I bob. Jahon sanoati va uning tarmoqlari
Download 1.18 Mb.
|
MAHLIYO
- Bu sahifa navigatsiya:
- II BOB. YENGIL SANOAT SANOAT TARMOQLARINING MUHUM TARMOG’I SIFATIDA.
- KIRISH Kurs ishi mavzusining dolzarbligi.
- Kishining maqsadi
MAVZU: JAHON YENGIL SANOATNI TARMOQLARI VA UNING RIVOJLANISH . REJA: KIRISH. I BOB. JAHON SANOATI VA UNING TARMOQLARI. O'g'ir sanoat va uning rivojlanishi. Yengil sanoat va rivojlanish istiqbollari. Yengil va og’ir sanoat o’rtasidagi farqlar. II BOB. YENGIL SANOAT SANOAT TARMOQLARINING MUHUM TARMOG’I SIFATIDA. 2.1. Yengil sanoat tarmoqlariga tavsif. 2.2. Yengil sanoat muammolari va jaylashtirish omillari. 2.3.Yengil sanoat tovarlarning baho strategiyasini amalga oshirish. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar. KIRISH Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Yengil sanoat — xilma-xil xom ashyodan keng isteʼmol mahsulotlari va buyumlari ichki chizimga ixtisoslashgan sanoat tarmoqlari majmui. Yengil sanoatda xom ashyoga ham dastlabki ishlov berish, ham tayyor mahsulot ichki chizimda amalga oshiriladi. Ye.s.da paxta, ipak, zigir, kanop, jut tolalari, hayvonlar terisi, juni, sunʼiy tolalar, sunʼiy charm xom ashyo sifatida foydalaniladi. Uning asosiy tarmoqlari toʻqimachilik, tikuvchilik, koʻnchilik, moʻynadoʻzlik, poyab-zal sanoatlari hisoblanadi. Yengil sanoat mahsulotlari, shuningdek, mebelsozlik, aviatsiya, avtomobil, oziq-ovqat va boshqa sanoat tarmoqlarida, qishloq xoʻjaligi, transport, sogʻliqni saqlash va boshqalar. sohalarda ishlatiladi. Oziq-ovqat sanoati - xalq xoʻjaligining oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaradigan sohasi. Tarmoq tarkibida goʻsht-sut, yogʻ-moy, baliq mahsulotlari, un-yorma, makaron, mevasabzavot konservalari, sut-yogʻ, shakar, choy qadokdash, qandolatchilik, non, uzum va shampan vinolari, spirt, araq, tamaki, pivo, chanqovbosar ichimliklar, sovun va boshqa sanoat korxo-nalari bor. Kishining maqsadi. Jahon yengil sanoatning tarmoqlari, asosiy yo’nalishlari va nechta turlari borligini, turli xil bozorlarda narxning qanday shakllanishi kabi narsalarni yoritish. Yengil sanoatning muhim muammosi - rivojlangan savdo infratuzilmasining yo'qligi, savdo bozorlari to'g'risida ma'lumotlarning etishmasligi. Aksariyat yengil sanoat korxonalari uchun xomashyo va materiallarni olishning asosiy yo‘li to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanish yoki barter hisoblanadi. To'qimachilik va charm-poyabzal sanoati uchun xom ashyo klassik birja tovari hisoblansa-da, birjalardan juda kam foydalaniladi. Yengil sanoatda tabiiy xomashyodan tashqari, kimyo sanoati tomonidan yetkazib beriladigan sintetik va sun’iy tolalar, sun’iy charmdan ham keng foydalaniladi. Ularni ishlab chiqarish uchun xom ashyo neftni qayta ishlash chiqindilari, tabiiy gaz, ko'mir smolasidir. O'zbekistonda sun'iy teri, sintetik tolalar va boshqalarning ayrim turlari ishlab chiqarilmaydi. Oʻzbekistonning mustaqillikka erishishi bilan Yengil sanoat tarmoqlari yangi sifat bosqichiga koʻtarildi. Respublika hukumati qaroriga koʻra tarmoqdagi deyarli hamma korxonalar davlat tasarrufidan chiqarish dasturiga koʻra ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlariga va mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirildi. Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling