I bob. Ilk o`rta asrlarda Xitoyning siyosiy tarqoqligi va ilim fan rivojlanishi


Download 167.3 Kb.
bet6/16
Sana02.05.2023
Hajmi167.3 Kb.
#1421078
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Ilik O`rta Asrlarda Xitoy ilim fan, madaniyati

Sun imperiyasi. Sun imperiyasi Tan imperiyasiga qaraganda kuchsizroq bo‘ldi. Sun dinastiyasi vaqtida Xitoyning o‘zi ham to‘la birlashtirilmadi. Tan imperiyasiga kirgan bir qancha ter-ritoriyalar Sun imperatorlarining hokimiyatini tan olmadi-lar va o‘zlariga mustaqil davlatlar tuzdilar. Turk, mo‘g‘ul qabilalari va g‘arbdagi boshqa ko‘chmanchi qabilalar ham impe-riyaga itoat qilmadilar;' imperiya chegaralariga borgan sari kuchliroq xavf solib turdilar. Sun imperatorlari uyg‘urlarga, tangutlarga, kidanlarga, Annamga qarshi urushlar qildi. Biroq bu urushlar natijasida Sunlar bu mamlakatlarni Xitoyga itoat qildirishga muvaffaq bo‘la olmadilar. Shunga qaramay, Sun dinastiyasi davrida Xitoyning xalqaro aloqalari yana mustahkamlandi. Urta Osiyo, Hindiston va Hindi-Xitoy bil an­gina emae, balki Koreya, Yaponiya va Indoneziya bilan ham keng miqyosda tashqy savdo olib borildi. Sun boshqaruvi davrida Xitoyda ichki savdo ham kengaydi, mamlakatda pul muomala-larining rivojlanganligi bundan dalolat beradi. Mis pul-lardan tashqari temir pullar earb qilindi. Qog‘oz pullar ham sunlar davrida ishlatila boshladi.
XI asrda Sun imperiyasidagi sinfiy munosabatlarda xud-di Tan imperiyasining so‘nggi imperatorlari davridagiga o‘x-shash chuqur antagonizm vujudga keldi. Xuan Chao qo‘zg‘olonidan keyin birmuncha ko‘payib qolgan «xo‘jayin xonadonlar» deb ataladigan mustaqil dehqonlar soni vaqtlar o‘tishi bilan yana kamayib bordi. Ularning yerlariii amaldorlar, qisman tobora mustahkamlanib borayotgan qo‘shni pomeshchik-yer egalari bosib olardi. Qarzga botgan dehqonlar sudxo‘rlarga, ulardan olgan qarzlari yuzasidan protsent tarzida juda katta pul to‘lashga majbur edilar. Xitoy qishlog‘ida mustahkam in qo‘yib olgan shahar savdogarlari, yerli pomeshchiklar, hukumat amaldorlari-ning o‘zlari sudxo‘rlik bilan shug‘ullanar edilar. Hukumat amaldorlari o‘z hukmdorliklaridan foydalanib, ayniqsa deh-qonlarni juda og‘ir sudxo‘rlik shartlari bilan ulardan qarz olishga majbur qilar edilar. Birovlarning yerlarida o‘tirib tirikchilik qilayotgan dehqonlarning ahvoli yanada og‘ir edi. Qishloqlarda och-yalang‘ochlik hukm surar edi.2 Ocharchilik, epi-demiyalar, butun bir qishloq, bo‘lislarda aholining qirilib ketishi tez-tez takrorlanib turadigan voqea bo‘lib qoldi. Deh­qonlar harakati yana umumxitoy miqyosidagi katta dehqonlar urushiga aylanib ketish xavfini sola boshladi. Hukumat yangi-dan dehqonlar urushi chiqishining oldini olishga va izdan chiq-qan davlat moliyasini yana joyiga keltirishga harakat qildi, hukumatning bu harakati Sun dinastiyasining bir ministri Van An-shi tomonidan o‘tkazilgan anchagina radikal reforma-larda aks etdi.


2 Sagdullayev A. Qadimgi dunyo tarixi. – Toshkent: Sharq, 2008.



Download 167.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling