I bob. Iqtisodiy ijtimoiy praqnozlash masalalarining mohiyati


Iqtisodiy ijtimoiy prognoz modellarining turlari


Download 64.47 Kb.
bet2/6
Sana23.04.2023
Hajmi64.47 Kb.
#1390755
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Makroiqtisodiy prognozlashtirish modellari.

1.1 Iqtisodiy ijtimoiy prognoz modellarining turlari: Ijtimoiy va iqtisodiy modellar optimallashtirish mezonlari yoki kutilayotgan eng yaxshi natijaga qarab tasniflanishi mumkin. Vaqt omili xisobga olinganda modellar statistik (ya’ni, model chegarasi ma’lum bir vaqt bo‘lagi deb o‘rnatiladi va xarajatlar minimallashtiriladi) yoki dinamik (bunda model chegarasi bir necha vaqt kesmalari uchun o‘rnatilib, xarajatlar minimallashtiriladi, yoki yakuniy natija maksimallashtiriladi) bo‘lishi mumkin. Iqtisodiy modellarni quyidagicha turlarga ajratish qabul qilingan: omilli (omilli), tarkibiy (strukturaviy) va aralash, xalq xo‘jaligi rivojlanish ko‘rsatkichlarini yig‘ish darajasiga qarab makroiqtisodiy, tarmoqlararo, rayonlararo, tarmoqli, regional modellar bo‘lishi mumkin. Xalq xo‘jaligining rivojlanish jixatlariga qarab modellar asosiy fondlar, mexnat resurslari, moliya tizimi hamda narx shakllanishi kabi turlarga bo‘linishi mumkin. Omilli modellar u yoki bu iqtisodiy ko‘rsatkichli darajasi va dinamikasining unga ta’sir etuvchi ko‘rsatkichlar - sabablar darajasi va dinamikasiga bogliqligini tavsiflaydi. O‘zgaruvchan iqtisodiy modellar ekzogen (tashqi) va endogen (ichki) kabi turlarga ajratiladi. Masalan, omil bo‘lsa mexnat resurslarining borligi endogen omilidir. Omilli modellar turli o‘zgaruvchilarni va ularga mos keladigan parametrlarni o‘z tarkibiga oladi. Omilli modellarning eng oddiy ko‘rinishi – bu, bir omilli model bo‘lib, unda istalgan vaqtinchalik parametr omil xisoblanadi. Mazkur xolda biror ko‘rsatkich taxlili va prognoz vaqti xronologik katorga bogliq ravishda amalga oshiriladi va shu yo‘l bilan trendlar (qaysi bir dinamik qator o‘zgarishining umumiy tendensiyasini xarakterlovchi bogliqlik) aniqlanadi. Chiziqli va nochiziqli (nelineynoe) tipidagi ko‘p omilli modellar prognozlashtirilayotgan ko‘rsatkich dinamikasini va darajasiga ta’sir etuvchi bir necha omillarni bir vaqtning o‘zida xisobga olish imkonini beradi. Bunda modellarga makroiqtisodiy ishlab chiqarish funksiyalarini tavsiflovchi modellar, aholi daromadi va narxga bogliq ravishda ayrim iste’mol tavarlariga talabni tahlil etish modellari misol bo‘la oladi. Tarkibiy modellar ikkita - butun yoki agregatni taxlil etuvchi aloxida elementlar orasidagi aloqa va bogliqlikni tavsiflaydi. Bunday modellar tarkibiy balans tipidagi modellar bo‘lib, bunda biror qatorda uning elementlari orasidagi bogliqlik ko‘rib chiqiladi. Mahsulot xom-ashyo nomeklaturasiga qarab modellar bir natijali va ko‘p natijali kabi turlarga bo‘linadi. Birinchi guruxga tarmoqda ishlab chiqariladigan yoki shu tarmoqda is’temol qilinadigan boshqa resurs yoki xom-ashyo miqdoriga bitta chegara qo‘yilgan modellar kiradi. Ikkinchi guruxga xom-ashyo yoki boshqa resurs iste’moli uchun butun tarmoq bo‘yicha ishlab chiqariladigan mahsulot talabiga ikki yoki undan ko‘p cheklanishlar quyilgan modellar kiradi. Transport omilining ta’sir etish darajasiga ko‘ra, tarmoqli, optimal rejalashtirish modellari ikki turga bo‘linadi: ishlab chiqarish – transport modeli ( transport omili e’tiborga olinmaydi) va ishlab chiqarish –transport modeli (transport omili e’tiborga olinadi). Agregirlashgan darajasiga qarab iqtisodiy ot rivojlanishining ko‘rsatkichlarini makroiqtisodiy, tarmoqlararo, hududlararo, tarmoqli, hududiy modellarga bo‘linadi. Iqtisodiyotni rivojlantirish jihatlari bo‘yicha asosiy fondlami, mehnat resurslami takror ishlab chiqarish, moliya tizimi va narx shakllantirish hamda boshqa modellar ajratib turadi. Omilli modellar u yoki bu iqtisodiy ko‘rsatkichning darajasi va dinamikasi hamda unga ta’sir etuvchi iqtisodiy ko‘rsatkichlardalillarning darajasi va dinamikasiga bo‘lgan nisbatlarini izohlaydi. Ekonometrik modellarning o ‘zgaruvchan ko‘rsatkichlari ekzogen (tashqi) va endogen (ichki) modellarga bo‘linadi. Masalan, modeldagi ekzogen omillar korxona uchun yetkazib berishlarning jo ‘shqinligini, endogen omillar esa korxonada mehnat resurslarning mavjudligini ko‘rsatib berishi mumkin. Omilli modellar o ‘zgaruvchi ko‘rsatkichlaming turli miqdorini va ularga mos ravishda oichamlarini o ‘z tarkibiga olishi mumkin. Omilli modelning sodda turi bir omilli model hisoblanadi. Unda omil sifatida biron bir vaqt ko‘rsatkichi xizmat qiladi. Bu holatda u yoki bu ko‘rsatkichni tahlil va prognoz qilish vaqtning xronologik qatoriga nisbatan bog‘liqlikda amalga oshiriladi va shu y o ‘l bilan trendlar (u yoki bu dinamik qatori o ‘zgarishining umumiy tendensiyani tavsiflovchi bog‘liqlik) aniqlanadi. Chiziqli, nochiziqli turdagi ko‘p omilli modellar prognoz qilinayotgan ko‘rsatkichning darajasi va dinamikasiga bir vaqtning o ‘zida bir nechta omillaming ta’sir etishini hisobga olishga imkon beradi. Ushbu modellar jumlasiga makroiqtisodiy ishlab chiqarish funksiyalami tavsiflovchi modellar, aholi daromadlari, narx, to‘yinganIik darajasi, unumli iste’mol me’yorlari va h.k. ga qarab alohida iste’mol buyum uchun talabni tahlil qilish modellari kirishi mumkin. Tarkibiy modellar bir butun yoki agregatni shakllantiruvchi alohida unsurlar o ‘rtasidagi nisbatlarni, aloqalarni izohlab beradi. Ushbu modellar tarkibiy-balans turdagi modellar sirasiga kiradi, ya’ni unda u yoki bu agregatni tarkibiy qismlarga bo‘lish bilan bir vaqtda ushbu unsurlarning o ‘zaro aloqalari ko‘rib chiqiladi. Bunday modellar matritsali shaklga ega va tarmoqlararo hamda hududlararo aloqalarni tahlil qilish va prognozlash uchun qo‘llaniladi. Ular yordamida oqimlaming, o ‘zaro aloqalari, masalan, mahsulotni sohalararo yetkazib berish izohlanadi. Tarkibiy-balans modelining eng keng tarqalgan shakli ishlab chiqarishning tarmoqlararo balansi va mahsulotlarni taqsimlash hisoblanadi.Tarmoqlararo modellar majmuasi yiriklashgan dinamik va kengaytirilgan tabiiy-qiymatli modellami o ‘zi ichiga oladi. Tizimning hamjihatligi milliy daromad, uni taqsimlash tuzilmasi hamda moddiy ishlab chiqarish tarmoqlarining sarmoya qo‘yilmalarga bo‘lgan ehtiyojlarini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar va boshqalar kabi yiriklashgan dinamik modelining asosiy ko‘rsatkichlarning tabiiy-qiymatli tarmoqlararo balansini tuzish uchun qo‘llanilishi bilan ta’minlanadi. Zamonaviy dinamik tarmoqlararo modellar iqtisodiy rivojlanishning sur’atlari va nisbatlarini aniqlovchi uchta asosiy omillar guruhi bo‘yicha iqtisodiyotning rivojlanish istiqbolini bashoratlashga imkon beradi. Xususan ular quyidagilar: rejali davr boshiga yig'ilgan asosiy ishlab chiqarish fondlami miqyosi va tarkibi bilan tavsiflanadigan iqtisodiy salohiyatning boshlang‘ich darajasi; mehnat resurslaridan unumli foydalanish ko‘rsatkichlar o ‘zgarishining istibolli tendensiyalar; jamiyatning yakuniy ehtiyojlarining istiqbolli tarkibi. Bir mahsulotli model nafaqat bir mahsulotni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan sohalarda, balki bir qator holatlarda, agar ishlab chiqariladigan mahsulotlar iste’mol qilinishda bir-birini o‘rnini bosadigan bo‘lsa yoki ulami mutlaq ko‘rsatkichlar, masalan, qayta hisoblash koeffitsiyentidan foydalanish hisobiga bitta mahsulotga keltirish mumkin bo‘lsa, ko‘p mahsulot ishlab chiqariladigan sohalarda ham qo‘llanilishi mumkin. Ushbu koeffitsiyentlar turli mahsulotning iste’mol qiymatini muhim ahamiyatiga ega bo‘lgan biron bir foydalilik sifati bo‘yicha taqqoslashga imkoniyat beradi. Masalan, yoqilg‘i sanoatida elektr energiya tashuvchining issiqlikka bardoshliligi bo‘yicha taqqoslanadi.Ko‘p mahsulotli modellarda butun tarmoq ishlab chiqarayotgan mahsulotga va xomashyo yoki boshqa qandaydir resurslarni iste’mol qilishga bo`lgan talab bo‘yicha ikkita yoki undan ham ko‘p chegaralar ko‘rib chiqiladi. Ushbu modellarda turli mahsulotlarni iste’moldagi o‘rnini bosish xususiyatini hisobga olgan holda turdosh mahsulotga keltirish imkoniyatidan unumli foydalanilishi mumkin. Bu holatda talabni tashkil etuvchi unsurlarni alohida mahsulotlar emas, balki turli bir-birining o‘rnini to‘ldiruvchi mahsulotlar bilan qondiriladigan ehtiyojlarning o ‘lchamlari tavsiflanadi. Bunda, shuningdek, tarmoqda ishlab chiqarilayotgan son jihatdan katta hajmdagi mahsulotlarni chegarlangan mahsulot guruhiga keltirish mumkin. Tarmoqlararo balans modellari iqtisodiyotni va uning tarmoqlarini prognozlash aloqalarini ta’minlash, ulami miqdoriy bog`liqligini ta’minlash, iqtisodiy tahlil qilish va shular asosida prognozlashtirish hamda rejalashtirish uchun asosiy vositalardan bo`lib hisoblanadi. Tarmoqlararo balans ishlab chiqarishni va barcha tarmoqlar hamda mahsulotlarning aniq belgilangan turlarini prognozlashda, rejalashtirishda investitsiyalami, asosiy fondlar va ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni tahlil qilish mehnat miqdorini rejalashtirishda, ishlab chiqarishni hududlar bo‘yicha tashkil qilishda keng qoilanilmoqda. Tarmoqlararo balanslar modelining amalda keng qo‘llanilishi makroiqtisodiy tahlil yanada ilmiy asosli o ‘tkazilishi, prognozlarni ilmiyligini va real rejalashtirishni ta’minlaydi. Tarmoqlararo balans kengaytirilgan takroriy ishlab chiqarishning o ‘zaro aloqalar tizimi va proporsiyalarini o ‘rganishda, tahlil qilishda, prognozlashda eng ixcham, amalda keng qo‘llash mumkin bo`lgan vositalardan, mexanizmlardan biri hisoblanadi. Ushbu balans yordamida makroiqtisodiy ko‘rsatkichlardan hisoblangan yalpi ichki mahsulot pirovard, ya’ni yakuniy mahsulot va milliy daromad tuzilishini, mahsulotlami takror ishlab chiqarish fondlari o ‘rtasida taqsimlanish strukturasini va ijtimoiy ishlab chiqarish xarajatlarini tuzilishini har tomonlama tahlil qilish va tegishli xulosalar asosda samarali boshqaruv yechimini qabul qilish mumkin. Tarmoqlararo balansning oddiy ko‘rinishi statistik model asosida ifodalanib, ma’lum davrdagi resurslar va ehtiyojlaming miqdoriy jihatdan o ‘zaro moslashishini ta’minlaydi, ishlab chiqarish resurslarining cheklanganlik shartlari, ishlab chiqarish bilan mahsulotlardan foydalanishning balans munosabatlari, zarur texnik texnologik shartlar va boshqalami bajarilgan holda prognozlash va uning asosida rejaning mumkin bo‘lgan variantlarini topishga imkon yaratadi. Tarmoqlararo balansning statik modeli bir yillik davr uchun tuziladi, bir yillik holatdan tashqaridagi o ‘zgarishlar inobatga olinmaydi. Amalda esa ishlab chiqarish doim rivojlanib, kengayib boradi.
Ushbu holat statik tarmoqlararo balansda o ‘z aksini topmaydi. Bu kamchilikni y o ‘qotishning obyektiv yo‘li doimiy harakatdagi o ‘zgarishlarni inobatga oluvchi, kengaytirilgan takroriy ishlab chiqarishni ifodalovchi dinamik tarmoqlararo balans tuzishdir. Ijtimoiy, iqtisodiy tizimli ishlab chiqarish jarayonini rivojlanishi dinamikasini inobatga olish bu - mahsulot ishlab chiqarish hajmini ma’lum davrdagi o ‘zgarishi, mavjud va qo‘shimcha kiritilgan ishlab chiqarish fondlari va quvvatlari bilan, shuningdek, mavjud va kelajakda kutilayotgan mehnat resurslari uzviy bog‘langan qamrab oluvchi dinamik tarmoqlararo balans tuzishdir. Prognozlash bu kelajakni, harakatdagi xatosini baholash, shuning uchun makroiqtisodiy jarayonlami, tarmoqlarni o ‘zaro aloqadagi holatlarini prognozlashda ko‘proq dinamik tarmoqlararo balans modellardan foydalanish maqsadiga muvofiq hisoblanadi. Ishlab chiqarish jarayonini quyidagicha ifodalash mumkin.
Iqtisodiy o ‘sish tushunchasining mohiyati ishlab chiqarish hajmining kengayishi, mahsulot ishlab chiqarish hajmining o ‘sishi va milliy daromadning ko'payishi bilan ifodalanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy o ‘sish ishlab chiqarishning rivojlanishi va funksionallashtirish qonuniyatidir. Shu bilan bir qatorda bozor iqtisodiyotida, jamiyat talabini to‘la-to‘kis qondira oladigan va ishlab chiqarish kuchlari yuqori darajada rivojlangan, bilimlar asosida iqtisodiyotni boshqarish natijasida iqtisodiy o ‘sishga erishish talab qilinadi. Iqtisodiyotni tahlil qilish va prognozlash nazariy va amaliy jihatdan 2 xil bo`ladi: moddiy omilli va narxli; milliy daromadni iste’molga va jamg‘arishga taqsimlanishi ishlab chiqarishni iqtisodiy o ‘sishga olib keladi, u mamlakat iqtisodiyoti darajasida milliy daromadlar ko‘rinishida yoki yakuniy yalpi mahsulot ko‘rinishida ko‘rib chiqish qulay bo`lib hisoblanadi. Iqtisodiy darajalarining umumiy sifatidan kelib chiqib iqtisodiy o ‘sish ko‘rsatkichlari quyidagilarga bo`linadi:

  • u ko‘rsatkichlarni o ‘zaro bog`liqligini va ijtimoiy-iqtisodiy o'sishni ko‘rsatib beradi;

  • korxonalar faoliyati va tarmoqlaming obyektiv va subyektiv farqini ko‘rsatib, ulami butun xo‘jalik mexanizmini bir qismi sifatida ko‘rib chiqadi.


Download 64.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling