I bob. Inson huquqlarining himoyalash omillari
O’zbekistonda inson huquqlari va erkinliklari bo`yicha tashkilotlar faoliyati
Download 398.58 Kb.
|
bmi hayotxon 12.06
2.3 O’zbekistonda inson huquqlari va erkinliklari bo`yicha tashkilotlar faoliyati
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 2-chaqiriq Oliy Majlis VIII sessiyasidagi nutqida davlatning barqarorligida tartib, qonunchilik va uyg’unlikni ta’minlash katta ahamiyatga ega ekanligini alohida ta’kidlagan edi. Bu borada esa davlat organlari va huquqni muhofaza qilush organlari bilan birga inson huquqlarini himoya qiluvchi demokratik institutlarning ham o’ziga xos o’rni bor. Ma’lumki, BMT ning inson huquqlariga bag’ishlangan ikkinchi umumjahon anjumanining tavsiyalariga ko’ra, jahondagi barcha davlatlarga inson huquqlari boyicha demokratik institutlar tizimini yaratish tavsiya etildi. Keyingi yillarda jahondagi ko`plab ilg`or mamlakatlar kabi mamlakatimizda ham inson huquqlari masalalari bilan shug`ullanuvchi milliy institutlar tashkil topdi. Turli mamlakatlarda inson huquqlari boyicha milliy institutlarning nomlanishi, huquqiy tizimlarda faoliyat yuritishi xilma-xilligini hisobga olib, mazkur institutlarning quyidagi asosiy modellarini ajratib ko’rsatish mumkin: • inson huquqlari boyicha komissiya (Gretsiya, Hindiston, Indoneziya, Qozog'iston, Koreya Respublikasi, Meksika, Mongoliya Tailand, Kamerun, Nigeriya, Uganda, JAR va boshqalar); • inson huquqlari boyicha maslahat komissiyasi (kengoshi) (Fransiya, Marokash, Rossiya, Lyuksemburg va boshqalar); • kamsitishlarga qarshi kurash komissiyasi (Avstraliya, Yangi Zelandiya, Kanada); • inson huquqlari boyicha institut (markaz) (Germaniya, Daniya, Norvegiya, Iordaniya, O’zbekiston); • ombudsman, inson huquqlari boyicha vakil, xalq himoyachisi, mediator, parlament kamissari, parlament advakati singari nomlar (Avstriya, Argentina, Ozarbayjon, Belgiya, Gruziya, Ispaniya, Polsha, Moldova, Peru, Sloveniya, Ukraina, O’zbekiston, Shvetsiya va boshqalar) bilan ham yuritiladi. Inson huquqlari bo`yicha Oliy Majlis Vakili (Ombudsman), Inson huquqlari Milliy Markazi va O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi amaldagi qonun hujjatlari Monitoringi instituti shular jumlasidandir. Ularni barchasining vazifasi inson huquq va erkinliklarini himoyalashga qaratilgan. Bu institutlarning tashkil topishida Prezident I.A.Karimovning xizmatlari kattadir. O’zbekiston Respublikasi Ombudsman, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik markazi, Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti kabi inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar va boshqa bir qator tashkilotlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Yuqorida ko’rsatib o’tilgan institutlar inson huquqlari boyicha xalqaro andozalar va ilg’or horijiy tajriba asosida tashkil etilgan bo’lib, doimiy ravishda takomillashtirib borilmoqda.shunday ekan ularning huquqiy maqomi va faoliyatiga to’xtalish maqsadga muvofiq bo’lsa kerak. Inson huquqlari bo`yicha milliy institutlar faoliyatining eng muhim tomonlaridan yana biri, institut eshiklarining murojaat qilayotgan har bir uchun doimo ochiq bo`lishidir. Bunday institutlar xalqqa davlat idoralaridan ham yaqinroq bo`lishi, odamlarning imkoniyatlari, arizalarini sinchiklab o`rganishi va eng muhimi ularga yordam berishi lozim. Avvalo, O`zbekiston Respublikasidagi barcha inson huquqlarini himoya qiluvchi milliy institularning maqsadlari - bu qonunchilikni asosan inson huquqlari bo`yicha rivojlantirish va takomillashtirish, uni umuminsoniy hamda xalqaro me'yorlarga yaqinlashtirishdan iboratdir. I.A.Karimovning birinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 23-fevralda bo’lgan birinchi majlisida qilgan ma'ruzasida, Oliy Majlis tarkibida inson huquqlari masalasi bilan shug’ullanuvchi (hozirgi kunda amaliy faoliyat olib borayotgan) institut tashkil etishning zarurligi va ahamiyatini xalq deputatlari e'tiboriga havola qilgan edi: “Parlamentimiz Oliy Majlisning inson huquqlari va erkinligini himoya qilish, uni amalga oshirish, unga kafolat berish borasidagi ta'siri hususida so’z yuritar ekanmiz, qator demokratik mamlakatlar tajribasidan kelib chiqib, Oliy Majlis tarkibida inson huquqlari masalasi bilan shug’ullanuvchi vakillik tashkil etilsa, maqsadga muvofiq bo’lar edi, deb oylayman.10 Bu oliy qonunchilik organimiz maqomiga mos keladi, muhimi, u jamiyatimizda inson huquqlari muammosini hal etishni sifatini yangi jihatdan darajaga ko’tarishga xizmat qiladi”1 . Parlament huzuridagi Inson huquqlari boyicha vakil instituti O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan Oliy Majlisning birinchi sessiyasida tashkil etildi. Uning inson huquqlari borasidagi vazifalarni namunali amalga oshirishiga ko’maklashish uchun, 1995-yil 6-mayda, Oliy Majlis qaroriga binoan Fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi komissiyasi tashkil etildi. Vakil va Komissiya faoliyati mamlakat parlamentining 1995- yil 29- avgustdagi qarori bilan tasdiqlangan Oliy Majlisning Inson huquqlari boyicha vakili to’g’risidagi nizom bilan tartibga solinadigan bo’ldi. Inson huquqlari boyicha vakil (ombudsman) haqidagi qonun loyihasi umum xalq muhokamasi uchun «Xalq so’zi» va «Narodnoe slovo» gazetalarida 1997-yil 14-fevralda e’lon qilindi. 1997-yil 24-aprelida esa O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi sakkizinchi sessiyada «Oliy Majlisning Inson huquqlari boyicha vakili (ombudsman) to’g’risida»gi qonun qabul qildi. O’zbekistonda parlament islohotlari o’tkazilib, bir palatali parlamentdan ikki palatali parlamentga o’tilgach, ushbu qonun 2004-yil 27-avgustda yangi tahriri qabul qilindi. Bu yangi qonun 22 moddadan iborat1, yangi tahrirdagi qonunning har bir qoidasi inson huquqlari himoyasi uchun xizmat qiladi. Qonunda Inson huquqlari boyicha vakilning huquqiy holati, faoliyat sohasi va prinsiplari, shuningdek lavozimga saylanish va ishdan bo’shatilish tartibi, fuqarolarning shikoyat va arizalarini ko’rib chiqishdagi vakolatlari hamda fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini himoyalashdagi huquqlari va majburiyatlari belgilab berildi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boyicha vakili (ombudsman)2 faoliyat olib borishda uning faoliyatini tartibga soluvchi qonungagina emas, balki boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga ham asoslanadi. Bunday hujjatlar qatoriga Ombudsman Kotibiyati faoliyati to’g’risidagi nizom, Inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi boyicha Vakil huzuridagi komissiya reglamenti kabilar kiradi, ularda Vakil faoliyatining barcha yo’nalishlarini batafsil belgilab berilgan. Vakil o’z vazifalarini bajarishda, shuningdek «Fuqarolarning murojaatlari to’g’risida»gi, «Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi qonunlari, mamlakatimiz boshqa qonun hujjatlari hamda inson huquqlari boyicha xalqaro konvensiyalarga amal qiladi3. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boyicha vakilini saylash tartibi O’zbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustdagi “O’z bekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasi Reglamenti to’g’risida”gi qonunining 23-moddasida hamda «O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to’g’risida» gi qonunning 19-moddasida belgilangan1. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boyicha vakilining nomzodi Qonunchilik palatasida ko’rib chiqish uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan kiritiladi. Qonunchilik palatasining O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boyicha vakilini saylash masalasi yuzasidan qarori Senatga yuboriladi. Ana shu qaror kelib tushganidan keyin Senat o’z majlisida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boyicha vakilini saylash haqidagi masalani ko’rib chiqadi, uning mazkur masala hususidagi qarori qonunchilik palatasiga yuboriladi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boyicha vakili nomzodi O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining majlislarida ko’rib chiqilganidan keyin ushbu masala yuzasidan qabul qilingan uzil-kesil qaror qonunda belgilangan tartibda O’zbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboriladi. Parlament huzuridagi Inson huquqlari boyicha vakil (ombudsman) instituti Respublika Prezidenti tashabbusi bilan Oliy Majlisning birinchi sessiyasida tashkil etildi. Milliy institutlar o`zlarining mustahkam ishlangan huquqiy asoslariga ega bo`lishlari kerak. Yuridik me'yor va ularning nizomlarida inson huquqlari bo`yicha milliy institutlarning faoliyatiga tegishli huquq va burchlar aniq belgilab qo`yilgan bo`lishi kerak. Jahon tajribasi shuni ko`rsatadiki, ular jismoniy va yuridik shaxslarning arizalarini qabul qilish va shu arizalar asosida tushuntirish ishlarini olib borish huquqlaridan foydalanadilar. Bu qabul qilingan qonunda Inson huquqlari boyicha vakilning huquqiy holati, faoliyat sohasi va prinsplari, shuningdek lavozimga saylanish va ishdan bo’shatilish tartibi, fuqarolarning shikoyat va arizalarini ko’rib chiqishdagi vakolatlari hamda fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini himoyalashdagi huquqlari va majburiyatlari belgilab berildi. Oliy Majlisning inson huquqlari bo`yicha vakili (Ombudsman)ning faoliyati quyidagi to`rt asosiy yo`nalishdan iborat: Birinchidan, Vakil zimmasiga tarbiyaviy va ma'rifiy funksiyalar yuklatilgan: u inson huquqlari bo`yicha boshqa milliy tizimlar qatori inson huquqlarini himoya qilish va ularga rioya etish zaruriyatini yalpi tan oldirish va tushuntirishga keng ko`lamda ko`maklashadi, jamiyatga O`zbekiston qonunlari va xalqaro huquq normalarida mustahkamlab qo`yilgan inson huquqlari kafolatlari va burchlari haqida atroflicha axborot beradi; Ikkinchidan, Vakil fuqarolar huquqlarining beg`araz va insonparvar himoyachisidir: u inson huquqlari buzilganligi to`g`risidagi shikoyatlarni ko`rib chiqadi va tekshiradi, ayrim tashkilotlar va mansabdor shaxslar yo`l qo`ygan xatoliklarni tutatish yuzasidan tadbirlar tavsiya qiladi, fuqarolar huquqlari tiklanishiga yordamlashib, inson huquqlarining jiddiy buzilishiga sababchi shaxslarni qonunga binoan javobgarlikka tortish to`g`risida tavsiya qilishga ham haqlidir. Uchinchidan, Vakil faoliyati chuqur analitik ish bilan bog`liq: u mamlakatda inson huquqlariga qanday rioya qilinayotganini o`rganishi va tahlil etishi, inson huquqlari buzilishini keltirib chiqaruvchi omillarni aniqlashi, O`zbekiston huquq normalarining shu sohadagi xalqaro shartnomalariga qanchalar muvofiqligini tekshrishi, inson huquqlariga amal qilishni ta'minlaydigan dasturlar ishlab chiqishi va boshqa tashkilotlar tayyorlagan analitik dasturlarning hayotga tadbiq etilishida ishtirok etishi lozim. Vakil faoliyatining to`rtinchi yo`nalishi inson huquqlari sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, inson huquqlarini ta'minlash borasida mavjud chet el tajribasini o`rganish va shu bilan birga, jahon jamoatchiligini respublikamizdagi inson huquqlarini ta'minlash va himoyalash ahvolidan xabardor qilib turishdir. Shunday qilib, Vakil faoliyatining aytib o’tilgan to’rt asosiy yo’nalishi O’zbekistonda inson huquqlari umumiy holatining yaxshilanishiga, inson va uning huquqlari jamoatchilik tomonidan hurmat qilinishiga hissa qo’shadi, zero mamlakatning muvaffaqiyatli demokratik taraqqiyotiga, siyosat, iqtisod, ekologiya va madaniyat sohasidagi ravnaqiga jahon sivilizatsiyasi tomonidan tan olingan inson huquqlari tantanasisiz erishib bo’lmaydi. Jamiyatgda inson huquqlariga rioya qilish va ularni himoyalash muammosi qanchalik samarali hal etilsa, demokratiyaga va fuqarolik jamiyati shakllanishiga shunchalik yaqinlashildi. “Biz uchun, — deb yozadi Prezident Islom Karimov, — fuqarolik jamiyati — ijtimoiy makon. Bu makonda qonun ustuvor bo’lib, u insonning o’z-o’zini kamol toptirishiga monelik qilmaydi, aksincha, yordam beradi. Shaxs manfaatlari, uning huquq va erkinliklari to’la darajada royobga chiqishiga ko’maklashadi. Ayni vaqtda boshqa odamlarning huquq va erkinliklari kamsitilishiga yo’l qoyilmaydi. Ya'ni erkinlik va qonunga boysunish bir vaqtning o’zida amal qiladi, bir-birini to’ldiradi va bir-birini taqozo etadi. Boshqacha aytganda, davlatning qonunlari inson va fuqaro huquqlarini kamsitmasligi lozim. Shuning barobarida barcha odamlar qonunlarga so’zsiz rioya qilishlari shart”11. Oliy Majlisning Inson huquqlari boyicha vakili (ombudsman) o’z faoliyati davomida jamiyat va fuqarolar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning ana shu asosiy prinsiplarini taraqqiy ettirish, ularning hayotga tatbiq etilishi uchun xizmat qiladi. Ombudsman har yili o’zining faoliyati boyicha yillik hisobotini e'lon qiladi. Ushbu hisobotda uning o’z faoliyati yo’nalishlarida olib borgan ishlari to’g’risida batafsil ma'lumotlar beriladi. Fuqarolarning shikoyatlari bilan ishlash ombudsman institutining asosiy faoliyat turi hisoblanadi. Fuqarolarning turli davlat organlariga murojaat qilishga bo’lgan konstitutsiyaviy huquqlaridan foydalangan holda Ombudsmanga yo’llayotgan shikoyatlari yildan-yilga ko’payib bormoqda. 2009yilda, masalan, Inson huquqlari boyicha vakiliga 10409 ta murojaat kelib tushdi, shundan Ombudsmanning bosh ofisiga 7394 ta, mintaqaviy vakillarga 1294ta shikoyat va arizalar kelib tushgan1. Inson huquqlariga oid qonun hujjatlarini buzish hollarini aniqlash va fuqarolar murojaatlarini xal qilish maqsadida Inson huquqlari boyicha vakil O’zbekiston Respublikasining vakolatli davlat organlari, jamoat tashkilotlari va fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari bilan faol hamkorlik olib bormoqda. Vakil qonunga muvofiq, mansabdor shaxs yoki tashkilotdan fuqarolarning murojaatini ko’rib chiqish yuzasidan kerakli axborotlarni so’rab olish huquqiga ega. 2009yilda, masalan Ombudsman tomonidan davlat organlariga 204 ta so’rov jo’natilib, kerakli hujjatlarni taqdim qilish, so’ralganidan tashqari inson huquqlari buzilgan holatlarda huquq buzilishini bartaraf etishga doir takliflar ham bildirildi. O’zbekiston Respublikasida Inson huquqlari boyicha hozirgi kunda faol ish olib borayotgan milliy institutlardan biri bu - Inson huquqlari boyicha O’zbekiston Respublikasi Milliy markazidir. Davlat idoralararo tahlil, tushuntirish va muvofiqlashtirish organi bo’lmish Inson huquqlari boyicha O’zbekiston Respublikasi Milliy markazi inson huquqlari sohasida davlat boshqaruv organlari faoliyatini muvofiqlashtirib bordi, inson huquqlari sohasidagi ishlar milliy rejasini ishlab chiqadi, O’zbekistonda inson huquqlari himoyasi boyicha milliy ma'ruzalar tayyorlaydi, davlat xizmatchilari uchun esa inson huquqlari muhofazasi sohasida axborot bazasini yaratadi, ularni o’qitadi, maslahatlar beradi va tashviqot ishlarini olib boradi. Markazning asosiy maqsadi ustuvor vazifalarni har tomonlama hal etish yo’li bilan Inson huquqlari sohasidagi milliy faoliyat dasturini — huquq va erkinliklarni himoya etishning ko’p qirrali tizimini ishlab chiqish va hayotga tatbiq etish bilan bog’liq quyidagi vazifalarni amalga oshirishdan iborat: 1) inson huquqlari sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish; 2) huquqiy yordam ko’rsatish va inson huquqlarini sud yo’li bilan himoya qilish; 3) inson huquqlarini suddan tashqari himoya qilish tizimini yaratish; 4) quyidagilar: aholining ijtimoiy kam ta'minlangan qatlamlari, ekologik ofat mintaqalarida yashovchi aholi, dindorlar, turli din vakillari, ozodlikdan mahrum etilgan shahslar va harbiy hizmatchilar huquqini himoya qilish strategiyasini ishlab chiqish; 5) huquqni himoya etish boyicha nohukumat tashkilotlari faoliyatlarining samarali shakllarini rivojlantirish; 6) inson huquqlariga rioya qilish kafolati sifatida axborot olish erkinlgini ta'minlash; 7) inson huquqlari sohasidagi ta'limning ko’p maqsadli tizimini — alohida ixtisoslashgan kurslardan ommaviy ma'lumot berib tanishtirish yo’nag' lishidagi dasturlarigacha bo’lgan tizimni tashkil etish; 8) ijro hokimiyati doirasidagi vazirliklar, qo’mitalar, idoralar va muassasalarning inson huquqlari sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib borish; 9) xalqaro hamjamiyatga O’zbekiston Respublikasida inson huquqlari va erkinliklari tizimini rivojlantirish asosida kirish yo’llarini shakllantirish. Markaz faoliyat dasturining g’oyaviy asosi — Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida bayon etilgan huquqiy madaniyatni rivojlantirishning umumbashariy prinsiplaridir1. Markazning qo’shimcha tarkibiy bo’linmalari «Kichik ilmiy jamoa» shaklidagi aniq masalalarni hal qilish uchun tuzilgan muvaqqat ijodiy guruhlardan iborat. «Kichik ilmiy jamoa»ni yaratishning birinchi bosqichida Markaz: axborottahliliy ma'lumotlar bilan ta'minlovchi guruh (axborotni yig’ish va qayta ishlashning o’ziga hos dasturini ishlab chiqish); jamiyatdagi huquqiy islohotlarni ijtimoiy-iqtisodiy tahlil guruhi (inson huquqlarini rivojlantirishni iqtisodiy rag’batlantirish modelini yaratish); inson huquqlari sohasida ko’p maqsadli ta'lim tizimini tashkil etish guruhi (BMT Taraqqiyot Dasturi faoliyati doirasida) tashkil etadi. Markazning xalqaro hamkorlik imkoniyatlari. Xususan xalqaro aloqalar vositalari orqali ma'lumotlar almashish; hamkorlikda nashrlar-monografiyalar, o’quv qo’llanmalari, maqolalar to’plami tayyorlash va chop etish; seminar, konferensiya, simpoziumlar o’tkazish; teleko’rsatuvlar tayyorlash, o’quv va ilmiyommabop filmlar yaratish; tezkor kspeditsiyalar, joylarga borib mamlakatning turli yerlarida tadqiqotlar o’tkazish singari ishlar orqali namoyon bo’ladi. Markaz o’z faoliyatini amalga oshirishda BMT, EXHT, YuNISEF, YUNESKO kabi qator xalqaro tashkilotlar, AQSh, Fransiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Italiya kabi davlatlarning elchixonalari, qator xalqaro nohukumat tashkilotlar bilan hamkorlik qilmoqda. Bundan tashqari, Milliy markaz oliy o’quv yurtlarida inson huquqlari boyicha darslar va seminarlar o’tkazilishini ma'ruzalar o’qilishini amalga oshirmoqda1. Markaz vazifalaridan biri fuqarolarga maslahat yordamini ko’rsatish hisoblanadi. 2010- yili Markazga 1547 nafar fuqaro, ijtimoiy sohadagi huquqlari buzilganligi munosabati bilan sudlov va huquqni muqofaza qilish organlari xodimlarinnig qarorlari va harakatatlaridan noroziliklari to’g’risida, uy-joy kommunal masalalari va shu kabi boshqa masalalar boyicha murojaat qilishgan2. O’zbekiston qo’shilgan xalqaro hujjatlardagi normalarning bajarilishi to’g’risida Milliy ma'ruzalarni tayyorlash Markaz faoliyatida alohida o’rin tutadi. BMTning shartnomaviy organlariga o’tgan davr mobaynida inson huquqlari boyicha 6 ta asosiy hujjatlarning qoidalari bajarilishi yuzasidan 30 dan ortiq milliy ma'ruzalar taqdim etildi (milliy ma'ruzaning BMTning tegishli qo’mitasida ko’rib chiqilishiga uchun o’rtacha 2-3 yil vaqt ketadi) Markaz vakillari BMTning Inson huquqlari boyicha kengashi va shartnomaviy qo’mitalari majlislarida O’zbekiston ma'ruzalarining ko’rib chiqilish jarayonida bevosita ishtirok etishdi. Undan tashqari, Markaz BMT shartnomaviy organlari tavsiyalarining bajarilishini muvofiqlashtiradi ham. Masalan, ushbu qo’mitalarning tavsiyalarini bajarish maqsadida Milliy markaz tomonidan «Bola huquqlari kafolatlari to’g’risida»gi, «Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari to’g’risida»gi, «Teng huquqlar va imkoniyatlar to’g’risida»gi, «Bola huquqlari bo`yicha vakil (Bolalar ombudsmani) to’g’risida»gi, Halqaro mehnat tashkilotining bola huquqlariga oid konvensiyalarini ratifikatsiya qilish to’g' risidagi qonun loyihalari ishlab chiqilgan. Milliy markaz BMTning Inson huquqlari qo’mitasi tomonidan tavsiya qilingan muvaqqat choralarga davlat organlarining e'tibori amaliyotini o’rganib, shu asosda milliy qonunchilikka o’zgartishlar va qo’shimchalar kiritish to’g’risida qonun loyihasi tayyorladi1. Markaz tomonidan nashr qilinayotgan «Demokratlashtirish va inson huquqlari» jurnalining ishi davlatimiz raqbarining «O’zbekiston Respublikasida yuridik jurnallar tizimini yanada rivojlantirish boyicha chora-tadbirlar to’g’risida»gi 2005- yil 18-oktabrdagi qaroriga muvofiq yanada faollashganligini alohida qayd etib o’tish mumkin. Milliy markaz «Ijtimoiy fikr. Inson huquqlari» jurnaliga ham muassislik qilmoqda; huquqiy savodxonlikni oshirish maqsadida inson huquqlari masalalari boyicha 300 nomda kitoblar, darsliklar, qo’llanmalar, to’plamlar, uslubiy qo’llanmalar chop etdi, shu jumladan, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasini 500 ming nusxada nashr qildi, inson huquqlari boyicha 120 ta xalqaro shartnoma matnini o’z ichiga olgan 10 ta to’plam chiqardi2. O’zbekistondagi inson huquqlari boyicha milliy institutlar faoliyatining muhim yo’nalishlaridan biri inson huquqlari va erkinliklari masalalari boyicha huquqiy ma'rifiy ishlar bo’lib, ular: inson huquqlari boyicha tadbirlar tashkil etish va ularda ishtirok etish; sudlar, huquqni muhofaza qilish organlari hodimlari, nodavlat tashkilotlari vakillarini inson huquqlari boyicha o’qitish; inson huquqlari va erkinliklari masalalari boyicha bosma mahsulotlari chop etish; inson huquqlariga rioya qilishva himoya qilishning dolzarb masalalari boyicha OAVda chiqishlar qilish singari shakllarda amalga oshiriladi. Inson huquqlarini ta'minlash masalalarini hal etishga milliy institutlar ham faol jalb etilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning Inson huquqlari boyicha vakili (ombudsman) va Inson huquqlari boyicha milliy markazi bilan, masalan, inson huquqlariga rioya etishini monitoring qilishni amalga oshirish sohasida o’zaro hamkorlik qilib kelmoqda. Qayd etib o’tish lozimki, O’zbekistonda inson huquqlari boyicha milliy institutlarning shakllanishi mamlakatni isloh qilish va modernizatsiyalash jarayonlari doirasida, davlat va jamiyatning barcha sohalaridagi demokratik islohotlar sharoitida kechdi. Shu ma'noda, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Inson huquqlari umumjaqon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 60 yilligiga bag’ishlangan chora-tadbirlar dasturi to’g’risida»gi 2008- yil 1maydagi Farmoni O’zbekistonda inson huquqlari boyicha milliy institutlarning huquqiy nazarda mustahkamlash yo’lida yana bir muhim qadam bo’ldi. Farmonda inson huquqlarini himoya qilish tizimini tashkiliy-huquqiy jihatdan yanada takomillashtirish, shuningdek inson huquqlari boyicha milliy institutlarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, Inson huquqlari boyicha vakil (ombudsman), Inson huquqlari boyicha Milliy markaz va boshqa institutlar bo’linmalarining samarali ishlashi uchun zarur sharoitlarni yaratish boyicha kompleks chora-tadbirlarni qabul qilish ko’zda tutilgan bo’lib, 2008-yil 30-sentabrda Vazirlar Mahkamasi ushbu masalalar yechimiga qaratilgan mahsus qaror qabul qildi1. Farmon talablaridan kelib chiqib, inson huquqlari boyicha milliy institutlar Fuqarolik jamiyatini o’rganish instituti (hozirgi Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti) bilan birgalikda O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Bosh prokuraturasidagi inson huquqlarini himoya qilish boyicha bo’linmalar bilan hamkorlikdagi faoliyat samaradorligini yanada oshirish boyicha chora-tadbirlar belgilab oldilar va amalga oshiradilar. Inson huquqlari boyicha milliy institutlar faoliyatini qo’llab-quvvatlash to’g’risida qabul qilingan me'yoriy hujjatlar, qolaversa bu sohaga oid milliy hujjatlarni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish maqsadida milliy institutlarning qonunchilik va institutsional asoslarini takomillashtirish O’zbekistonning demokratik o’zgarishlarga sodiqligini yana bir karra namoyish qilmoqda. Mamlakatimiz inson huquqlari boyicha milliy institutlarning amaliy faoliyati quyidagilarni alohida qayd etishga imkon bermoqda: Birinchidan, bir necha milliy institutlarning tashkil etilganligi inson huquqlariga rioya etish va ularni himoya qilish sohasidagi imkoniyatlarni anchagina ko’paytirdi, chunki ular amaliy ishlari bilan huquqni qo’llash amaliyotida inson huquqlarini amalga oshirishga, davlat organlari faoliyatida qonun ustuvorligi prinsipining qaror topishiga, xalqaro huquq normalarini milliy qonunchilikka implementatsiya qilishga, inson huquqlari borasidagi madaniyatni rivojlantirishga faol ta'sir ko’rsatmoqda. Ikkinchidan, inson huquqlari boyicha milliy institutlar respublikada inson huquqlariga oid qonunchilikka rioya etishini tekshirishda faol hamkorlik qilmoqda, inson huquqlarini himoya qilish mexanizmlari masalalari muntazam ravishda seminarlar va konferensiyalar tashkil etmoqda. Uchinchidan, ushbu institutlar mamlakatda inson huquqlariga rioya etish masalalarini hal etishda, inson huquqlariga oid qonunchilikni takomillashtirishda o’z faoliyatlarini nodavlat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish asosiga qurmoqda, chunki xalqaro tajriba shuni roy-rost ko’rsatmoqdaki, plyuralistik fuqarolik jamiyati paydo bo’lmaguncha, huquqiy va adolatli davlat qurib bo’lmaydi. Zotan to’la huquqli fuqarogina davlat, uning organlari va mansabdor shaxslari uchun teng hamkor bo’lishi mumkin. To’rtinchidan, milliy institutlar inson huquqlari sohasidagi xalqaro huquqiy hujjatlarni amalga oshirish yuzasidan xalqaro nazorat jarayonida, xalqaro organlarga yakka tartibda (individual) murojaat qilishga bo’lgan huquqni amalga oshirishda muhim rol oynaydi, shuningdek O’zbekistonning BMTning Inson huquqlari boyicha kengashi va shartnomaviy organlari bilan hamkorlik qilishida ham katta ahamiyat kasb etadi1. Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki inson huquqlari boyicha institutlarning faoliyati respublikada inson huquqlari sohasida olib borilayotgan ishlarning tashkil etadi. Ularning faol ish olibborishi esa inson huquqlari va erkinliklari kafolatlarining muhim asosi hisoblanadi. Download 398.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling