I-bob. Jismoniy sifatlar haqida tushuncha


Download 201 Kb.
bet3/12
Sana22.01.2023
Hajmi201 Kb.
#1110825
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Yosh fudbolchilarning jismoniy sifatlarini tarbiyalash yo\'llari

Futbolchilar tayyorlash usuliyati. Ta’lim va mashg’ulot birligi. Futbolchilarda ko’nikma va malaka sport tayyorgarligi jarayonida hosil qilinadi. Bunga esa mashqlarni qayta-qayta takrorlash orqali erishiladi, takroriylik, o’z navbatida, butun a’zo va sistemadar faoliyatiga ta’sir etadi. Sport tayyorgarligi
- bu barcha omil (vosita, uslub, sharoit)lardan birgalikda izchil foydalanish bo’lib, futbolchining sport muvaffaqiyatlariga erishishdagi tayyorgarligi ta’minlanadi.
Sport tayyorgarligining butun jarayonini shartli ravishda ta’lim va mashg’ulotga bo’lish mumkin.
Ta’lim deganda shug’ullanuvchilar bilim, malaka va ko’nikmalarning muayyan sistemasininng boshlang’ich bosqichini egallab olishini tushunish kerak. Ta’limning asosiy mazmuni - o’yinning texnik elementlarini, taktikadagi oddiy individual va guruh harakatlarini egallab olish, harakat malakalarini shakllantirishdan iborat.


1.2. Jismoniy siftalar va ularni rivojlantirish mohiyati


Har bir kishi harakatlarni bajarishda muayyan imkoniyatlarga ega. Masalan, u biror og’irlikdagi shtangani ko’tara oladi, qandaydir bir vaqt oralig’ida (3 daq., 2 daq., 30 sek., 4 daq. va hokazo) 1000 m masofani yugurib o’ta oladi. Bu imkoniyatlar bir qator sifat va son xarakteristikalari jihatidan bir-biridan farq qiladigan muayyan harakatlar bilan amalga oshiriladi. Masalan, sprintcha va marafoncha yugurish organizmga sifat jihatidan boshqa-boshqa talablar qo’yadi, turli xil jismoniy fazilatlarni namoyon etishni talab etadi. Kishi harakat qilish imkoniyatlarining ba'zi bir sifatli tomonlarini kishining jismoniy (yoki harakat) fazilatlari deb atash qabul qilingan. Odatda, kuchlilik, tezkorlik, chidamlilik, chaqqonlik va egiluvchanlik asosiy jismoniy sifatlar deb qaraladi. Kishidagi jismoniy fazilatlarning rivojlanganlik darajasi faqat kishi organlarining funktsional (fiziologik) imkoniyatlari bilan emas, balki psixik faktorlar, chunonchi, irodaviy fazilatlar bilan ham belgilanadi. Bu holda irodaviy fazilatlar kishining o’z funktsional imkoniyatlaridan qanchalik foydalana olishini belgilaydi.
Kuchlilikni
tarbiyalash. Tushunchaning ta'rifi. Kundalik nutqimizda «kuch» so’ziga turli xil ma'no beradilar. Ilmiy tushuncha sifatida u iloji boricha aniq belgilangan bo’lishi kerak. Buning uchun “kuch”ning quyidagi ma'nolarini bir- biridan farq qilish lozim:

  1. harakatning mexanik xarakteristikasi sifatidagi kuch («t massali jismga F kuch ta'sir etadi...»);

  2. kishining xususiyati, fazilati sifatidagi kuch (masalan, quyidagi tekstda:

«yosh o’sishi bilan kuch ham ortib boradi;

  1. sport bilan shug’ullanmaydiganlarga qaraganda sportchilar kuchliroq bo’ladilar...» va hokazo).

Birinchi ma'nodagi kuch harakatning boshqa xarakteristikalari bilan bir qatorda mexanikaning o’rganish ob'ekti bo’lib xizmat qiladi. Ikkinchi ma'nodagisi esa, jismoniy tarbiya nazariyasi, fiziologiya va antropologiyada tadqiqot mavzui bo’ladi. Bundan buyon biz «kuch» deyadidan har ikki ma'noda ham foydalanamiz. Agar tushunchalarni aralashtirib yuborish xavfi tug’ilsa, u holda harakatlantiruvchi fazilat tariqasidagi kuchni ko’rsatish uchun kuch imkoniyatlari, kuch qobiliyati, muskul kuchi ishlatiladi.
Kishining kuchini tashqi qarshiliklarni muskul kuchi yordamida yengish qobiliyatiga qarab aniqlash mumkin. Qarshiliklarni yenguvchi ishlarda harakatlarga qarshi yo’naltirilgan kuchlarni, yon beruvchi ishlarda esa harakat yo’nalishi bo’yicha ta'sir etuvchi kuchlarni qarshilik kuchi deb tushuniladi.
Ma'lumki, muskullar kuchni quyidagicha namoyon qilishlari mumkin:

  1. o’z uzunliklarini o’zgartirmay (statik, izometrik rejim);

  2. o’z uzunliklarini qisqartirib (qarshiliklarni yenguvchi, miometrik rejim);

  3. uzayib (yon beruvchi, pliometrik rejim) qarshiliklarni yenguvchi va ularga yon beruvchi rejimlarni birlashtirib «dinamik rejim» deyiladi.

Bu sharoitlarda kuchning maksimal qiymatlari turlicha bo’lganligi uchun kuchning yuqoridagicha bo’lishini kuch qobiliyatlari asosiy turlarining klassifikatsiyasi deb qabul qilish mumkin.
Kuch namoyon bo’lishi sharoitlariga kuchning bog’liq ekanligi. Harakat kuchi («ya'ni harakatning bosimi yoki tortishi». — ( K.M.Mahkamjanov) ko`p jihatdan qarshilik kuchlarining tabiati bilan belgilanadi.

Download 201 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling