* * *
“Tinchlikdan ko’ra ulkan ne’mat yo’q. Salomatlikdan ko’ra yaxshiroq boylik yo’q”
(“Otalar so’zi”)
* * *
“Farzandlaringizga turli kasb egalarining odamlar uchun qilayotgan foydali mehnatlari haqida so’zlab bering”
(“Donolar nasihati”)
* * *
“Donolar deyishadi: “Mol-u dunyosi ko’p odam badavlat emas, balki nafsi to’q odam badavlat xisoblanadi”
(“Donolar nasihati”)
* * *
“Mol-mulkni behuda isrof qilish aqlsizlik, boylikni o’ylamasdan sarflash tanazullik alomatidir”
(“Otalar so’zi”)
* * *
“Oz narsaga qanoatga qilgan odam davlatmanddir, negaki bunday qanoat uning ma’naviy boyligidan dalolat beradi”
Suqrot.
* * *
“Ma’naviy qashshoq odamning xohlagan tarafga boshqarsa bo’ladi, chunki unga istalgan sarobni ko’rsatib uni obi hayot deb ishontirsa bo’ladi”
Xolbo’ta To’raqulov.
* * *
“Boylik to’g’risida juda qadimdan kishilar u yoki bu ma’nodagi fikrlarini bildirib kelganlar.
Men uchun eng katta bitmas-tuganmas boylik bu sog’liqdir. Har kuni o’z oilamni sog’-salomat ko’rish menga dunyoning barcha boyligidan, duru-gavharlaridan, ko’zni qamashtiruvchi olmoslaridan ming bora ortiq to’yiladi. Bu esa mening yutug’im, ma’naviy boyligim bo’lsa kerak, deb o’ylanib qolaman. Umuman olganda boylik deganda turli qarashlar mavjud. Ular:
boylik – bu kishining mablag’i ko’pligi;
boylik – bu kishining hashamatli va bahaybat binoli uyi borligi;
boylik – bu kishining turli rusumdagi texnikalari (mashinalari va hakazo) ko’pligi;
boylik – bu kishining turli nufuzli joylarda ishlaydigan jo’ralarining ko’pligi;
boylik – bu kishining sog’u-salomatligi;
boylik – bu kishining oilasidagi osoyishtalik va ishxonasidagi xotirjamlik;
Do'stlaringiz bilan baham: |