I bob. Linux server haqida asosiy tushunchalar
Erkin va ochiq kodli dasturiy ta'minot
Download 3.43 Mb.
|
LSB 1-BOB
- Bu sahifa navigatsiya:
- Erkin dasturiy taminot fondi.
- Linux yoki GNU/Linux
- 1.3. Linux server boshqaruvi tizim platformasi va arxitekturasi
Erkin va ochiq kodli dasturiy ta'minot. Bu dasturiy ta'minotni ishlab chiqarishning shunday usuliki, unda dasturlarning yaratilayotgan dastlabki kodi ochiq, ya'ni barchaning ko'rib chiqishi va o'zgartirishlar kiritishi uchun ochiq bo'ladi. Ochiq dasturlarning dastlabki kodlari yoxud jamoat mulki ko'rinishida, yoxud “erkin” litsenziya shartlarida – kodga hamisja kirish mumkinligi va u dasturiy ta'minot bilan birga tarqatilishi talab qilinadigan, masalan, GNU General Public License kabi, ko'rinishda ishlab chiqariladi. Ochiq dasturiy ta'minot va erkin dasturiy ta'minot g'oyalarining yaqinligi va tushunchalari bir-birini o'zaro to'ldirib turishlarini hisobga olib, ular “erkin va ochiq kodli dasturiy ta'minot” (EOKDT) umumiy tushunchasi ostida ko'riladi.
Erkin dasturiy ta'minot fondi. Notijorat tashkilot, 1985 yil oktyabr oyida Richard Stollmen tomonidan erkin dasturiy ta'minot g’oyasini hamda GNU loyihasini qo’llash uchun tashkil qilingan. Tashkil qilingandan beri to 1990 yillar o'rtalarigacha jamg'arma mablag'lari birinchi navbatda dasturchilarni yollashga va erkin dasturlarni yozishga ishlatilgan. 1990 yillarning o'rtalaridan to oxirigacha, erkin dasturining uchun hozirda fond ishchilari va volontyorlari asosan erkin DT sohasidagi yuridik va tashkiliy savollar bilan ishlashadi. Linux yoki GNU/Linux? Linux operastion tizimi haqida gapirilganda uni Nan Linux, ba’zida GNU/Linux deb nomlashadi. Aslini olganda Linux bu operatsion tizimning yadrosidir. Ushbu operatsion tizimni ishlashini ta’minlovchi ko’pgina dasturlar GNU dasturiy ta’minoti hisoblanadi. GNU bu Unix emas degan ma’noni beradi va u Linux uchun foydalanish mumkin bo’lgan barcha dasturiy ta’minot, tahrirlovchi dasturlar, kompilyatorlar, ishlab chiqarish vositalari, utilitlar, paketlar va boshqa barcha yangiliklar mutlaqo bepul bo’lishi kerak deganidir. Shunday ekan operatsion tizimni GNU/Linux deb nomlash to’g’riroq bo’ladi, Linuks termini esa uning yadrosiga nisbatan ishlatish mumkin. 1.3. Linux server boshqaruvi tizim platformasi va arxitekturasi Bu tizimni ishlab chiqishda birinchi asosiy maqsad soddalikka erishish va funksiyalarni minimal miqdori bilan ish olib borish edi. Hamma real muammolar, foydalanuvchi dasturlarga qolidirildi. Ikkinchi maqsad esa - umumiylikdir bu degani ko‘p hollarda, bir xil usul va mexanizmlardan foydalanishlik xususiyati, m-n: - fayllarga, kiritish-chiqarish qurilmalari va jarayonlar aro ma'lumotlar buferiga murojaatlar, bir xil primitivlar yordamida bajariladi; - nomlovchi, alternativ nom beruvchi va xuquqsiz (nesanksionirovanniy dostup) murojaat mexanizmlari, ham ma'lumotlar fayllariga, ham katalog va qurilmalarga ham ishlatiladi; - bir xil mexanizmlar, ham dasturli, ham integrallanuvchi uzilishlarga nisbatan ham ishlatiladi. Uchinchi maqsad esa, murakkab masalalarni yechishda, mavjud kichik dasturlardan birgalikda foydalanib, ya'ni ularni yangidan ishlab chiqmasdan yechish imkoniyatini yaratish edi. Va nihoyat 4-chi maqsad esa, nafaqat protsessor vaqti, balki qolgan boshqa resurslarni ham taqsimlovchi, samarali mexanizmli-multiterminal OT ni yaratishdan iborat edi. Multiterminal OTlarda, birinchi o‘rinda, hisoblash jarayonlarini boshqa hisoblash jarayonlari aralashuvidan himoya masalalari turadi. UNIX OTi, fayl tizimiga bog‘liq bo‘lmagan kuchli va sodda komanda tiliga egadir. Bunday imkoniyatni amalga oshirishning eng muhim hususiyati, shundan iboratki, bir dastur natijasi, ikkinchi dastur uchun boshlang‘ich ma'lumot bo‘lishi mumkin. Bu degani, katta dastur kompozitsiyalari, mavjud kichik dasturlar yordamida yaratilishi mumkinligidir. Bunda yangi dastur yaratishga xojat yo‘qligidir. UNIX-tizimi tizimli va amaliy dasturlariga, matn redaktorlari, komanda tilining dasturlovchi interpretatorlari, bir nechta ommaviy dasturlash tillari kompilyatori (S, S++, assembler, PERL, FORTRAN va h.k.lar), kompanovkachilar (dasturlararo aloqa redaktorlari), sozlovchilar (otladchiki), ko‘psonli tizimli va foydalanuvchi dasturlari kutubxonasi, ma'lumotlar bazasini yuritish va ajratish vositalari, ko‘p sonli administrlovchi va xizmat qiluvchi dasturlar kiradi. Bu dasturlarning anchayin qismi uchun xujjatlar mavjud bo‘lib, dastur matnlari yaxshi izoxlangandir. Bundan tashqari, xujjat va tavchiflardan foydalanuvchi interaktiv rejimda foydalana olish mumkin. To‘liq himoyaga ega bo‘lgan fayl tizimidan foydalaniladi, qurilmalar mustaqilligi ta'minlanadi. UNIX tizimi markaziy qismi-yadrodir (kernel). U ko‘p sonli modullardan iborat bo‘lib, arxitektura jihatdan monolit hisoblanadi. Ammo, yadroda har doim 3 ta tizimni ajratish mumkin: jarayonlarni boshqarish; fayllarni boshqarish; markaziy qism va priferik qurilmalar o‘rtasida kiritish va chiqarish amallarini boshqarish. Jarayonlarni boshqarish tizimi jarayonlarni dispetcherlash, va bajarishni, ularni sinxronlashtirishni va har turli jarayonlar aro aloqani tashkil etadi. Jarayonlarni boshqarish asosiy funksiyasi - bu operativ xotirani boshqarish va (zamonaviy tizimlar uchun) virtual xotirani tashkil etishdir. Fayllarni boshqarish tizimi, jarayonlarni boshqarish tizimi bilan ham, drayverlar bilan ham qat'iy bog‘langandir. Kompyuter tarkibidagi qurilmalarga va yechilayapgan masalalarga qarab, yadro qayta kompilyatsiya qilinishi mumkin. Hamma drayverlar ham yadro tarkibida bo‘lmasligi mumkin, bir qismi yadrodan chaqirilishi mumkin. Bundan tashqari, tizimli funksiyalarining juda ko‘pchiligi, yadroga kirmaydigan, ammo yadrodan chaqiriladigan tizimli dastur modullari yordamida bajariladi. Yadro, boshqa tizimli modullar bilan bajarishi kerak bo‘lgan funksiyalar qat'iy ravishda standartlashtirilgan. Yuqorida aytilganlar hisobiga, UNIX ning turli versiyalari va turli apparat ta'minoti o‘rtasidagi kodlarni ko‘chirib o‘tkazuvchanlikka erishiladi. Linux bu zamonaviy UNIX ga o‘xshash, POSIX standartini qondiruvchi shaxsiy kompyuterlar va ishchi stansiyalar uchun yaratilgan OT dir. Linux bu erkin tarqatiladigan UNIX - tizimi versiyasidir. Bu tizimni Linux Torvald ishlab chiqqan bo‘lib, u kodlarni ochiq qilib yaratish shartini taklif qildi. Ixtiyoriy foydalanuvchi kodday foydalanishi va o‘zgartirishi mumkin, ammo bu holda albatta u tizimning modullariga kiritgan kodini ochiq qoldirishi shart. Tizimning hamma komponentalari (hatto berilgan matnlar ham) erkin nusha olish va chegaralanmagan sonli foydalanuvchilarga o‘rnatish sharti bilan, litsenziyali tarqatiladi. Shunday qilib, Linux tizimi ko‘p sonli dasturchilar va internet orqali bir-biri bilan muloqot qiluvchi UNIX tizimi fidoyilari yordamida yaratildi. Boshida Linux tizimi, “qo‘lbola” UNIX ga o‘xshash tizimi sifatida i80 386 protsessorli IBM PC tipidagi mashinalarga mo‘ljallangan edi. Ammo keyinchalik Linux - shu darajada ommaviylashib ketdiki, ularni shu darajada ko‘p komaniyalar qo‘llab-quvvatladiki, hozirgi vaqtda bu operatsion tizimning amaldagi versiyalari deyarli hamma tipdagi protsessor va kompyuterlar uchun ishlab chiqildi. Linux asosida superkompyuterlar ham yaratilayapti. Tizim klasterlashtirish, zamonaviy interfeys va texnalogiyalarni qo‘llaydi. Linux - ko‘p masalali, ko‘p foydalanuvchili to‘la qonli operatsion tizimdir (xuddi UNIX boshqa versiyalari kabi). Bu, bir vaqtning o‘zida, bitta mashinada, ko‘p foydalanuvchilar, parallel holda, ko‘pgina dasturlarni bajargan holda ishlashi degan so‘zdir. Download 3.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling