I bob. Ilk o`rta asrlarda Xitoyning siyosiy tarqoqligi va ilim fan rivojlanishi
Xitoyni siyosiy jihatdan birlashtirish yo‘lidagi birinchy urinishlar
Download 167.3 Kb.
|
Ilik O`rta Asrlarda Xitoy ilim fan, madaniyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tan imperiyasi.
Xitoyni siyosiy jihatdan birlashtirish yo‘lidagi birinchy urinishlar.
Suy imisriyasi. Ilk o‘rta asr zamonida Xitoyni birlashtirishga birinchy bo‘lib Suy dinastiyasi urindi. Bu dinastiyaning asoschisn Yapszyan (yoki Vendi) harbiy rujina boshlig‘i bo‘lib, shimoliy dinastiyalardan birida xizmat qilar edi. 589 yilda Yanszyan butun Shumoliy va Janubiy Xi-toyni o‘ziga bo‘ysundirdi. Suy dinastiyasi davrida sug‘orish sistemasi tiklandi va kengaytirildi. Jumladan, VII asr bosh-larida shu dinastiyaning ikkinchi imperatori Yan Guan (yoki Yan-di) davrida Xuanxe daryosini Yanszi daryosi bilan bog‘lay-digan umumiy uzunligi 1000 km keladigan Buyuk kanal qazildi. Kanal qurilishida Xitoyning turli qismidan yig‘ib olib ke-lingan bir millionga yaqin kishi ishladi. Ammo Suy dinastiya-«ining idora qilishi uzoqqa bormadi. Shimolning janub bilan ■birlashuvi juda zaif edi. Markaziy hukumat viloyatlarni •yetarli darajada nazorat qilib turmadi. Juda katta hokimiyat mahalliy zodagonlar qo‘lida edi- G‘arbda turkiy qabilalar hujumining kuchayishi imperiyadan juda katta kuch-g‘ayrat ta-lab qildi. Shu bilan bir qatorda bu dinastiya imperatorlari istilochilik siyosati yuritishga urindi, bu esa imperiyani yanada battarroq holdan ketkazdi. Suy hukumatning Koreyani o‘ziga -bo‘ysundirish yo‘lidagi urinishlari tamoman barbod bo‘ldi. Bu hol dinastiyaning uzil-kesil qulashiga sabab bo‘ldi. 618 yilda Shimoli-G‘arbiy Xitoyning knyazlaridan biri Li Yuan yoki Gaoszu (u kelib chiqishi jihatidan chala turk edi) mmperiyada hokimiyatni bosib olib, yangi dinastiyaga — Tan di-nastiyasiga asos soldi. Tan imperiyasi. Tan imperiyasi Xitoyda 300 yilga yaqin, ya’ni 618 yildan 907 yilgacha yashadi. Uning poytaxti Chan’an (ho-zirgi Sian) shahri edi. Bu juda katta shahar edi. VIII asrda Chan’an aholisi 1 milliondan ko‘p edi. Imperiyaiing ikkinchi poytaxti Loyan shahri bo‘lib, u ham juda katta savdo markazi edi. Bu dinastiyaning eыg kuchli imperatori Li Yuanning vo-risi Li-Shi-min yoki Tayszun (626—649) edi. Bir necha urushlar natijasida Li-Shi-min imperiya chegaralarini ancha kengay-tirib oldi. Imperatorga qaram, vassal yerlarni qo‘shib hisob-laganda, Xitoyning territoriyasi Shimolda Amur va Xinganga-cha, janubda Hindiston va Siyomgacha, sharqda Koreyagacha (Tayszun Koreyani ham bosib olishga uringan edi), g‘arbda Urta Osiyoning sharqiy chegaralarigacha borardi. Li-Shi-min za-monidagi bu juda katta imperiya imperatorning markazdagi va joylardagi juda ko‘p aMaldorlari tomonidan idora qilina-digan murakkab bir byurokratik monarxiya tusini oldi. Li-Shi-mip davrida amaldorlar uchun maxsus uyvonlar jo-riy qilipdi. Amaldorlarning hammasi to‘qqiz darajaga bo‘-lindi, har bir darajaga ma’lum hajmda pomestelar belgi-landi, bu pomestelar maosh o‘rniga berilar edi. Markaziy idora oltita mahkama palatasidan yoki ministrlikdan (amal-lar ministrligi, soliq ministirligi, harbiy ministrlik, ji-noiy ishlarni ko‘radigan sud ministrligi, jamoat ishlari ministrligi, marosim ishlari ministrligidan) iborat bo‘lib, uzil-kesil rasmiylashdi. Joylarga ayrim katta-katta oblast-lar tepasida turuvchi gubernatorlar tayinlandi. Oblastlar okruglarga, okruglar — uezdlarga, uezdlar — bo‘lislarga, bo‘lis-lar — qishloqlarga bo‘lingan edi, Boshqaruvning eng quyi zve-nosi hamma bir-biriga kafil bo‘lgan besh xonadon birlashmasi-dan iborat edi. Tan dinastiyasi davrida davlat feodal chek yer sistemasi uzil-kesil qaror topdi. Hukumat tomonidan yerga egalik qilish huquqlari tekshi-rishdan o‘tkazildi, shu bilan birga davlatga qarashli'erlar fondi ancha oshirildi, bu yerlarga davlat dehqonlari ekin zkar edi, ularga ko‘pdan-ko‘p soliqlar solinar va majburiyat-lar yuklanar edi. Uziga berilgan chek yer uchun dehqonlar don tarzida soliq to‘lashi va buyumlari tarzida soliq to‘lashi va bundan tashqari, yiliga 20—50 kun davlat foydasiga og‘ir barshchina ado etishi kerak edi. Yerlarning ancha ko‘p qismi se-kin-asta yirik amaldor zodagonlar qo‘liga o‘tdi: ayrim eng katta amaldorlar qo‘lidagi yer bir dehqon oilasi qo‘lidagi yer-dan ko‘p baravar ortiq bo‘lar edi. VIII aerning 20- va 30-yil-larida Tan imperiyasi qonunlarining yagona majmuasi tuzildi, u ijtimoiy hayot va davlat hayotining xilma-xil tomonlarini o‘z ichiga.olgan oltita alohida kodeksdan iborat edi.) Download 167.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling