I bob. Linux server haqida asosiy tushunchalar


Download 3.43 Mb.
bet1/8
Sana15.09.2023
Hajmi3.43 Mb.
#1678823
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
LSB 1-BOB


I BOB. LINUX SERVER HAQIDA ASOSIY TUSHUNCHALAR
1.1. Linux server boshqaruvi tarixi, asosiy tamoyillari
Operatsion tizimlar hozirgi kundga kelib foydalanuvchiga keng qulayliklar yaratib bermoqda. Ularning turi, versiyalaridan qattiy nazar interfeysi sodda va tushunarli holatga keltirilgan. Bu esa operatsion tizimlarni rivojlanganligi va bundan keyin ham rivojlanishi, yanada qulayliklar, tushunarli bo’lishidan darak beradi. Hozirgi kunda operatsion tizimlar ochiq kodli va yopiq kodli turlarga ajratiladi. Ochiq kodli operatsion tizimlarga Linux, Unix, Dopix kabilarni misol keltirishimiz mumkin. Yopiq kodli operatsion tizimga Windows operatsion tizimlarini keltirishimiz mumkin.
UNIX OT lar oilasi. UNIX, eng yaxshi amalga oshirilgan, multidasturli va va ko’pfoydalanuvchili oddiy opretasion tizimdir. O‘z vaqtida, u, dasturiy ta’minotni ishlab chiquvchi instrumental tizim sifatida loyihalashtirilgan edi. UNIXning har xil xususiyatlarga ega bo‘lgan versiyalari, uning qiymatini oshiradi. Birinchi versiyasi, juda kichik operativ xotiraga ega bo‘lgan, kompyuterlarda foydalanish mumkin bo‘lgan bo‘lsa, uning ikkinchi versiyasini ishlab chiqishda, mutaxassislar, assembler tizimidan voz kechib, nafaqat tizimli, balki amaliy dasturlarni ham ishlab chiqish mumkin bo‘lgan, yuqori darajali tilni (stili) ishlab chiqdilar. Shuning uchun ham nafaqat UNIX tizimli, balki unda bajariluvchi ilovalar ham yengil ko‘chirib o‘tkaziluvchi (mobil) xususiyatiga ega bo‘ldi. C tilidan o‘tkazuvchi kompilyator, hamma dasturlarga, tizimdagi resurslardan samarali foydalanish imkonini beradigan kodni beradi.
1980 yillarda paydo bo’lgan Microsoft operatsion tizimi bilan qurollangan shaxsiy kompyuterlar 1990 yillarga kelib kompyuter bozorida ustunlikka erishdi shaxsiy kompyuterlarning texnik imkoniyetlari yetarli quvvatga ega bo`lmay Unix turli tizimlarini bunday kompyuterlarda qo`llab bo`lmas edi. Modomiki, shaxsiy kompyuterlarning imkoniyatlari shiddatli ravishda kengayar ekan, bunday kompyuterlar uchun Unix turli tizimlari paydo bo`lishi tabiiy hol bo’lgan 1987 yili Linux tizimining yaratilishiga o’ziga xos hissasini qo’shgan Gollandiyalik professor Andro Tanenbaum Unix turli tizimlarini yaratadi. Tizimga muallif Minix nomini berib, uni shaxsiy kompyuterlarda o’quv quroli sifatida ishlatishni tavsiya qiladi. Albatta, Minix mukammal va benuqson operatsion tizim bo’lmagan,lekin uning dastlabki kodi ochiq bolib, Tanenbauming “operatsion tizimlar” kitobini tizimning ishlash jarayonlarini batafsill yoritilgan. Bu esa operatsion tizimni o`rganishni xohlivchilar uchun bebaho o`quv qo’lllanma bo’lgan, shuning uchun Yevropa oliygohlarining talabalari bosh ko`tarmay Minix tizimining 12 000 keltirilgan satr kodini astoydil o`rganishgan. Shunday talabalar qatori Linus Torvalds bo`lgan.

1.1-rasm. Professor A.Tanenbaum va uning kitobi.
Linus Benedikt Torvalds (1969 yil tug’ilgan) Finlandiya poytaxti Xelsinki Universiteti kompyuter fanlari fakultetining talabasi bo`lib, professor Tanenbaum kitobini sotib olgan. “Tasoddifiy inqilobchining hikoyasi” xotiranomasida Linus: “Kirish qismini o`qiganimdayoqq, Unix mohiyatiga tushinib uni qudratli, mustahkam va guzal operatsion tizim ekanligiga iqror bo`lganman, hamda o`sha zahotiyoq Unix ishlay oladigan kompyuter sotib olgim kelgan,” – deb yozadi.
1991 yili Linus bo'lib-bo'lib tolash sharti bilan Intel 80386 prosessri asosida yangi kompyuter sotib oladi. Kompyuterga Minix Operatsion tizimini o’rnatib miriqib bir oy o’rganadi, lekin foydalanish jarayonida unda tizimning ishlashiga juda ko’p shikoyatlar paydo bo’ladi. Ulardan asosiysi masofadan ishlab malimot kirituvchi terminal qismidir. Bu qism yordamida Linus uyidan universitet kompyuteriga ulanib, yangiliklar uqimoqchi bo’lgan. Bu muommoni yechish uchun yosh haker o’zining terminali, shaxsiy dasturini yozishga kirishadi. U Minix tizimiga tayanmagan holda, kompyuterning apparat qismlariga muofiq yangi, mustaqil dastur yaratadi. Modomiki, yana fayllarni universitetdan uyga tortib olmoqchi bo`lganligi sababli, yo’l-yo’lakay yangi fayl tizimini yaratadi.



1.2-rasm. Linus Torval’ds
Minix tizimida nafaqat masofada kiritish qismi yomon ishlar, balki ishlayotgan dasturni vaqtincha foydalanmasdan, boshqa dasturni ishga tushirish imkoniyati ham yo’q edi. Tizimning bu kamchiligni to’g’irlash uchun Linusga boshqa haqiqatdan yang operatsion tizim tuzish kerak bo’ladi. Dastlab, u sistemali chaqiruvchilarni (yangi tizim qismlarini) ketma-ket dasturlashga urinadi. Lekin malimot yetishmaganligi va chaqiruvchilar ko’pligi sababli Linus ishni uddalay olmay, o’zining operatsion tizimining yadrosi bilan bilan Internetda erkin tarqaliyayotgan bosh-buyruqlar qobiq dasturini ishga tushirmoqchi bo’ladi. qobiq dastur ishga tushayotgan vaqtda tizimning kerakli qismiga murojaat qilinganda to’xtab qolishi sodir bo’lgan. Bu holda yosh hakker o’zi yaratgan tizimning yetishmovchi qismini aniqlab, yasagan. Natijada, ish juda qiziqarli jarayonda olib borilib, 1991 yilning avgust oyi oxirlarida qobiq dasturi ishga tushadi. Bu natija juda katta ahamiyatga ega bo’ladi, chunki Linus murakkab qobiq dasturini ishga tushirgach, yana bir necha kerakli dasturlarni yasashga muvofiq bo’ladi. Shunday qilib, yangi operatsion tizimning asoslari tayyor bo’ladi.
1991 yil 25 avgustda Torval’ds o`zining tajribalari haqida comp.os.minix konferentsiyaga xabar beradi:
Xabarda Linus bepul operatsion tizimni yaratgani,qanday dasturlar tayyorlaganligi va yana qanday dasturlar kerak bo`lishi haqida maslahat so’rab yozadi. 17 sentyabr kuni esa serverga erkin ko’chirish uchun yangi tizimning 0.01 raqam bilan nomlaydi. Linus operatsion tizimga FREAX nomini bermoqchi bo’lganda, Ari Lemke FTP serverida boshqalar ko’chirishlari uchun qo’yilgan tizimning fayllar jildiga pub/OS/Linux deb nom beradi. Keyinchalik ayni shu tizimni Linux(Linuks) nomi bilan atashadi.
1992 yilning fevral oyida Linus, qiziqishga, Linuks tizimni ishlatgan ishlatayotgan foydalanuvchilarga pochta orqali ochiq xat jo’natishlarini so’raydi. Natijada, dunyoning har tomonidan yuzlab ochiq xat keladi. Linuksning ishqibozlari Yangi Zellandiya, Yaponiya, Gollandiya, AQSH mamlakatlarida borligi ayon bo’ladi. Linuks yadrosi barcha xoqlovchilarga GNU GPL litsenziyasi ostida tarqatilgani sababli, tizimning muxlislari keskin ravishda ko’payib boraveradi. Loyiqaning boshida Linusga yuzlab, keyin minglab, keyinroq esa yuz minglab ko’ngilli yordamchilar tizimni yaxshilashga ko’mak bera boshlaydi. Linuks GNU loyihasining doirasiga kirib, juda ko’p dasturlar bilan to`ldiriladi va xakerlar o’yinchoqidan amalda qo’llaniladigan jiddiy operatsion tizimga aylanadi. hozirgi kunlarda yangi operatsion tizimning nomi “GNU/Linux” deb ham atalmoqda.

1.3-rasm. Linus Benedikt Torval’ds
1996 yil Internetda bir necha Linuks foydalanuvchilari yangi operatsion tizimning emblemasini (tamg`asini) tanlashni taklif qilishadi. Maslahatlashish jarayonida Torval’ds pingvinlarni yoqtirishini bildirganida bahslashuv to`xtatalib, faqat pingvin hayvonining tasvirlari tanlovda qoldiriladi. Linus xohishi bo`yicha emblemada pingvincha qorni to`q va baxtli ko`rinishda bo`lishi kerak. Texas shtati universitetining ilmiy xodimi Larri Ivingning (Larry Ewing) grafikasi tanlov g`olibi deb topilgan. Tasvir yaratilishi haqida batafsil ma`lumot olish uchun Internetning quyidagi sahifasini tafsiya qilishadi: http://www.sjbaker.org/tux/.

1.4-rasm. Larri Iving
Shunday qilib, rasman Linuks operatsion tizimning emblemasi bo`lib “Tuks” (Tux) nomli pingvincha qabul qilingan. Pingvinglar xuddi nimcha, jilet kiyganday bo`lganliklari uchun emblemadagi tasvirga Tuks – tuxedo (inglizchadan – “jilet”) nomi berilgan. Lekin boshqa tushuntiruvi ham mavjud: (T)orvalds (U)ni(X) --> TUX!

1.5-rasm. TUX – Linuks emblemasi.

Download 3.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling