I-bob kimyo korxonalarida kadrlar siyosati va uni darajasini oshirish yo‘llari nazariy
Kadrlar siyosati va korxona strategiyasining o‘zaro aloqasi
Download 74.39 Kb.
|
55raxat korxona kurs ishii. kurs. ishi
Kadrlar siyosati va korxona strategiyasining o‘zaro aloqasi
Qadim zamonlarda strategiya deganda jangda qo‘mondonning xulq-atvori san’ati, harbiy amaliyotlar maqsadlarini aniq belgilash qobiliyati, kuchlarni eng muhim yo‘nalishlarga kerak holatda kerakli miqdorda tarqatishi deb tushunilgan. Hozirgi O‘zbekistonning innovatsion iqtisodiyotga o‘tish davrida kadrlar strategiyasi deganda istiqbolli maqsadlar, tashqi muhit, shuningdek vositalar, usullar, qarorlar va mavjud mehnat resurslarini hisobga olgan holda personalni boshqarish vazifalarini belgilash tushuniladi. Yuqorida qayd etilganlar yordamida faoliyat eng yaxshi tarzda amalga oshiriladi, aniq belgilangan maqsadlarga erishiladi va vazifalar hal etiladi, korxonaning iqtisodiyotdagi raqobatbardoshligi qo‘llab-quvvatlanadi. Kadrlar siyosatining yuqorida ko‘rsatilgan ta’rifidan umuman olganda farq qilmaganligi strategiyaning bunday tushunilishi to‘g‘ri hisoblanadi. “Kadrlar siyosati” va “kadrlar strategiyasi” tushunchalarini ajratish, ehtimol, nazariy jihatdan ko‘proq ahamiyatga ega. Ular o‘zaro chambarchas bog‘langan. Amaliyotchilarga qaysi atama qo‘llanilganligi muhim emas, avvalo ularni qanday mazmun qo‘yilganligi va muayyan korxonaning personalini boshqarishda qanday amalga oshirilishi mumkinligi qiziqtiradi. Kadrlar strategiyalari, fikrimizcha, rejalar, resurslar, vositalar birligidir, ular yordamida tashkilotning mavjudligi, korxona rivojlanishining muayyan bosqichida kadrlar siyosati talablaridan kelib chiquvchi personalni boshqarishning aniq maqsadlarga muvofiqligidir. Strategiyalar korxonaning iqtiqbol maqsadlariga erishishga qaratilgandir, ammo yanada tor va ishchanroq rejaga qaratilgan kadrlar siyosatida amalga oshirishga va barcha joriy maqsadlarni haqiqiy mujassamlantirishga qaratilganligi bilan ajralib turadi. Kadrlar siyosati zimmasiga yuklangan vazifalarni hal qiluvchi kadrlar strategiyasi turli xil bo‘lishi mumkin, masalan: – kadrlarni yoshartirish strategiyasi; – kadrlarni saralash va tanlashga ketuvchi xarajatlarni kamaytirish strategiyasi; – kadrlarni uzluksiz kasbiy rivojlanishtirish va ularning bilim darajalarini oshirib borish strategiyasi; – rahbar xodimlarning zaxirasini yaratish strategiyasi; – har bir xodimning ish faoliyatini obyekadrlar tizimiiv baholash strategiyasi; – personalni samarali boshqarish uchun tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari mas’uliyatini oshirish strategiyasi; – yuqori samara bilan ishlovchi jamoalarni yaratish strategiyasi; – boshqa xodimlarga namuna bo‘luvchi “yetuk professional” mutaxassislarni yetishtirish strategiyasi; – mavjud personalni qisqartirish va personal o‘zaro almashinuvi strategiyasi; – rahbar va mutaxassislarning vakolatlarini ularning ish natijalariga javobgarligini oshirish bilan birga kengaytirish strategiyasi. Kadrlar strategiyasini tanlashda turli omillar ta’sir ko‘rsatadi: – korxonaning joriy rivojlanish bosqichidagi maqsad va vazifalari; – kadrlar masalasi bo‘yicha ichki tashkiliy muammolar; – mehnat bozoridagi bosim vaziyati; – kadrlar sohasidagi raqobat tendensiyalari; – korxonaning boshqaruv va moliyaviy imkoniyatlari va hokazo. Kadrlar strategiyalari kadrlar siyosati singari turli davrlar hususi yatlaridan kelib chiqqan holda qaytadan ishlab chiqilish mumkin va odatda, o‘rta va uzoq muddatlarga mo‘ljallanib qabul qilinadi. Ularning amal qilish muddatini tanlash ko‘pgina omillar: korxonaning rivojlanish bosqichlari, bozor sharoitidagi o‘zgarib turuvchi tashkiliy maqsadlari, boshqa ichki va tashqi omillarga bog‘liq Download 74.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling