I bob. Ilk o`rta asrlarda Xitoyning siyosiy tarqoqligi va ilim fan rivojlanishi
Ishning nazariy va amaliy asoslari
Download 167.3 Kb.
|
Ilik O`rta Asrlarda Xitoy ilim fan, madaniyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining tuzulishi.
Ishning nazariy va amaliy asoslari. Tadqiqotning uslubiy asoslarini xolislik, tizimlilik, nazariy-deduktiv xulosa chiqarish, analiz va sintez, tarixiylik va mantiqiylik, qiyosiy tahlil kabi ilmiy-falsafiy tamoyillar tashkil etadi.
Ishning nazariy va amaliy ahamiyati. Tadqiqotning nazariy ahamiyati shundaki, uning xulosalaridan ijtimoiy-falsafiy tafakkurni kengaytirishda, mustaqil fikrni shakllantirishda, falsafa tarixiga bo‘lgan ijobiy munosabatni shakllantirishda foydalanish mumkin. Tadqiqotning amaliy ahamiyati esa, hozirgi kunda turli ta’limotlarni o‘rganib, atroflicha tahlil qilib, zamonamiz talabiga binoan to‘g‘ri xulosa chiqarish va ulardan yoshlarimizni ilmiy-ma’naviy dunyoqarashlarini kengaytirishda, barkamol inson qilib yetishtirishda foydalanishda namoyon bo‘ladi. Kurs ishining tuzulishi. Ish kirish, ikki bob, to‘rt band, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo‘lib, umumiy hajmi 33 betni tashkil qiladi. I BOB. Ilk o`rta asrlarda Xitoyning siyosiy tarqoqligi va ilim fan rivojlanishi. 1.1-§. Ilk o`rta asrlarda Xitoyning siyosiy tarqoqligi Xitoyning siyosiy tarqoqligi. Xitoyning ilk o`rta asrlardagi tarixi G‘arbiy Yevropaniki singari varvar-lar hujumi bilan bog‘langan edi. Xitoyda shimolda va g‘arbda yashagan ko‘chmanchi ilk mo‘ng‘ul va ilk turk qabilalari mamla-katning juda ichkarisiga kirib bordi. Shimoliy Xitoyga ayniqsa ko‘p hujum qilindi. Bu hujumlar Xitoyning xo‘jaligi- ta juda katta zarar yetkazdi. Ko‘pdan-ko‘p sug‘orish inshootlar1g vayron bo‘ldi, butun boshli qishloqlar tayaanib, yer bilan yakson qilindi, shaharlar huvillab qoldi. Varvarlarning hujumy natijasida Xitoy juda ko‘p mayda-mayda davlatlarga bo‘linib, siyosiy jihatdan tarqoq bir mamlakatga aylanib qoldi; bu davlatlarning ba’zilarining tepasida drujinalari bilan bnrga varvarlarning boshliqlari va ba’zilarining tepasida esa (janubda) mahalliy1 xitoy zodagonlari turdi. Bularning ichida eng kattasi Shimoliy Vey davlati bo‘lib, uning poytaxti Loyan shahri edi. Bu davlat 386 yildan 584 yilgacha yashadi. 420—589 yillar o‘rtasidagi davr Xitoy tarixiga «shimoliy va janubiy dinastiyalar davri» bo‘lib kirdi. V—VI asrlarda Xitoy boshidan kechirgan siyosiy tarqoqlikni shu nomdan ham bi-lib olish mumkin. Varvarlar hujumi Xitoyda quldorlikni batamom yo‘q qila olmagan bo‘lsa-da, lekin unga qattiqqina zarba berdi. Xitoyda o‘troqlashgan varvarlar orasida ham, xi-toylar orasida ham erkin dehqonlar soni ko‘paydi. Mana shu shaxsan erkin dehqonlar negizida Xitoyda davlat feodal yer egaligining o‘ziga xos formaei rivojlanib bordi. Jumladan, Shimoliy Veylar davlatida o‘rta asrlar Xitoyi uchun xarak- ' terli bo‘lgan davlat chek yer sistemasi tarkib topa boshladi; bu sistemaga ko‘ra davlat boshlig‘i eng olyy darajadagi yer egasi bo‘lar zdi; haqiqatda esa yerlar cheklarga bo‘linib, dehqonlarga ularning oila a’zolaridagi mehnatga layoqatli kishilar so-niga qarab taqsimlanar, chek yer olish uchun esa dehqon ko‘proq natura bilan (don, chorva mollari, hunarmapdchilik buyumlari va hokazolar bilan) soliq to‘lashi kerak edi. 1 O‘zbekiston Respublikasi Ensiklopediyasi. – Toshkent: Sharq, 2000-2004. – B. 127-132. Markazlashti-rilgan davlat rentasi, shunday qilib, hukmron sipfni asrash-ning asosiy manbai bo‘lib qoldi. Shu bilan birga xuddi shu davrda Xitoyda ,xususiy pomestelarni (chjuan’yuan) ham ahyon-ahyonda uchratiщ mumkin edi, bu pomestelar ayni feodal-krepostniklik xarakteriga ega edi. V—VI asr manbalarida «kuch-li xonadonlgr», ya’ni eng badavlat va zodagon oilalar tilga olinadi, ular jamoaning oddiy a’zolaridan yuqori darajaga ko‘tarilib, o‘zining kambag‘allashgan urug‘-aymoqlarini qaram dehqonlardek ekspluatatsiya qiluvchi katta yer egalariga aylanib borgaplar. Xitoyda urug‘chilik munosabatlarining qoldiq-lari uzoq vaqtgacha saqlanib keldi. Hali H va XI asrlarda ham krepostnoy ds’hqonlar o‘zlarini rasmiy ravishda o‘z xo‘jayin-lari — pomsshchiklarning «bolalari va ulardan kichik qarin-doshlari» dsb atar edilar. Xitoyda feodal yer egaligining ili turi budda mopastir yer egaligi bo‘lib, yerga egalik qilishning bu turi bu srda V—VI asrlardayoq ancha keng tarqalgan edi. Download 167.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling