I боб Капитални бошқаришни ўрганишнинг назарий жиҳатлари Kapital
I Боб Капитални бошқаришни ўрганишнинг назарий жиҳатлари
Download 191.15 Kb.
|
материал
I Боб Капитални бошқаришни ўрганишнинг назарий жиҳатлари
Kapital – moliyaviy menejmentda doimiy foydalanib kelinayotgan iqtisodiy kategoriyalardandir, mamlakatni bozor munosabatlariga o‘tishi bilan o‘zini yangi mazmuniga ega bo‘ldi. Korxonaning tashkil etilishi va rivojlanishida bosh iqtisodiy negiz bo‘lib, kapital o‘zini mavjudligi va xarakati jarayonida davlat, mulkdorlar va ishchi xodimlar manfaatlarini ta’minlaydi. Moliyaviy menejment yo‘nalishlarida kapital mablag‘lar qiymatini pul, moddiy va nomoddiy shaklda, uning aktivlarini shakllantirishda investitsiyalashtirilganligini xarakterlaydi. Korxona kapitalini iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra, birinchi navbatda uning quyidagi tavsiflarini ko‘rib o‘tish zarur: 1.Kapital korxona ishlab chiqarishini asosiy omili hisoblanadi. Iqtisodiy nazariyada ishlab chiqarishni 3 ta asosiy omilini ajratib ko‘rsatish mumkin, korxonalar xo‘jalik faoliyatini ta’minlashda ishlab chiqarish - kapitali; yer va boshqa tabiiy resurslar; mehnat resurslari. Yagona ishlab chiqarish kompleksida barcha omillarni birlashtiruvchi omil bo‘lib, ishlab chiqarish kapitali muhim o‘rin egallaydi. 2.Kapital daromad keltiruvchi korxona moliyaviy resurslarini xarakterlaydi. Kapital bu o‘z o‘rnida – ssuda kapitali shaklida ishlab chiqarish omillaridan ajralmagan holda korxonaning daromadini shakllantirishni ta’minlovchi ishlab chiqarish(operatsion) faoliyat emas, balki moliyaviy (investitsiya) faoliyati sohasini belgilaydi. 3. Kapital korxonaning mulkdorlarini boyligini shakllantiruvchi bosh asosiy manba hisoblanadi. U bu zaruriy darajada boylikni shakllantirishni joriy va kelajakda ta’minlash uchun zarurdir. Joriy jarayonda ishlatilgan kapitalning bir qismi kapital tarkibidan ajralib, uning mulkdorlarini (egalarini) kelajakda yo‘naltirilgan ehtiyojlarini ta’minlaydi. 4. Korxona kapitali uning bozor qiymatini asosiy o‘lchovi hisoblanadi. Unda korxona jami o‘z kapitallarini aktivlarga nisbatan hajmini belgilaydi. Bu yerda ishlatilgan o‘z kapitallarini tarkibini chetdan jalb qilingan kapitallari qo‘shilgan tarkibi bilan foyda olishni belgilaydi. 5. Korxona kapitali dinamikasi uning xo‘jalik faoliyati samaradorligi darajasining muhim barometri hisoblanadi. Download 191.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling