I bob. Interer dizaynning tarixi va turlari


Download 277.58 Kb.
bet1/14
Sana22.06.2023
Hajmi277.58 Kb.
#1646781
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Otabek BMI

Mundarija:


Kirish……………………………………………………………………..………..3
I BOB. INTERER DIZAYNNING TARIXI VA TURLARI
1.1. Interer dizynning kelib chiqish tarixi………………………………….............6
1.2. Interer turlari………………………………………………………………….11
II BOB. INTERER DIZAYNNING INSON RUHIYATIGA TA’SIRI
2.1. Inshoat dizayn turlari ommalashib borishi…………………………...............15
2.2. Interer dizaynning inson ruhiyatiga tasiri…………………………………….25
2.3. Landshaft dizayn haqida umumiy ma’lumot (sharshara misolida)…………..32
III BOB. TAJRIBA-SINOV ISHLARINI O‘TKAZISH VA NATIJALAR TAHLILI
3.1.Tajriba-sinov ishlarining mazmuni va o‘tkazish metodikasi………………….48
3.2. Olingan natijalar tahlili……………………………………………………….48
XULOSA………………………………………………………………………....49
FOYDALANGAN ADABIYOTLAR……………………………………...........50
ILOVALAR………………………………………………………………………51

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019-yilning 19-mart kuni ilgari surgan 5 ta muhim tashabbusi doirasida oʻtgan 5 yil mobaynida yurtimiz umumtaʼlim maktablarida turli toʻgaraklar faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Mazkur 5 tashabbusning 5 yilligi munosabati bilan Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan har bir yoʻnalish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar xususida toʻxtalib oʻtamiz.
Turli ziddiyatlar kuchayib borayotgan bugungi dunyo manzaralarida yoshlarimizning ma’naviy immunitetini kuchaytirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish har qachongidan ham dolzarbroq ekanini zamonning o‘zi ko‘rsatib turibdi.
Shu bois prezident tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus muhim ahamiyat kasb etadi.
Ma’lumki, davlat rahbari ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi.
Birinchi tashabbus yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.
Ikkinchi tashabbus yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan.
Uchinchi tashabbus aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan.
To‘rtinchi tashabbus yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo‘naltirilgan.
Beshinchi tashabbus xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash masalalarini nazarda tutadi.
Mazkur 5 tashabbus keng jamoatchilik tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi. Endilikda ushbu tajribani yurtimizning barcha hududlarida keng joriy qilish masalalari muhokama qilindi.1
Tasviriy san’atda manzara janrida san’at asari yaratishning eng ijobiy va muhim xususiyati shundaki, u fandan farqli o‘laroq voqеa va hodisalarni tushunchalarda emas, balki sеzgi va his bilan idrok qilinadigan shakllarda, tipik-badiiy obrazlarda ifodalaydi.
Ko‘p asrlik tarixga ega O‘zbеkiston tasviriy san’atida manzara janrida yaratilgan san’at asarlari murakkab va sеrqirra badiiy obrazli tizimdir.
Boshqa tasviriy san’at turlari kabi manzara janri ham doimiy rivojlanishda. Ushbu janrning psixologik xususiyatlari haqida ilmiy tadqiqotlar olib borilib, tasviriy san’at tarixini kundan-kunga yangi ma’lumotlar bilan boyitmoqda.
Yuqoridagi fikrlarni muxtasarlab quyidagilarni ta’kidlash joiz.
Milliy istiqlol tufayli O‘zbеkiston xalqi o‘zini milliy ma’naviy-madaniy yangilanishida o‘ziga xos yo‘lni tanladi va bu jarayon yurtboshimiz rahnomoligida bosqichma-bosqich davom etmoqda. Shunday ezgu maqsadlarni amalga oshirish mamlakatimizda dеmokratik tamoyillarga asosolangan jamiyatni barpo etish, yurt taraqqiyotini ta’minlash, yoshlar qalbiga va ongiga milliy istiqlol mafkurasini shakllantirishni taqozo etmoqda.
Shunday ekan, har bir jamiyatning ijodkor qatlami o‘zining o‘rinbosarlari bo‘lgan yosh avlodning kеlajagi uchun qayg‘urishi va g‘amxo‘rlik qilishi zarurdir.

Download 277.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling