* * *
“Avesto-ezgulik kitobi, hayot yo’riqnomasi”
(“Otalar so’zi”)
* * *
“Ezgulik – butun insoniyatga taalluqli bo’lgan olamshumul fazilatlardan biri hisoblanadi”.
Shobidov Sh.A.
* * *
“Bolalikni seving uning o’yin va ermaklariga, murg’akkina tabiiy tuyg’ularida e’tibor bering! Labidan kulgu arimaydigan, qalb shu olamdan to’xtovsiz huzurlanadigan o’sha daqiqalarni qay biringiz, axir, achinish bilan eslamaysiz?”.
J. J. Russo.
* * *
“Ezgilik - bu ulug’lik. U turmushda, mehnatda va odamlarning o’zaro shaxs – jamiyat - davlat o’rtasidagi ko’p qirrali munosabatida yaqqol namoyon bo’ladi.”
Shobidov Sh.A.
* * *
“Ezgulik insonlarni gunohlardan, xatolardan asrab, insonlar o’rtasidagi o’zaro odamiylik munosabatlarini tarkib toptirishga yordam beradi”.
Xolbo’ta To’raqulov.
* * *
“Ezgulik barkamol shaxsning shakllanishiga, davlat va jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiladi”.
Shobidov Sh.A.
* * *
“Ezgulik insonlarni qat’iyatlilikka, poklikka, halollikka undaydi, oq ko’ngillikka, lafzihalollikka chorlaydi hamda u til va dil birligi va pokligiga xizmat qiladi”.
Xolbo’ta To’raqulov.
* * *
“Ezgulik – bu ota – onalarning o’z farzandlarini nafaqat o’z farzandi bo’lishi uchun, balki xalq farzandi bo’lib yetishishi uchun tarbiyalashidir”.
Xolbo’ta To’raqulov.
* * *
“Ezgulik nisbatan har bir davrning, har bir zamonning o’z talabi bo’lgan.
Ezgulik – bu odamiylik gavhari, u kishini inson sifatida ulug’laydi. Shuning uchun ham ezgulik tuyg’usini singdirmay turib, to’laqonli barkamol insonni voyaga yetkazish mumkin emas”.
Shobidov Sh.A.
“Ezgulik gavhari bilan ziynatlangan insonlar o’z davrining eng ilg’or, eng adolatli va eng haqiqatgo’y insonlari bo’lganlar”.
Do'stlaringiz bilan baham: |