I bob. Korreksion pedagogika va psixologiyada maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarning nutqini rivojlantirish muammolari


Download 75.32 Kb.
bet15/21
Sana09.06.2023
Hajmi75.32 Kb.
#1467287
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21
Bog'liq
Aqli zaif bolalardagi nutq nuqsonlarini korreksialashda òyin faoliyatining ahamiyati

O‘yinning borishi: Defektolog koptokni bolaga otadi va “uy” so‘zini aytadi, bola koptokni qaytarib otadi va “uylar” so‘zini aytadi. 5-8 tagacha bo‘lgan so‘zlar o‘yin davomida nomlanishi lozim.
Ushbu o‘yinda bola harakat va so‘zni bir-biri bilan uyg‘unlashtirishni ham o‘rganadi. O‘yinni butun ta’lim jarayonida takroran o‘ynab turish tavsiya etiladi.
Chunki maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarning xotirasi sust, diqqati tarqoq bo‘ladi. Qayta-qayta takrorlanishi natijasida bolada bu so‘zlarning ko‘plik va birlikdagi shakllari yanada mustahkamlanib boradi.
Ushbu so‘zlardan keyinchalik ham o‘z hayotida foydalanish ehtiyojini paydo qiladigan holatlarni yaratish samarali usullardan biri hisoblanadi.
So‘z yasashda kelishik qo‘shimchalaridan to‘g‘ri foydalanish, “Kiyimlar” mavzusiga doir leksik zahirani boyitish maqsadida “Bu kimning kiyimlari, o’ylab top?!” o‘yinini tavsiya etamiz.
Didaktik materiallar ro‘mol o‘ragan buvi, xalat qiygan ona, po‘stindagi qizaloq, bosh kiyimli amaki va shunga o‘xshash boshqa odamlarning tasviri tushirilgan rasmlar. Shuningdek, ushbu kiyimlarning alohida tasvirlangan rasmlari: ro‘mol, xalat, bosh kiyim, po‘stin va b.
O‘yinning borishi: bolalar rasmlarni ko‘rib chiqadilar. Defektolog predmetlardan birini nomlaydi. Bolalar esa ushbu kiyim kimga tegishli ekanligini aytadilar.
- Bu buvijonimning ro‘moli, bu onamning xalati, bu qizaloqning po‘stini va h.k.
Ushbu o‘yinda bolaning nafaqat lug‘at boyligini oshirish, grammatik jihatdan kelishik qo‘shimchalardan to‘g‘ri foydalanish malakalariga ega bo‘lish, balki mantiqiy fikrlash, tafakkur boyligi ham bir vaqtning o‘zida rivojlanishini guvohi bo‘lish mumkin. Ushbu o‘yinda “Kiyimlar” mavzusi tanlangan, huddi shu tarzda boshqa mavzular bilan tanishtirishda ham shu o‘yindan foydalanish mumkin.
Misol uchun “Hayvonlar” mavzusini tanlab olaylik. O‘yin “Bu kimning dumi, o‘ylab top?!” deb nomlanadi.
O‘yinning borishi: bir qatorda hayvonlarning dumsiz holda tasvirlangan rasmlari, ikinchisida dumlarning alohida aks etgan rasmlar qo‘yiladi. Defektolog biron-bir hayvonga tegishli dumni ko‘rsatadi. Bola dum qaysi hayvonga tegishliligini aniqlab olganidan so‘ng, hayvonni nomlaydi (“Bu tulkining dumi”).
Ushbu o‘yinda “Hayvonlar” mavzusiga doir so‘zlar bolaning leksikonini boyitish bilan birga, mantiqiy fikrlash rivojlanadi, tafakkurning muntazam charxlanib borishi natijasida, oldingi o‘yinga nisbatan topshiriqni bajarish tezligini oshganligini kuzatish mumkin. Shu kabi yana bir nechta o‘yinlarni keltirishimiz mumkin.

Download 75.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling