I bob maktabgacha yoshdagi bolalarnining matematik tasavvurlarini rivojlantirishda didaktik o‘yinlarning nazariy asoslari


Download 116.63 Kb.
bet2/8
Sana16.06.2023
Hajmi116.63 Kb.
#1501905
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Abdug‘affarova Hikoyatoy matem kurs ishi tayyor

Mavzuning dolzarbligi: Bolalar nutqida matеmatik ob'еktlar bilan bajariladigan ishlarning aks etishiga katta e'tibor bеrish kеrak. Bolalar u yoki bu topshiriqlarning bajarilishini, albatta, gapirib bеrishlari va tushuntirishlari kеrak. Ajratilgan xossalar, bеlgilar (alomatlar) va mos harakatlar usullari orasida bog'lanishlar, ya'ni, bilimlar bilan ularning idrok qilinishi orasida bog'lanishlar shu asosda o'rnatiladi. Bolalar uchun har bir yangi harakatni tarbiyachining o'zi ko'rsatadi, uni aniq ko'rsatmalar tushuntirishlar olib boradi. Bu ko'rsatma va tushuntirishlar mumkin bo'lgan xatolarning oldini olishga yo'naltirilgan bo'ladi, bunda hamma ish usullarini tarbiyachining o'zi ko'rsatadi, jarayonni va ishlarning bajarilish tartibini o'zi tushuntiradi.
Kurs ishining maqsadi: Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalar hayotida matematika alohida o‘rin tutadi. Matematikaga oid yangi bilimlar berish, zamonaviy texnologiyalarni qo‘llashda didaktik o‘yinlardan foydalanishning samarali usullarini o‘rgatish va ishlab chiqish. O‘yinlarning bolalar hayotidagi o‘rni va roli haqida tasavvurlarni hosil qilishdan iborat.
Kurs ishining vazifalari:

  • Maktabgacha yoshdagi bolalarning matematik tasavvurlarini rivojlantirishning nazariy asoslari.

  • Didaktik o‘yinlar asosida bolalarning aqliy qobiliyatlarini rivojlantirish.

  • Maktabgacha yoshdagi bolalarning matematik tasavvurlarini shakillantirishda didaktik o‘yinlarga doir zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash.

Kurs ishining obyekti: Maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim tarbiya jarayoni.
Kurs ishining predmeti: Matеmatik tushunchalarni shakllantirish — inson ijodiy faoliyatining butun maqsadli amalga oshiriladigan pеdagogik jarayonidir. Uning maqsadi-bolalarni faqat matеmatikani bilishdan emas, balki ularni hayotga tayyorlash, o'zlarining hayotdagi o'rinlarini topa olishlariga yordam bеrishdan iborat. Didaktik o‘yinlar orqali bolalar tasavvurida matematikaga doir bilimlarni shakillantirishdan iborat. Didaktik o‘yinlar bolalarning yosh xususiyatlariga hos holda tanlanadi.

Download 116.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling