I bob konfliktlarning mazmun mohiyati va ularning yechimini topishdagi munosabat
Download 315.44 Kb.
|
1 Maxmudova Ruxsora
- Bu sahifa navigatsiya:
- II BOB KONFLIKTNI BOSHQARISH USULLARI VA BOSQICHLARI
- XULOSA ………………………………………………….………….……….33 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI …………………..…..34 KIRISH
MUNDARIJA KIRISH ………………………………………………………………………....3 I BOB KONFLIKTLARNING MAZMUN MOHIYATI VA ULARNING YECHIMINI TOPISHDAGI MUNOSABAT Yosh davrlarida vujudga keladigan konflikt muammolar……………..…7 Umumta’lim maktablaridagi o’quvchilar orasidagi konfliktli vaziyatlar .. 10 II BOB KONFLIKTNI BOSHQARISH USULLARI VA BOSQICHLARI 2.1. Umumta’lim maktablaridagi o’quvchilar orasidagi konfliktli vaziyatlar sabablari ………………………………………………………………..…… 15 2.2. Umumta’lim maktablaridagi o’quvchilar orasidagi konfliktli vaziyatlarni hal etish usullari.…… …………………………………….………………………23 XULOSA ………………………………………………….………….……….33 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI …………………..…..34 KIRISH Yurtimiz mustaqillikka erishgach, o‘zining mustaqil taraqqiyot yo‘lini belgilab oldi. Bu yo‘l jamiyatimiz kelajagini o‘z qo‘llariga oluvchi - yoshlaiga beriladigan ta’lim-tarbiya asosida belgilanadi. Shu nuqtayi nazardan 1997-yil 29-avgustda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» va «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilinib, unda kadrlar tayyorlashning milliy modeli yaratildi. Mazkur model da shaxs bosh va markaziy o‘rinni egallab, modelninig qolgan qismlari shaxs manfaatlari uchun xizmat qiladi. Ayniqsa, uzluksiz ta’lim tizimi individ hayotga kelgandan boshlab, to maktabdan tashqari ta’lim muassasalaridagi «masofam» qamrab oladi. Ta’lim-tarbiya muassasalari o‘z vazifalarini amalga oshiraverishi mumkin. Ammo, hayot qarama-qarshilik va ziddiyatlardan iborat. Yoshlar, qolaversa, jamiyatning barcha a’zolari shu ziddiyatni yengib, ulardan to‘g‘ri xulosa cliiqara oladimi?! Demak, ta’lim-tarbiya muassasalandan tashqari tarbiyaviy ta’sirlar, ya’ni kundalikdagi ijtimoiy voqeliklaming shaxsga ko‘rsatayotgan ta’siri, ulami ijtimoiy-pedagogik, ilmiy, nazariy va amaliy o brganish, pedagogikada shu kunga qadar yetarlicha e’tibor berilmagan pedagogik yondashuv zaruratini vujudga keltinnoqda. Ijtimoiy hayotning barcha jabhalari shaxsga, ayniqsa, yoshlarga o ‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi. Bunga ommaviy axborot vositalari, iqtisodiyot, ko‘cha-ko‘y, mahalladagi voqeliklar, ota-ona, yoshi kichik va kattalar orasidagi munosabatlar, ishlab chiqish jarayoni, ilmfanning turli sohalari. Ammo, pedagoglar uchun o ‘sha jamiyatdagi hodisa, jarayonlar va munosabatlaming yoshlar ongiga, insonlaming ma’naviy hayotiga, odob-axloq me’yorlariga bo‘lgan ta’siri muhim. Inson shaxsining pedagogik-psixologik rivojlanishi va uning shakllanishi murakkab ijtimoiy jarayondir. Zero, uning o‘ziga xos xususiyatlari va qonuniyatlarini asosli ilmiy bilish, o‘quvchi shaxsiga pedagogik-psixologik jihatdan ta’sir ko‘rsatishning zarur shartidir. Pedagogik-psixologik korreksiya, yuqorida ta’kidlaganimizdek, o'quvchining qabul qilingan me’yorlarga mos kelmaydigan pedagogik-psixologik rivojlanish xususiyatlarini «tog’rilashga» qaratilgan mutaxassis faoliyatini aks ettiradi. Psixologiya fanlari nomzodi Galina Sergeyevna Abramovaning fikricha, shaxsiy psixologik korreksiya odamning ichki dunyosini. diskert tavsifiga (psixologning) asosli ta’sir qilishidir. Odam «Yerdagi jonli evolyutsiyaning so‘nggi pog‘onasidir», ijtimoiy tarixiy faoliyat subyektidir. Shaxs - ijtimoiy rivojlanish fonemeni, ong va tushunchaga ega aniq tirik odam. Shaxsga doir rivojlanish-ijtimoiylashuv va tarbiya natijasida odamzodning ijtimoiy xususiyati sifatidagi shaxsning shakllanish jarayonidir. Yosh inqirozi - keskin pedagogik-psixologik o‘zgarishlar bilan xarakterlanadigan ontogenezning alohida, nisbatan uzoq davom etmaydigan davrlaridir. Asabiy va jarohatli xarakterga ega tangliklardan farqli ravishda shaxs rivojlanishining izchillik qonuniyatlariga bo‘ysunadi. Shu sababli ham o’rganilaytgan mavzu bungi kun uchun muhim sanaladi. Kurs ishining obyekti bu yoshlar o’rtasida vujudga keladigan turli xil nizolar va muammolar bo’lip, predmeti aynan maktab yoshidagi bolalarda sodir bo’ladigan konfliktlar haqidadir. Kurs ishi mavzusining o’rganilganlik darajasi. Umumta’lim maktab o‘qituvchilari konfliktologik muammolar bo‘yicha ilmiy adabiyotlarda mavjud ishlanmalar sinf rahbarlarining konfliktologik chuqur bilimga egalik qonuniyatlarini yaratish uchun nazariy va amaliy qiziqishga ega bo‘lishlari lozim. Professional kompetentlik (chuqur bilimga egalik) borasida falsafa fanlari doktori, professor Viktor Maksimovich Shepel ishlari diqqatga sazovordir. Muallif turli jamoalarning o‘zaro munosabatlarini o‘rganib, har qanday darajadagi jamoat rahbari o‘zaro turli shaxslar orasidagi tortishuvlarni bartaraf etishni bilishi, mojaroli vaziyatlarni hal qila olish bo‘yicha zaruriy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozim deya ta’kidlaydi. Mamlakat konfliktologiyasi rivojiga ruhshunoslar A.Ya.Ansupov hamda I.A.Shipilovlar katta hissa qo‘shishgan. Mualliflar konfliktogiyaning nazariy asoslari va ularning amaliy qo‘llanilishini o‘rgangan holda turli xil sohalardagi odamlarning o‘zaro munosabatlari orasidagi mojarolar xususiyatlarini va paydo bo‘lishi sabablarini o‘rganib, shaxslararo va turli xil shaxslar o‘rtasidagi mojarolarni hal etish hamda ulardan ogohlantirishning bir qator uslublarini belgilab berishdi. Pedagogik konfliktologiya rivojida ruhshunos M.M.Ribakova tadqiqotlari katta ahamiyat kasb etadi. Muallif pedagogik jamoa ichida turli xil munosabatlarni o‘rganib, “o‘qituvchi – o‘quvchi” ko‘rinishidagi muammolarga katta ahamiyat qaratadi, maktab hayotidan mojaroli vaziyatlarni misol qilib ko‘rsatadi hamda ularning asosiy sabablarini ochib beradi. M.M.Ribakova mazkur guruh munosabatlarini tahlil qilib, barcha mojarolarning asosiy sababchisi o‘qituvchining o‘zi ekanligini ta’kidlaydi. Shu munosabat bilan o‘quvchilar bilan normal munosabatni yo‘lga qo‘yish uchun pedagog mojarolarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozim. Pedagogik konfliktologiya rivojiga S.V.Banikina tadqiqotlarga sezilarli xissa qo‘shdi. Muallif maktab jamoasidagi mojarolarning vujudga kelishidagi umumiy va o‘ziga xos sabablarini ajratib berdi, pedagogik mojarolarning toipalogiyasini ishlab chiqdi hamda o‘quv tarbiya jarayonidagi ishtirokchilar orasidagi turli xil mojarolarni hal etish bo‘yicha tavsiyalarni taqdim etdi. S.V.Bakinova o‘z ishlarida pedagog uchun konfliktologik bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishning muhimligiga katta e’tibor qaratadi. Pedagogik konfliktologiya ilmiy-amaliy qiziqish pasaymagan ligi rossiya ta’limining zamonaviy bosqichlari sohasida uning nihoyatda dolzarbligini ko‘rsatib turibdi. So‘nggi vaqtlarda pedagogik konfliktologiya sohasidagi dissertatsiya ishlari miqdori sezilarli ortdi. Tadqiqotchilar maktabgacha ta’lim muassasasi jamoasidagi mojarolarni (I.V.Safranova); katta sinf o‘quvchilari orasidagi bahs va tortishuvlarni (G.E.Grigoreva, A.A.Kuzina); umumta’lim maktablari pedagoglarining konfliktologik bilim larini shakllantirish bo‘yicha muammolarni o‘rganishdi. Shu bilan birga 1990-2000 yillardagi nashr etilgan psixologik-pedagogik adabiyotlarning yuzdan ortiq birligi kontent-tahlili muammolarini hal etish masalalarining asosiy qismi umumiy konfliktologiya masalalarini hal etishga qaratilganini ko‘rsatdi. Pedagogning konfliktologik qobiliyatiga bor-yo‘g‘i 8% ish bag‘ishlangan. Bunda sinf rahbarining konfliktologik chuqur bilimga ega bo‘lishi ulardan birortasida ham ko‘rsatib berilmagan. O‘zbekiston Respublikasida yoshlarni har tomonlama komil insonlar qilib tarbiyalash, konfliktologik kayfiyat va xususiyatlarni o‘rganish bo‘yicha o‘qituvchining kasbiy, axloqiy fazilatlarini shakllantirish, rivojlantirishning ilmiy-nazariy masalalari bo‘yicha pedagog va psixolog olimlardan O.Musurmonova, S.Nishonova, H.Rashidov, G.To‘ychieva, E.Asadova, G.Berdiev, V.Karimova, E.G‘oziev, N.Egamberdieva, R.Z. Jumaev, X.Ibragimov, M.Otaqulov, B.Xodjaev, P.Ergashev, A.Muxsieva, M.Umarova, R.Musurmonov singari olimlarning ilmiy kuzatishlari shular jumlasiga kiradi. Download 315.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling