I. Bob islom dining vujudga kelishi va qo‘qon xonligining tashkil topishining ilmiy manbalarda tavsifi


Download 164.87 Kb.
bet3/19
Sana18.12.2022
Hajmi164.87 Kb.
#1028260
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
I. bob islom dining vujudga kelishi va qo‘qon xonligining tashki

Mavzunig manbaviy asoslari: XIX asrda Qo‘qon xonligi muarrixlari tomonidan madaniy hayotda islom dinining o‘rni mavzusidagi qo‘lyozma asarlari, arxiv xujjatlari, Qo‘qon hukmdorlari tomonidan berilgan yorliqlar, inoyatnomalar, XVIII-XIX asrlar davomida xonlikka tashrif buyurgan sayyohatchilar, harbiylar, elchilar, savdogarlar va boshqa shaxslarni esdaliklar va ko‘rsatmalari tashkil etadi. Mirzo Qalandar Mushrif Isfaragiyning “Shohnomayi Umarxoniy”, Dilshodi Barnoning “Tarixi muhojiron”, Muhammad Hakimxonning “Muntaxab ut-Tavorix”, Mulla Niyoz Muhammadning “Tarixi Shohruxiy”, Mirzo Olim Mushrifning }Ansob us-salotin va tavorix ul-xavoqin”, Abu Ubaydulloning “Xulosat ul-ahvol”, Muhammad Solixh Toshkandiyning “Tarixi jadidayi Toshkand”, Muhammad Yunus Toyibning “Tarixi Alimquli Amirlashkar”, Avaz Muhammad Attorning “Tarixi jahonnamoyi”, Tojirning “G‘aroyibi sipoh”,
Muhammad Aziz Marg‘iloniy “Tarixi Aziziy”, Ishoqxon Ibratning “Tarixi Farg‘ona”, Mulla Olim Maxdum Hojining “Tarixi Turkiston”, Mahmud Hakim Yayfoniyning “Xullas at-Tavorix”, Muhammad Fozilbekning “Mukammal tarixi Farg‘ona”, Mullo Muso Sayramiyning “Tarixi Xamidiy” kabi asarlarni keltirish mumkin. Ularda Qo‘qon xonligining XVIII-XIX asrlardagi xonlikning madaniy hayotida islom dinining o‘rni, jumladan, turli hukmdorlar, ular yuritgan madaniy islohotlar masalalari umumiy tarzda o‘z ifodasini topgan9
Tadqiqotning davriy chegarasi: Bitiruv malakavi ishida Qoqon xonligi madaniy hayotida islom dining o‘rniga bagishlangan bolganligi uchun tadqiqotning davriy chegarasini 1709-1876 yillar etib belgilandi. Qoqon xonligi siyosiy tarixi va davlat boshqaruv tizimi aynan shu yillardagi tarixi hamda Buxoro va Xiva xonliklaridagi davlat boshqaruv tizimidagi oxshash va farqli jihatlar yoritilib otilgan.
Tadqiqotning maqsad va vazifalari: Bitiruv malakaviy ishida Qoqon
xonligi siyosiy tarixi va davlat boshqaruv tizimi tahlilini amalga oshirish asosiy maqsad sifatida qo`yilgan va bunda nafaqat Qoqon xonligi tarixi, davlat boshqaruv tizimi, Buxoro va Xiva xonliklaridagi oxshash va farqli jihatlarni yoritib berish ko`zda tutilgan. Ishni bajarishda esa quyidagi jihatlarini amalga oshirish asosiy vazifalar sifatida belgilangan:
―Qoqon xonligi boshqaruv tizimining tarixshunoslik jarayonlari haqida ma`lumotlarni yoritish;
Markaziy boshqaruv tizimida - dargoh va devon faoliyatini tahlil etish;
―markaziy boshqaruv tizimida unvon va mansablar tavsifini keltirish;
Xonlik madaniy hayotida islom dinining o‘rnini yoritib berish;
Islom dini tizimida mansab va unvonlar faoliyatini organish;
Xonlik madaaniy hayotinining Buxoro va Xiva xonligiga nisbatan farqli
jihatlari;
Tadqiqot yuzasidan umumiy xulosalarni yoritib berish.
―Qoqon xonligi boshqaruv tizimining tolaqonli tahlilini amalga oshirish yuqorida korsatib otilgan vazifalarni amalga oshirish asosiy vazifa sifatida bajarilishi kozda tutilgan.

Download 164.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling