I bob. Maktabgacha ta’lim jarayonida bolalar nutqini o’stirishning nazariy asoslari 1


Maktabgacha ta’lim muassasasida nutqni rivojlantirish vositalari va usullari haqida ma’lumot


Download 66.33 Kb.
bet6/7
Sana21.01.2023
Hajmi66.33 Kb.
#1106693
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mundarija

2.3 Maktabgacha ta’lim muassasasida nutqni rivojlantirish vositalari va usullari haqida ma’lumot
Ma'lumki, maktabgacha ta'limda nutq o’stirishning asosiy maqsadi bolalarning nutqni egallashga intilishi va qizikishini uyhotish, ona tilini o’rgatish, ya'ni “Fikrni ona tilida aniq, ravon, lo'nda ifoda etish” malakalarini shakllantirish, shaxs sifatlarini rivojlantirish va bolalarni maktab ta'limiga tayyorlashdan iborat.
O’shbu vazifani bajarish bolalarning obrazli, mantiqiy fikrlashi, bilishiga qizikishi, o’quv faoliyatini kuzatishi, eshitishi va eslab qolishi, ko'rib eslab qolishini rivojlantiradi.
Shuning uchun ham tarbiyachi nutq o’stirish usullarini puxta bilishi, mashg’ulotlar jarayonida qo'llashi, eng qulay usullarni tanlashi va takomillashtirishi lozim.
Pedagogik adabiyotlarda nutq o’stirish usullari quyidagicga tasnif qilinadi;

  1. So’z yoki og’zaki usullar.

  2. Ko'rsatmalilik usullari.

  3. Amaliy usullar.

  4. O'yin usuli.

Og’zaki usulda bolalarga beriladigan bilim, malaka va kunikma tarbiyachining so’zi, tushuntirishi, hikoya qilishi, tasvirlashi, suhbatlashishi, o’qib berishi, yoddan aytishi orqali
shakllantiriladi. Jumladan, tarbiyachi og’zaki usullardan foydalanganda aniq, lo'nda fikrlashi, gap va so’zlarni aniq oxanh va tuxtamlarga rioya qilgan holda bayon qilishi, savollami aniq, kiska tuzishi va unga bolalarning oson javob topishini uylashi lozim.
Ogzaki usullar o’qib berish, hikoya qilib berish, yoddan aytish, suhbat,savol-javob usuli kabilardir. O’qib berish, hikoya qilib berish, yoddan aytish usullari badiiy adabiyot, bolalar folklori materiallarini o’rgatish, she'rni ed oldirishda qo’llaniladi .
Suhbat usuli maktabgacha ta'limda eng ko’p qo’llaniladigan, eng qulay usul bo'lib, berilgan mavzu yo’zasidan savol-javob tarzidagi muloqotdir, ya'ni bolalar bilim, malaka, kunikmani tarbiyachi savollariga javob berish orqali egallaydilar. Shuning uchun tarbiyachi savollarni kiska, aniq, bolalarga tushunarli bo’lishi, ularning javob bera olish malakasini nazarda tutgan holda tuzishi, zarur urinlarda yullovchi savollar berishi, bolalarning ham savollarga aniq, lo'nda javob bera olishiga erishishi lozim.
Suhbat o’yinchoq, buyum, narsa, rasm, bolalar ko’rgan-kuzatgan, o’zlari ishtirok etgan voqea-hodisalar, tevarak-atrof, tabiat, badiiy asar mazmuni yo’zasidan bo’lishi mumkin.
Suhbat usuli qadimiy usullardan bo'lib, XI-XII asrda yashagan buyuk alloma, komo’siy olim Burxoniddin Zarnuji oqitishning ko’satmali tajriba, amaliy (mashq, takrorlash) nazorat usullari bilan birga, so’zlash o’slublari, bilimni bayon qilish, hikoya qilish, savol-javob o’slubini ham tavsiya etadi.
Buyuk olim va mutafakkir Ibn Sino ham suhbat, tushuntirish usullarini eng qulay usul deb
biladi.
Suhbat usulining afzalligi shundaki, mashg’ulotda bolalar ham, tarbiyachi ham faollik Korsatadi, o’zaro hamkorlik bir-birini qo'llab-kuvvatlash, o’zaro fikrlash,bilimni nazorat qilish, uni to’zatish imkoniyatiga ega bo'ladi, bolalar ta'limda sub'ekt va ob'ekt sifatida ishtirok etadilar.
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini amalga oshirishda ta'limning so’z usullaridan maktabgacha ta'limda foydalanish imkoniyatlari yanada kengaydi. O’qib berish, hikoya qilib berish usullaridan barcha guruhlarda foydalanilmokda, ertak, hikoya, she'r, erkalama, ko’shik, lapar, aytishuv, tez aytish, topishmok kabi bolalar adabiyoti va halk og’zaki ijodi namunalari yuqorida aytilgan usullarda o’rgatilib, bolalarning nutqi, nutq madaniyati, badiiy nutq malakalari shakllantirilmokda.
Og’zaki usullardan foydalanish bolalarni maktabga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuni ham ta'kidlash lozimki, og’zaki usullar bolalarni kattalar bilan nutqiy muloqotga kirisga olishi, ularning savollarga javob berishi, hozirjavoblik, nutqni ifodali, tartibli bayon etish, nutq meyorlariga rioya qilishni o’rgatish bilan birga ularni maktabga tayyorlash, xotirasini shakllantirishga xizmat qiladi, ya'ni eshitib eslab qolish xotirasini rivojlantiradi.
Ko'rsatmalilik usuli. Bu usulda o’quv materiali ko’rgazma, texnik vositalar, turli didaktik materiallar asosida o’rgatiladi. Ko'rsatmalilik usuli maktabgacha ta'limda eng ko’p qo’llaniladigan usullardan biridir. Ko'rsatmalilik usulida bolalar narsa, buyum, voqea hodisani ko'rish, kuzatish, rasm-illyo’strtsiyalarni ko’rish, sayr ekskursiyadagi kuzatishlari asosida mulohaza qiladi, fikrlaydi va nutqni bayon qiladi. Bu usulda guruh xonasidagi buyumlar, tabiat burcgahidagi o’simlik, hul va hayvonlar, ko’shlarni kuzatishi, kattalar mexnati, tevarak - atrofdagi voqea-hodisalar ko’rgazmalil
vositasi bo'lib xizmat qiladi, bolalar bilim, malaka va kunikmalarni ko'rish orqali idrok qiladilar va eslab qoladilar, ularda korib eslab qolish xotirasi rivojlanadi.
Ko’rgazmali vositalar bolalarning tasavvuri, fikrlashi va nutqining tartibli, izchil bo’lishini, umumlashtirish, bilimlarni tartibga solish imkoniyatini shakllantiradi, fikrlash faoliyatlarini mustahkamlaydi.
Shuni ham ta'kidlash lozimki, Korsatmalilik usuli og’zaki usullar bilan birgalikda qo’llaniladi, ya'ni ko’rgazma yo’zasidan bolalarga savollar berish, ko’rgazma mazmunini tushuntirish, hikoya tuzish kabi faoliyatlar og’zaki usulda amalga oshiriladi, natijada bolalar bilim va malaka, nutqni ham ko'rish, ham eshitish, tarbiyachi savollariga javob berish orqali egallab boradi.
Korsatmalilik usulida kuzatish muhim ahamiyatga ega, chunki kuzatish bir necha usullar bilan bohlik bo'lib, rasm-illyo’strtsiyalarni kuzatish, diafilm, teleKo'rsatuvlarni ko'rish, ularni tasvirlash, u xakda mazmunli hikoya tuzish yoki suhbat uyo’shtirish orqali bolalar nutqini o’stirish mumkin. Bu jarayonda tarbiyachining tushuntirishi, savollar berishi, rasm-illyustratsiyalarni izoxlab berishi, bolalarning ko'rib tushunish va eslab qolishi bilan birga eshitib eslab qolishini ta'minlaydi.

Xulosa
Mamlakatimizda fan-texnika yuksak sur’at bilan rivojlanib borayotgan bir paytda yosh avlod zimmasidagi mas’uliyat ham ortmoqda. Ularga berilishi lozim bo’lgan bilimlarning hajmi yil sayin oshmoqda. Bolalarni bog’chadayoq maktabga tayyorlash maktabda esa ularni o’qitishning yangi shakllari amalga oshirilmoqda. Modomiki, harakat va so’z insonning o’zligini namoyon etuvchi asosiy vosita ekan, buning uchun bolaning jismoniy va nutqiy tarbiyasiga ilk davrdan boshlab e’tibor qaratmoq lozim.


Nutq kamchiliklarining kelib chiqishi sabablarini oilada har biro ta-ona, maktabgacha tarbiya muassasalarida tarbiyachi, maktabda esa o’qituvchilar bilishlari zarur. Chunki nutq kishilarning til vositasi orqali aloqa jarayonining tarixan topgan formasidir. Shunindek, nutq rang-barang ifodali tovushlarning majmuasidan iborat. Bu tovushlar oliy nerv sistemasining signallari vositasida nutq organlarining turlicha shakllanishi yoki harakati natijasida paydo bo’ladi. Shuning uchun nutq tovushlarining vujudga keltiruvchi manbalarini organlar fiziologiyasini, ularning faoliyatini o’rganish talaffuzd2agi nuqsonlarning kelib chiqish sababini aniqlash, to’g’ri va ravon talaffuzni ta’minlovchi omillardan biridir. Nutq bolalarda asta-sekin shakllanadi,bola o’sib rivojlanib boradi. Aslida bola nutqining o’sib borishidagi hal qiluvchi bosqich bir yarim yoshdan besh yoshgacha bo’lgan davrga to’g’ri keladi. Bu davrda bolaning nutqi muayyan sur’atda, besh yoshdan keyin esa nutq intensiv ravishda xilma-xil o’sib boradi. Biroq ayrim bolalarning nutqiy rivojlanishida bir qator kamchiliklar uchraydi va ma’lum bir sababga bo’g’liq bo’ladi. Tovushning notog’ri talaffuz etishni ona tilidagi hamma tovushlarda uchratish mumkin. Shuni alohida ta’kidlab o’tish joizki, bolalarning ko’pchiligi asosan artikulyatsion jihatdan talaffuz qilish qiyin bo’lgan tovushlarni notog’ri talaffuz etadilar. Bizning bebaho boyligimiz bu minglab avlodlar tomonidan yaratilgan va doimiy takomillashib boriladigan til. Til qobiliyati, til bizni odamga aylantiradi: tirik mavjudotlar dunyosida boshqa aloqa tizimlari ishlab chiqilgan, ammo ularni inson tili va undan foydalanish mexanizmlari bilan taqqoslab bo’lmaydi. Nutq odamlarning ushbu boylikni mukammallashtirishga bo’lgan intilishini tushunish qiyin emas: nafaqat so’zlarva ularning kombinatsiyasining qoidalarini bilish, balki nutqni shakllantirishning eng murakkab tizimiga, boshqa odamlarning nutqini idrok etish va uni tushunish, bolaning shovqinidan tortib, erkin oqadigan, mantiqiy va ma’ruzachining so’zli, ishonarli nutqiga qadar odam uzoq o’rganish yo’lidan o’tadi.
Bir kishi hayoti davomida nutqini rivojlantiradi. Bolalar bog’chasida bola turli xil texnik vositalardan foydalangan holda nutqni rivojlantiradi: matematikada-mantiqiy muammolarni yechishda, mutqni rivojlantrish darslarida-so’z birikmalaridan foydalanish, nutq mashqlari, matnni o’qish va qayta o’qish, rasmlar, buyumlarni tasvirlash, ertaklar o’qish va h.k. O’quv jarayonida nutqning rivojlanishi bolalarning so’z boyligini boyitishga, rus adabiyot tili normalarini mohirona o’rganishga olib keladi.


Download 66.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling