I bob. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga ma’naviy tarbiya berishning pedagogik asoslari


Download 0.68 Mb.
bet88/120
Sana19.06.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1609294
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   120
Bog'liq
2 5220116763525519013

Marhabo Karimova.

Aziz bolajonlar! Davlat gerbi ham bizning xalqimizning g’ururi va faxri ekan, ular tufayli davlat hujjatlarimizda ham o’zligimizni namoyon qilib boramiz.


UCHINCHI BOSQICH: Davlat madhiyasi.


O’zbekiston Respublikasi
Davlat madhiyasi


(Abdulla Oripov she’ri,
Mutal Burxonov musiqasi)
Serquyosh hur o’lkam elga baxt najot,
Sen o’zing do’stlarga yo’ldosh mehribon.
Yashnagay to abad ilmu fan ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon.
* * *
Oltin bu vodiylar joy O’zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor.
Ulug’ xalq qudrati jo’sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor.
* * *
Bag’ri keng o’zbekning o’chmas iymoni,
Erkin yosh avlodlar senga zo’r qanot.
Istiqlol mash’ali tinchlik posponi,
Haqsevar ona yurt, mangu bo’l obod.
* * *
Oltin bu vodiylar joy O’zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor.
Ulug’ xalq qudrati mangu bo’l obod,
Olamni mahliyo aylagay diyor.

Ana shu madhiya O’zbekiston Respublikasi suverenitetining ramzidir. Uni Vatanimizdagi barcha tashkilotlarda ishlaydigan odamlar, ta’lim muassasalaridagi barcha tahsil oluvchilar va ishlaydigan xodimlar va hamma – hamma yod olib, uning mazmun – mohiyatini qalbining turiga chuqur singdirib olish ham farz, ham qarzdir. Bunga sabab yuqorida eshitganimizdek, madhiyamiz mazmun – mohiyatida o’zbek xalqining kamligini to’la namoyon qilingan. Shuning uchun ham Davlat madhiyasiga zo’r ehtirom va hurmat bilan qarash mamlakat ham bir fuqarosining Vatanparvarlik burchidir.


Davlat madhiyasi musiqa va she’r uyg’unligida aytiladi, ijro etiladi. Uning she’rini O’zbekiston Qahramoni Abdulla Oripov yozgan, musiqasini esa Mutavakkim Burxonov bastalagan.
Davlat madhiyasi davlat organlari, tashkilotlari tomonidan o’tkaziladigan tantanali marosimlar va boshqa tadbirlar vaqtida dastlab ijro etiladi.
Davlat madhiyasi O’zbekiston Rsepublikasining maxsus qonuni bilan tasdiqlangan va bu qonun 1992 – yil 10 – dekabrda qabul qilingan.

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling