘zg‘oloni. Dehqonlarning haddan tashqari og‘ir hayoti IX asrping ikkiichi yarmida ularning g‘oyat katta qo‘zg‘o­loni ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi, bu qo‘zg‘olon 875 yildan 884 yilgacha davom etdi. Qo‘zg‘olonga ilgari chakana tuzfurush bo‘l­gan va keyin imperator gvardiyasida soldat bo‘lib xizmat qil-gan Xuan Chao degan kishi boshchilik qildi. 875—884 yillardagi xitoy dehqonlari qo‘zg‘olonining kishini hayratda qoldiradi-gan tomoni shuki, u xiyla uzoq vaqt davom etdi, qo‘zg‘olonga juda ko‘p kishi qatnashdi, qo‘zg‘olonchilar g‘oyat katta kuch-g‘ayrat va tadbirlik ko‘reatdilar- Bu qo‘zg‘olon umuman olganda sti-xiyali harakat bo‘lsa-da, bir qadar uyushgan harakat edi va shu uyushganligi natijasida ma’lum vaqtgacha katta-katta muvaf-faqiyatlarga erishdi. Qo‘zg‘olon Shandun va Xebey degan shimo-liy viloyatlardan boshlandi. Keyin u Markaziy Xitoydagi Xenan viloyatiga tarqaldi. Qo‘zg‘olonning birinchi yilidayoq Xuan Chao qo‘l ostida 100 mingta lqin qurollangan dehqon bor edi. 879 yilda Xuan Chao Janubiy Xitoyga yurish qildi, u yerda eng boy port bo‘lgan Qantonni oldi. Qo‘zg‘olonchilar bu yerda juda ko‘p ajnabiy savdogarlarning hamma tovarlarini bosib oldi. Biroq o‘z soldatlari orasyda epidemiya tarqala boshla-ganligi sababli Xuan Chao shimolga, Yansi daryosi ortiga cheki-nishga majbur bo‘ldi. Epidemiya oqibatlariga qaramay, Xuan Chaoning qo‘shini tobora ko‘payib, 880 yilda uning soni 250—300 ming kishiga yetdi. 880 yilda Xuan Chao Loyan ustiga yurish qil­di. Oz vaqt ichida Chan’anni bosib oldi va o‘zini imperator deb e’lon qildi. «Dehqonlar imperatori»ning sotsial programma-sini uning bosh ministri o‘z gapida ifodalab berdi, u «Da si-ning (Xuan Chao o‘zini Da si degan nom bilan imperator deb e’lon qildi) -oddiy xalqqa rohat va farog‘atli hayot baxsh etishdan boshqa muddaosi yo‘q» dedi. Xuan Chao Chan’anda ikki yarim yil turdi. 884 yilda Tan dinastiyasining imperatori uy-g‘urlar, tangutlar va shimoli-g‘arbda yashovchi boshqa ko‘chmanchi-lardan iborat varvar to‘dalarining 'yordami bilan poytaxtga qaytib keldi. Sahroiy varvarlar xitoy dehqonlarini shafqat-sizlik bilan qirdi. Bu qonxo‘r yirtqichlarga xalq «qora quz-g‘unlar» deb nom berdi. Xuan Chaoning o‘zi esa Chan’andan qochib ketishga majbur bo‘ldi va keyingi yili Xenan viloyatida ha-lok bo‘ldi (o‘zini-o‘zi o‘ldirdi).
Tan dinastiyasining tugashi. Imperator xizmatidagi feodal-amaldor zodagonlarga suyangan Tan dinastiyasi haqiqatda deh­qonlarning qudratli harakati na-tijasida ag‘darildi. Bu di-nastiyaning imperatorlari qo‘zg‘olon bostirilgandan keyin yana bir oz vaqtgacha mamlakatni idora qildi. Biroq ularning ho-kimiyati e'ndi butun Xitoyga yoyilmas edi. X asrning boshlarida shimolda kidan qabilalari ittifoqining katta bir varvar davlati tuzildi, bu qabilalar Manchjuriyani, Mo‘g‘ulistonning va Shimoliy Xitoyning bir qismini bosib olgan edi. Bu Lyao deb atalgan yangi davlatning poytaxti Yanszin shahri bo‘ldi, shu shahar keyinchalik Pekin deb yuritila boshladi.
907 yilda Tan imperiyasi yo‘q bo‘ldi. Bir necha o‘n yilgacha Xi-toyda batamom tarqoqlik hukm surdi. Lekin 875—884 yillar­dagi dehqonlar qo‘zg‘oloni bekor ketmadi. Bu qo‘zg‘olon natija­sida yerga feodal davlat mulkchiligi va uning chek yerdan foydalaishp sistsmasi, ko‘pdan-ko‘p amaldorlari, dehqonlarning oxirgi tomchi qopini so‘rib oladigan murakkab va aql bovar qilmaydigap soliq solish sistemasi, har bir qishloq va har bir dehqonning ketidan iskovchilik qilib yuruvchi pastkash po­litsiya nazorati bilan birga qo‘shilib bari tamoman puturdan ketdi. Qo‘zg‘olonchi dehqonlarning bir qismi chek yerlarni o‘zla-riga mustahkamlab olib, mayda yer egalari bo‘lib qoldilar. Biroq davlat mulkchiligining zaiflashib qolganligidan xusu­siy mulkchi bo‘lib olgan yangi feodallar ham foydalanib qoldilar, bular o‘zlarining xususiy pomestelari hajmini ken-gaytirdilar va xitoy qishlog‘iga o‘zlarining iqtisodiy ta’sir-larini kuchaytirdilar.
X asr o‘rtalarida mamlakatda anchagina iqtisodiy yuksalish yuz berdi, Xitoy bu yuksalish sharoitida 960 yilda Sun dinas­tiyasining hokimiyati ostida qaytadan birlashtirildi. Bu di-' ыastiyaga Shimoliy Xitoydagi harbiy boshliqlardan biri bo‘l­gan Chjao Kuan-in asos soldi, u kidanlar ustidan bir necha marta g‘alaba qozongan edi. Yangi dinastiyaning poytaxti dast- lab Byan (hozirgi Kayfin) shahri bo‘ldi. Keyinchalik markaz janubga, Xanchjou shahriga ko‘chirildi.

Download 167.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling