Ishlab chikarish jarayoni. Ishlab chiqarishni amalga oshirish uchun korxona tegishli moddiy qiymatliklarga ega bo‘lishi kerak. Shu moddiy qiymatliklardan foydalanib ishlab chiqarish jarayonida buxgalteriya hisobida ishlab chiqarishga qilingan xarajatlarni aks ettiradi hamda ishlab chiqarishdan olingan tayyor mahsulotlarni qayd qiladi.
Sotish (realizatsiya) jarayoni. Ishlab chiqarish jarayonidan so‘ng yaratilgan milliy daromadni taqsimlash va keyingi ishlab chiqarishni amalga oshirishdan mahsulotlarni sotish fazasiga keladi.
Korxona mablag‘ining aylanishining boshqa fazalari muomala sferasida amalga oshiriladi.
Muomala sferasi bilan korxonani moddiy qiymatliklar bilan ta’minlash va tayyor mahsulotlarni sotish fazasidan iborat.
Hamma jarayonlar ta’minot, ishlab chiqarish va sotish jarayonlari ayrim—ayrim olingan xo‘jalik operatsiyalar iborat bo‘ladi.
Xo‘jalik operatsiyalari deganda, xo‘jalik jarayonlarni amalga oshirishda korxona mablag‘larining harakati tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |