I bob konfliktlarning mazmun mohiyati va ularning yechimini topishdagi munosabat


I BOB KONFLIKTLARNING MAZMUN MOHIYATI VA ULARNING YECHIMINI TOPISHDAGI MUNOSABAT


Download 315.44 Kb.
bet2/7
Sana28.03.2023
Hajmi315.44 Kb.
#1302159
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1 Maxmudova Ruxsora

I BOB KONFLIKTLARNING MAZMUN MOHIYATI VA ULARNING YECHIMINI TOPISHDAGI MUNOSABAT

    1. Yosh davrlarida vujudga keladigan konflikt muammolar

Stress - turli xil ekstremal ta’sirlar - stressorlarga javoban yuzaga keluvchi keng doiradagi holatlami belgilovchi holat.
Fnistratsiya - ma’lum maqsad yo‘lidagi mavjud mavhum to‘siqlami paydo bollishiga nisbatan hosil bo‘Iadigan muvaffaqiyatsizlikni boshdan kechiruvchi ruhiy holat.
O‘smirlik 10-11 yoshlardan 14-15 yoshlargacha bo‘lgan davmi tashkil etadi. Hozirgi o‘smirlar o'tmishdoshlariga nisbatan jismonan aqliy va siyosiy jihatdan binnuncha ustunlikka ega. Ularda jinsiy yetilish, ijtimoiylashuv jarayoni, psixik o‘sish oldinroq namoyon bo‘lmoqda. Aksariyat o’quvchilarda o'smirlik yoshiga o‘tish, asosan 5-sinfdan boshlanadi. «Endi o’smir boia emas, biroq katta ham emas» - ayni shu ta'rif o‘smirlik davrining muhim xarakterini bildiradi. О ‘smirlik - bolalikdan kattalikka o ‘tish davri bo'lib, fiziologik va pedagogik-psixologik jihatdan o'ziga xos xususiyatlari bilan xarakterlanadi. Bu bosqichda bolalarning jismoniy va psixik taraqqiyoti juda tezlashadi, hayotdagi turli narsaiarga qiziqishi, yangilikka intilishi ortadi, xarakteri shakllanadi, ma’naviy dunyosi boyib boradi, ziddiyatlar avj oladi. 0 4smirlik balog‘atga уetish davri bo’lib, yangi hislar, sezgilar va jinsiy hayotga taalluqli chigal masalalaming paydo bo‘lishi bilan ham xarakteri ana di. Bu yoshda o‘smir rivojida keskin o'zgarishlar ro‘y bera boshlaydi. Bu o‘zgarishlar fiziologik hamda psixologik o’zgarishlardir. Bo'yiga o'sish bir tekis bormaydi: qiz bolalar 5-7 sm o’ssa, o’g‘il bolalar 5-10 sm ga o‘sadilar. Bo’yiga qarab o‘sish paysimon ilik suyaklaming uzunlashishi va umurtqa qismining kattalashishi hisobiga ro’y beradi.
O’mirlar o’zlarini kattalardek tutishga harakat qiladilar. Ular o'zlarining layoqat, qobiliyat va imkoniyatlarini ma’lum darajada o'rtoqlari va o‘qituvchilariga ko‘rsatishga intiladilar. Bu holatni oddiy kuzatish yo‘li bilan ham osongina ko’rish mumkin. О’smirlik davri “о ‘tish davri”, “bizis davri”, «qiyin davr» kabi nomlami olgan psixologik ko‘rinishlari bilan xarakterianadi. Chunki bu yoshdagi o‘smirlaming xatti-harakatida muqobil yangi sharoitlarda o’z o ‘rnini topa olmaganligidan psixik portlash hollari ham kuzatiladi.
O‘z davrida L. S. Vigotskiy bunday holatni «psixik rivojlanishdagi krizis» deb nomlagan. o’mirlik davriga, ko'pincha so‘zga kirmaslik, o‘jarlik, tajanglik, o‘z kamchiliklarini tan olmaslik, urushqoqlik kabi salbiy xususiyatlar xosdir. o’mirlar hayotda, ekranda va kitoblarda kattalaming mustaqilligini va erkinligini, ulami katta va qiziqarli ishlarini, dadil harakatlarini, qahramonliklarini, atrofdagilar orasidagi obro‘larini ko'radilar hamda havas qiladilar. O'smirda katta yoshli odam bo'lishga yoki hech bo'lmaganda katta yoshli odam bo’lib ko‘rinishga qiziqish, intilish paydo bo’ladi va bu xohishni amalga oshirish unga osondek bo‘lib ko‘rinadi. o’mirlaming ehtiyojlari va imkoniyatlari o lzaro mos kelmasligi o‘smirlar bilan ota-onalar, o‘qituvchilar va boshqa murabbiylar o‘rtasida qarama-qarshiliklami keltirib chiqaradi.
Kattalar o‘smirlaming foydaJi jamoa ishlarida muvaffaqiyatga erishishlarida yordam berishlari va bu bilan ularning o‘z qadrqimmatini namoyon qilishlariga imkon berishlari lozim. Aks holda, ular boshqalarning oldida o ‘zlarini yuqori qo‘yishlari, bepisandlik qilishlari mumkin. Buni ular o‘zlarining qadr-qimmatlari tan olinmaganligi yoki kamsitilganligiga qarshi chiqib salbiy ishlar va xattiharakatlar orqali amaiga oshirishlari mumkin bocladi. o’mirlar nihoyatda taqlidchan bo‘lib, ularda hali aniq bir fikr, dunyoqarash shakllanmagan bo‘ladi. Ular tashqi ta’sirlarga va hissiyotlarga juda beriluvchan bo‘ladilar. Shuningdek, ularga mardlik, jasurlik, tantiqlik ham xosdir. Tashqi ta’sirlarga beriluvchanIik o‘smirda shaxsiy fikmi yuzaga kelishiga sabab boladi, lekin bu shaxsiy fikr aksariyat hollarda asoslanmagan bo’ladi. Shuning uchun ham ular ota-onalaming, atrofdagi kattalaming, ustozlarining to‘g‘ri yo‘lini ko‘rsatishlariga qaramay, o‘z fikrlarini o‘tkazishga harakat qiladilar. o’mirlarga farosatlilik, tejamkorlik, ehtiyotkorlik va uzoqni ko‘ra bilishlik kabi psixik xususiyatlar hali yetishmaydi.
Tengdoshlar va o ‘quvchilar bilan kelishmovchilik kelib chiqishiga qo‘yidagi toifadagi o ‘quvchilar sabab bo‘ladi: Oilasi notinch, ota-onasi janjalkash bolalar, ko‘pincha sinfda jizzakilik qilib, arzimagan sabablar tufayli ham tengqurlari bilan nizolashadi, ulami odatda sinfdoshlari va o‘qituvchilari «tarbiyasi og‘ir» bolalar deb ta’riflaydilar.
2. Kamol topishida nuqsoni bo‘lgan bolalarda, о’shа erka tarbiyalangan bola va yoshlarda bilimlar bilan tizimli shug‘ullanish uchun iroda yetishmaydi. Hissiy qo‘zg‘alish va tonnozlanish jarayoni kamchiliklar ham bilimlami egallash va sinf jamoasiga kirishib ketishga to‘sqinlik qiladi.
3. Ruhiy rivojlanislii sustlashgan va aqli zaif bolalar va yoshlar ham darslar va berilayotgan bilimlami o‘zlashtirishi qiyinlashgani va murakkablashib borishi natijasida bilimlarnmg mazmuni va ma’nosini egallashga qiynaladilar, bu holat ularda janjalkashlikka moyillikni kuchaytiradi. Chunki dars ular uchun mashaqqatli ish, ular ilojini topsa darsga kelmaydi, kirmaydi. Janjal qiladi.
4. Iqtidorli bolalar. Ular darsda berilayotgan bilimlar darajasidan qoniqmaydi. Zerikadi. Ko‘pincha sinfdan ajralib qoladi. O’qituvchi bilan kelisha olmaydi, shu sababli o‘zlashtirishdan orqada qolayotgan tengdoshlari ham, uning talabi va istagi darajasida dars berilmayotgan pedagog bilan ham konfliktga kirishishga moyil bo‘lib qoladi.
5. Doimo hammadan norozi, atrofdagilarga muxolifatda bo‘lganlar. Bu o‘quvchilar ota-onasiga, o‘qituvchilarga va boshqa kattalarga salbiy munosabatda bo‘ladilar. tJlaming gapiga ishonmaydilar. Mavjud tartib-intizomga bo‘ysunishni istashmaydi. Qasddan darsdan qochib ketadi, ota-onasiga azob berish uchun o‘g‘irlik qiladi, arzimagan narsalarga janjal ko’taradi.
6. Birovlarga taqlid natijasida yuzaga keladigan konfliktlar. Bolalar yoki yoshlar o'zidan katta kishilarga, ba’zan kino aktyorlarga va boshqa sevimli qaliramonlarga taqlid qilib sinfdagi tartib-intizomga, axloq normalariga rioya qilishni istamaydilar. ' Endilikda pedagogik yoki sinf jamoasidagi konfliktning kelib chiqish sabablarini ко‘rib chiqamiz:
Jamoada (sinf jamoasi, mehnat jamoasi va boshqalar) har xil mavqedagi shaxslar o‘rtasidagi kelishmovchiliklar ancha murakkab kechadi. Jamoaning rasmiy va norasmiy yetakchilari va ayrim tengdoshlar orasida kelib chiqadigan kelishmovchiliklarda, agar jismonan kuchli bo‘lsa salbiy xulq-atvori va xatti-harakati bilan o ‘z atrofiga o‘ziga o‘xshagan “mushtum zo‘rlan”ni to‘plagan bo‘lsa, sinfdagi jismonan kuchsiz, xavotirlanish darajasi yuqori, qo‘rqoq, o‘ziga ishonchsiz o‘quvchilami ta’qib qilishi, zo‘rlik bilan o‘ziga bo‘ysundirishi, ulami yomon yo‘llarga boshlashi mumkin.
Ba’zan shunday jismonan kuchli va salbiy yetakchilar, kuchsiz o‘quvchilarga «soliq to‘lash»ga majbur qilingani yoki darsga yaxshi va a’lo baholarga tayyorlanib kelgan ocquvchilami qo‘rqitish (yoki haqorat) bilan darsda javob bermaslikka majbur qilinganini eshitib qolamiz. Bunday nizolar, albatta, sinf rahbari va boshqa o‘qituvchilaming beparvoligi, sinfdagi ichki o ‘zaro munosabatlami nazorat qilmasligi natijasida kelib chiqadi. Bunday holatning oldi tez olinmasa, jismonan kuchsiz o‘quvchi (yoki o ‘quvchilar) uchun yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin. Masalan, 6-«A» sinf o‘quvchisi jismonan kuchli bo‘lib, u o‘z atrofiga bir nechta tengdoshlami to‘plab, butun sinf jamoasini o‘ziga bo‘ysundiradi. Ayniqsa, shu sinfdagi «a’lochi» bir nechta o‘quvchini ular ta’qib ostiga olishadi. Bu asosan ulami qizlar oldi da jismonan va ruhan kamsitish, darsdan keyin ko‘chada «jazolash», pul talab qilish va boshqa yaramas xatti-harakatlar bilan namoyon bo‘lar edi.
Maktab psixologining tashabbusi bilan o‘tkazilgan kichik pedagogik kengash - «konselium»da 6-sinfdagi ahvol muhokama qilinib, quyidagi tadbirlar belgilandi:
1) sinfda yuzaga kelgan kichik guruhning a’zolari, uning asosiy tashkilotchisi va yetakchisi bo‘lgan «S» ismli o‘quvchidan ajratish uchun, uni shu maktabdagi boshqa sinfga o‘tkazish va tezlik bilan ota-onalar yig‘ilishini chaqirish;
2) «S» bilan maktab ma’muriyati, maktab psixologi suhbat o‘tkazishi va uni o‘z xatti-harakatining oqibatlari bilan ogohlantirish;
3) «S»ning otasiga o‘g‘lini darsdan so‘ng futbol to‘garagiga qatnashishiga yordam berish tayinlandi («S» futbolga juda qiziqadi);
4) 6-«A» sinfda psixologik muhitni yaxshilash, jipslik, hamjihatUkni nvojlantirish uchun kechalar, sayohatlar uyushtirishiga kelishib olindi.

Download 315.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling