I bob. Korreksion pedagogika va psixologiyada maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarning nutqini rivojlantirish muammolari


“Bu narsalar kimga kerak?” o‘yini


Download 75.32 Kb.
bet16/21
Sana09.06.2023
Hajmi75.32 Kb.
#1467287
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
Aqli zaif bolalardagi nutq nuqsonlarini korreksialashda òyin faoliyatining ahamiyati

“Bu narsalar kimga kerak?” o‘yini


Maqsad” bolalarning grammatik jihatdan gapni to‘g‘ri tuza olish hamda lug‘at boyligini oshirish, mantiqiy tafakkurini charhlash.
Rasmlar: tayoqchasiz o‘qituvchi, cho‘tkasiz bo‘yoqchi, qaychisiz sartarosh, miltiqsiz ovchi, qarmoqsiz baliqchi, tarozisiz sotuvchi va h.k., shuningdek, ularga yetishmaydigan predmetlar rasmi alohida kartochkalarda taqdim etiladi.
O‘yinning borishi: Bolalar bu rasmlarni ko‘rib chiqib navbat bilan kimga nima kerakligini aytib chiqadilar. (o‘qituvchiga tayoqcha kerak, qarmoq baliqchiga kerak).
Mehmonlar” o‘yini Maqsad:
Jihoz: Turli xil noz-ne’matlar (mulyaj) bilan to‘lgan dasturxon: olma, baliq, sabzi, suyak, qo‘ziqorin va h.k. (Har bir MMTM da shunday burchak bo‘lishi shart).
Defektolog ko‘rsatmasi: “Ayiqpolvon mehmonlarni kutyapti. Likobchalarda u o‘zining o‘rtoqlariga atab noz-ne’matlar qo‘yibdi. Nima deb o‘ylaysiz bu noz-ne’matlar qaysi mehmonlarga atalgan? Sabzini kimga beramiz?
(sabzini quyonga beramiz) va h.k.”.

“Jonivorlarga o‘z uylarini topishga yordam ber” o‘yini


Ikki qator rasmlar taklif qilinadi: bittasida hayvonlar, ikkinchisida ularning inlari tasvirlangan. Defektolog bolalarga hayvonlarga o‘z uylarini topishga ko‘mak berishlarini, kim qayerda yashashini eslashni taklif qiladi. Savollarga javob berib turib, ular hayvonlar rasmini o‘z uychalari oldiga qo‘yib chiqadilar.

“Kichkina va katta” o‘yini


O‘yin maqsadi: so‘z yasovchi qo‘shimchalar yordamida otlarni kichraytirib-erkalatib nomlay olish malakalarini bolalarda shakllantirish.
Jihozlar: katta va kichik predmetlar yoki bo‘lmasa ularni ifodalovchi rasmlar.
O‘yinning borishi: qizil doirachalar - katta va kichik. Defektolog ularni nomlashni taklif qiladi: bu katta doira, bu kichik doira. Endi u katta va kichik so‘zini ishlatmasdan rasmlarni nomlashni buyuradi.
Bu? (kichik doiraga ko‘rsatadi)
Bolaning javobi: doiracha
Bunisichi? ( katta doira ko‘rsatiladi) Bolaning javobi: doira.
Defektolog: menga rasmlarni tartiblashtirishga yordam ber. Kichik predmetli rasmlarni doiracha ostiga, katta predmetli rasmlarni doira ostiga berkitgin.
U kichik va katta predmetlar tasvirlangan rasmlarni aralashtirilgan holda patnisga solib, bolaning oldiga qo‘yadi, hamda bolaning mashqni bajarish usulini kuzatadi. So‘ngra oldin katta keyin kichik predmetli rasmlarni nomlashni taklif etadi.

Download 75.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling