Xo‘jalik operatsiyalari va xo‘jalik jarayonlari.
Korxona o‘z faoliyatini uzluksiz olib borishi uchun mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish va xizmatlarni ko‘rsatishda doimo tovar —moddiy qiymatliklarga ehtiyoj sezadi. Ushbu ehtiyojini qondirish uchun korxona xo‘jalik jarayoni 3 ta faza: ta’minot jarayoni, ishlab chiqarish jarayoni va sotish (realizatsiya) jarayoni muntazam ravishda olib boradi.
Ta’minot jarayoni. Har qanday korxona o‘z xo‘jalik faoliyatini boshlashdan oldin avval unga kerak bo‘lgan moddiy boyliklar bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim. Korxona zarur bo‘lgan bu moddiy qiymatliklarni mol yetkazib beruvchilardan tuzilgan shartnomaga asosan oladi. Shartnomada muayyan moddiy qiymatlikning nomi, soni, sifati, bahosi, assortimenti va qaysi muddatda olib kelinishi ko‘rsatilgan bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |