Xolbo’ta To’raqulov.
* * *
“Ezgulikka ixlos qo’ygan insonlar marhamatli bo’ladi, farovon turmush qurushga ishtiyoqmand bo’ladi, ular haqiqat va ozodlik hamda mustaqillikni tanlaydilar – da, ular uchun fidoiylik ko’rsatadilar va eng asosiysi ular bunyodkor bo’ladilar. Bunday turmush tarzi har qanday inson uchun umrboqiylikdir.”
Xolbo’ta To’raqulov.
* * *
“Ezgulik-yorug’likdir.”
(“Otalar so’z”)
* * *
“Pahlavonlar - ezgulik timsollaridir.”
Xolbo’ta To’raqulov.
* * *
“Hamma uchun kerakli bezak - insoniylik bezagi – bu ezgulikdir.”
Xolbo’ta To’raqulov.
* * *
“Orzu – havas insonni ezgulikka yetaklovchi ichki tuyg’u. U hyech qachon armonga aylanmasin. Chunki agar orzu - havas amalga oshmasa armonga aylanadi, ammo orzu – havas ishonchga aylansa, u albatta amalga oshadi”.
Xolbo’ta To’raqulov
* * *
Ezgu – niyatli insonlar
Inson degan oliy mavjudod bor, uning ikki yelkasi orasida bosh (kalla) degan a’zo joylashgan. Ana shu kallaning va undagi bosh miyaning ishlashi insonning insoniyligini belgilaydi.
Umuman olganda, ishlamaydigan kalla bo’lmaydi, ammo uning qanday ishlashi o’sha insonning oilasi, jamoasi oldida o’z o’rnini topishga asosiy poydevor bo’ladi. Afsuski, ba’zi kallalar buzg’unchilikka va shaxsiy manfaatlarini yuqori qo’yishga kuchliroq ishlaydi. Ulardan jamiyat zarar ko’radi , chunki bular orqali kelgusi avlodga faqat layoqatli manqurtlik va “robot” bo’lishlik meros bo’lib qoladi.
Bu arab olimlaridan biri “Qalb ko’r bo’lgandan keyin uning ko’zi ko’rishning nima foydasi bor”, degan fikrning amaldagi tasdig’idan iboratdir. Bu bilan olamda hyech narsa qilib bo’lmaydi, degan hulosa chiqmaydi. Bunga sabab bu olamda yaxshi odamlar va ular ichida aqlli hamda dono insonlar ham ko’p.
Ularning kallasi (u hamma insonlarga berilgan) yaxshi tomonga ya’ni bunyodkorlik faoliyatiga yaxshiroq ishlaydi. Ular umuminsoniyat, umumjamoa manfaatlarini o’z shaxsiy manfaatlaridan ustun qo’ya oladi. Bular boy o’tmishimizdan bizga meros bo’lib qolgan “Avesto” nomli muqaddas kitobning mazmun mohiyatini ifodalovchi “Ezgu uy Ezgu niyat Ezgu amal” yoki “Ezgu uy Ezgu so’z Ezgu amal” tamoyili asosida fikr yurituvchi insonlardir. Bunday odamlar, avvalo o’z oilasida ibrat - namuna bo’la oladi va qolaversa, jamiyat manfaatini ham yuqori qo’ya oladi. Ana shunday odamlar borligi uchun ham kelajagi buyuk davlatni qurishni Ozod va obod Vatan qurishni ezgu niyat qilib olganmiz!
Xolbo’ta To’raqulov.
Do'stlaringiz bilan baham: |