I bob korxonani avtomatlashtrishning ahamiyati va zarurati 10


Download 4.31 Mb.
bet1/20
Sana03.08.2023
Hajmi4.31 Mb.
#1665028
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Diplom ISH A,Dastonbek




MUNDARIJA:


KIRISH 5
I BOB KORXONANI AVTOMATLASHTRISHNING AHAMIYATI VA ZARURATI 10
1.1Korxonalar faoliyatida raqamli texnologiyalardan foydalanish 10
1.2. Ishlab chirish jarayonlari samaradorligini oshirishda raqamli texnologiyalardan foydalanish 20
1.3Korxonalarda avtomatlashtirilgan ish о‘rnilarini (aiо‘) loyihalashni tashkil etish xususida 27
II BOB. Key Performance Indicator (KPI) orqali xodimlar nazoratini amalga oshirish va samaradorlik ko’rsatkichlarini aniqlash 33
2.1KPI tizui haqida umumiy tushuncha 33
2.2Kpi - xodimlar faoliyati samaradorligini baholashning zamonaviy tizimi 38
2.3Korxona va tashkilotlarda elektron tabel va samaradorlikning muhim ko’rsatkichini belgilash 44
INSIDER dasturi 53
XULOSA VA TAKLIFLAR 74
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 76


KIRISH


Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi: Zamonaviy sharoitlarda iqtisodiy jarayonlarni raqamlashtirish va axborot texnologiyalari faoliyatning barcha sohalariga kirib borмоqdа. Yangi O‘zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasida ham raqamli iqtisodiyotni iqtisodiy rivojlanishning asosiy "drayveri"ga aylantirish va uning hajmini kamida 2,5 baravar oshirish rejalashtirilgan. Dasturiy ta’minot ishlab chiqarish hajmini 5 barobar, ularning eksportini 10 barobar 500 million dollarga yetkazish vazifasi belgilandi. [1] Ushbu vazifalarni bajarishuchun raqamli iqtisodiyotni keng joriy etish va uni qoʻllab-quvvatlash borasida keng koʻlamli chora-tadbirlar belgilandi va mazkur vazifalar ijrosi oʻlaroq, mamlakatimizda yangi elektron hujjat aylanishi tizimlari joriy etilmoqda, elektron toʻlovlar rivojlantirilmoqda va elektron tijorat sohasidagi normativ huquqiy baza takomillashtirilmoqda, elektron infratuzilma va tijorat shakllantirilmoqda, iqtisodiyotning barcha jabhalarida raqamli transformatsiyaga oʻtilishi qadamma-qadam amalga oshirilmoqda.
Ishlab chiqarish jarayonlariga raqamli texnologiyalarning kirib borishi bilan korxonalarning raqobatdosh ustunlik manbalariga, ularning faoliyati va boshqaruvining samarali kontseptsiyalariga yangi talablar qo'yilmoqda. Raqamli iqtisodiyotga o‘tishning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni prognozlash, shuningdek, salbiy oqibatlarni minimallashtirish bo‘yicha yechim va takliflar ishlab chiqish korxona faoliyatini tashkil etishning asosiy shartiga aylanmoqda. Sanoat korxonalarida mavjud resurslar va biznes-jarayonlarni samarali boshqarishning innovatsion texnologiyalar va biznes jarayonlarini optimallashtirish usullariga asoslangan tizimi raqobat ustunligiga erishishning muhim jihati hisoblanadi.
Shunday ekan, raqamlashtirish sharoitida korxonalarda ishlab chiqarishni tashkil etishning xususiyatlarini o'rganishsh va raqamli transformatsiya jarayonini amalga oshirish algoritmini shakllantirish ob’ektiv zaruriyat sifatida maydonga chiqali.
Kpi nima va u nima uchun muhim?
Raqobat kuchayib borayotgan zamonaviy bozor iqtisodiyotida inson resurslaridan samarali foydalanishning ahamiyati kundan kunga ortib bormoqda. Shu munosabat bilan tashkilot (muassasa, korxona)lar va xodimlar faoliyati samaradorligini baholashga alohida e’tibor qaratish lozim. Xalqaro tajribada eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichi “KPI” Key Performance Indicator orqali baholana boshlandi. Bundan kelib chiqmoqdaki, samaradorlik tashkilot tomonidan ma’lum bir vaqt ichida maqsadlarga erishish evaziga erishilgan natijalarga bog’liq.1
Asosiy tushunchalar
“Eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari” (KPI) kompaniya samaradorlik darajasini kompaniya qo`ygan maqsadlar bilan ” – nisbatni o`lchab beradi
KPI turli ko`rinishlari mavjud, masalan moliyaviy bo’lishi mumkin, shu jumladan sof daromad, ma’lum xarajatlarni hisobga olmaganda daromad yoki joriy nisbatda bo`ladi.
KPI odatda mijozlarga yo`nalatirilgan bo`ladi, ya’ni mijozlarning ehtiyojini qondirish va mijozlarni ushlab turishga qaratilgan.
Umuman olganda, korxonalar KPI ni biznes dasturiy ta’minoti va hisobot berish vositalari bilan o’lchaydilar va kuzatib boradilar.
KPI tizimining avzalliklari.
KPI ya’ni “Key Performance Indicator” o`zbek tiliga tarjimasi “Eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari”. ya`ni qo`yilgan maqsadga belgillangan vaqt ichida qanday darajada erishganlikni ko`rsatib beruvchi tizim hisoblanadi. KPI tizimini turli joylarda uchratishingiz mumkin, lekin insonlar har doim ham undan to`g`ri foydalana olmaydi. Inson resurslaridan qay darajada to`g`ri foydalana olishiga qarab samaradorlik darajasi oshadi. Bunda xar bir to`gri taqsimlay olinga ish, xodim kompaniya uchun foyda olib keladi. KPI ning muhim tarafi shundaki, bu tizim sizga shu kungacha ish faoliyatingizning muvoffaqiyatlarini ko`rsatib beradi va sizga kelajakda qanday maqsadlarni qo`yishni ko`rsatib beradi.
Eslatma !
Agarda siz bu tizimni to`g`ri taqsimlay olsangiz va qo`yilgan maqsadlarga erisha olsangiz bu tizim sizga rivojlanishga yordam beradi.
KPIlarni qanday o’lchaysiz?
Bu o’lchanayotgan haqiqiy KPIga bog’liq. Umuman olganda, korxonalar biznes-tahlil dasturlari va hisobot berish vositalari orqali KPI ni o’lchaydilar va kuzatib boradilar. Bu ishonchli manbalar orqali ma’lumotlarni to’plash, ma’lumotlarni xavfsiz saqlash, tahlil qilish uchun formatni standartlashtirish uchun ma’lumotlarni tozalash va haqiqiy sonlarni o’z ichiga oladi. KPI ko’pincha vizualizatsiya yoki hisobot dasturlari yordamida xabar qilinadi.

Download 4.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling