I bob. Ilk o`rta asrlarda Xitoyning siyosiy tarqoqligi va ilim fan rivojlanishi


-§. Ilk o`rta asrlarda Xitoyning ilim fan rivojlanishi


Download 167.3 Kb.
bet8/16
Sana02.05.2023
Hajmi167.3 Kb.
#1421078
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
Ilik O`rta Asrlarda Xitoy ilim fan, madaniyati

1.2-§. Ilk o`rta asrlarda Xitoyning ilim fan rivojlanishi
VI—XI asrlardagy Xitoy madaniyati juda yuksak bir ma-daniyat edi. Xitoyning ishlab chiqaruvchi kuchlari yuksak taraq-qiy qilgan edi. Xitoyda sug‘oriladigan dehqonchilik, qisman poliz dehqonchiligi bor edi. Xitoy qishloq xo‘jaligida o‘sha vaqtda ham asosan iyuli, paxta, choy, ipak yetishtirilar edi. Ko‘p miqdorda temir, m'Ys, oltyn, kumush qazib chiqarilardi. Xitoyda hunarmandlik Tan dinastiyasi vaqtidayoq juda rivoj topgan. edi. Xitoy chet mamlakatlarga, asosan choy va xom ipak bilan birga xitoy chinnisi, xitoy shoyisi va ip gazlamalar, temir va misdan qilingan har turli buyumlar chiqarar edi. Xitoyda XI asrda 2 mingdan ortiq shahar bor edi. Bu shahar-lardan ba’zilarida, masalan, Chan’an, Loyan, Kanton va Xanchjou singari shaharlarning har birida bir million atro-fida aholi yashar edi.
Xitoylarda ilm-fan yuksak rivoj topdi. Xitoylarda eng qa-dim zamonlardayoq yozuv (ieroglif yozuv) bor edi. Yozuv qog‘o-zini birinchi bo‘lib xitoylar kashf etdi. Kitob bosishni ham birinchi bo‘lib ular chiqardi, ularning dastlabki kitob bosish usuli, albatta, juda sodda edi. Ular kitob bo‘ladigan tekstni yog‘och taxtalarga o‘yib, undan qog‘ozga bosib tushirishar edi. Xi­toyda VIII asrning boshlarida «Poytaxt axboroti» nomli ras-miy hukumat gazetasi vujudga keldi, bu gazeta XX asrning boshlarigacha chiqib keldi.
Xitoylar matematika, astronomiya, geografiya, tarixni o‘r-ganardi. Kompasni va poroxni xitoylar ixtiro qildi (IX—X asrlar). VIII asrda Xitoyda Xanlin fanlar Akademiyasi tash-kil qilindi, bu Akademiya davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan dunyo-dagi eng qadimgi ilmiy muassasa edi. Urta asrlar Xitoyi o‘z yilnomalari bilan dong chiqardi. Sun imperiyasining bir o‘zi-dan 500 tomdan ortiq yilnoma qolgandir. Xitoyda yuz minglab qo‘l yozmalar saqlanadigan katta-katta kutubxonalar bor edi. Bir nechta shaharlarda oliy maktablar bo‘lib, bu maktablarda davlat amaldorlari yetishtirib chiqarilardi. Amaldorlik la-vozimini egallashga yo‘l ochib beradigan ilmiy unvon olmoqchi bo‘lgan kishi davlatni idora qilish ilmidan tashqari, yana falsafani (asosan konfutsichilik falsafasini) va adabiyotni ham bilishi va shulardan imtihon berishi lozim edi. Rasman har bir kimsa imtihon berishi mumkin bo‘lsa-da, lekin haqi-qatda amaldorlik lavozimini, ko‘pincha hech narsani bilmas-ligiga qaramay, hukmron sinf vakillarigina olar edi. Xitoy­da har xil xalqlar bo‘lganligi, shuningdek, Osiyodagi boshqa mamlakatlar bilan savdo aloqalari qilib turganligi uchun Xitoyda-o‘rta asrlardayoq filologiya: lug‘at tuzish, grammatika va sintaksis formalarini taqqoslab o‘rganish va shu kabilar taraqqiy etgan edi.

Download 167.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling