I bob. Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda bank sektori va moliya tizimi


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/11
Sana20.06.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1636089
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kurs ishi Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda bank sektori va moliya tizimining barqarorligini ta`minlash yo`llari

1- 
jadval 
Tijorat banklarining kredit qo’yilmalari (foizda).
4
 
Bank turlari 
2020 yil 
2021 yil 
2022 yil 
Jami 
kreditlar 
Shundan 
xorijiy 
valyutada 
Jami 
kreditlar 
Shundan 
xorijiy 
valyutada 
Jami 
kreditlar 
Shundan 
xorijiy 
valyutada 
Davlat ulushiga 
ega banklar 
84,2 
94,7 
88,4 
94,3 
88 
– 
kapitalida davlat 
ulushi bo’lmagan 
banklar 
15,8 
5,3 
11,6 
5,7 
12 
– 
2021 yili yakuni bo’yicha tijorat banklari jami kredit qo’yilmalarining asosiy 
qismi, ya’ni 88,4 foizi davlat ulushiga ega tijorat banklari hissasiga to’g‘ri kelgan 
bo’lib, ushbu ko’rsatkich 2022 yil davomida 0,4 foiz bandga kamaygan. Bunda 2021 
yil davomida chet el valyutasidagi kredit qo’yilmalarining deyarli barchasi (94,3 
foizi) davlat ulushiga ega tijorat banklari tomonidan moliyalashtirilgan. 
2022 yilda iqtisodiyotdagi iste’mol va investitsion talab hajmining jadal oshishi 
iqtisodiyotga ajratilayotgan bank kreditlari hajmining sezilarli darajada oshishi bilan 
ham bog‘liq. 
Xususan, 2022 yilning yanvar-sentyabr oylarida iqtisodiyotga ajratilgan kreditlar 
umumiy hajmi 2021 yilning mos davriga nisbatan 1,8 barobarga yoki 34,1 trln. 
so’mdan 69,9 trln. so’mgacha, YAIMga nisbatan ulushi esa 19,3 foizdan 28,6 
foizgacha oshgan. 
Biroq, kreditlar hajmi oshishi va pul massasi o’sishi o’rtasida keskin tafovut- 
ning vujudga kelishi hamda ajratilgan kreditlarning yalpi ichki mahsulot hajmidagi 
4
Ma’lumotlar 2022 yil 1 dekabr holatiga.


11 
ulushi yuqori sur’atda o’zgarishi mazkur kreditlar hisobiga yaratilgan ichki talabning 
bir qismi import hisobidan qoplanayotganligidan dalolat beradi.
5
O’zbekiston Respublikasi bank tizimi mamlakat iqtisodiyotining muhim va 
jadal sur’atlar bilan rivojlanayotgan sohasi hisoblanadi. Ushbu sohaga alohida 
ahamiyat baxsh etar ekan, u milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor 
yo’nalishlaridan biri sifatida tanlab olingan. 
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev oliy Majlisga Murojaatnomasida: 
«Bugungi kunda bank tizimidagi eng asosiy muammo – ular kapitalining asosiy 
qismi, ya’ni, 83 foizi davlatga tegishli ekanidir. Bu, o’z navbatida, bank sektorida 
sog‘lom raqobatga to’siq bo’lib, xizmat ko’rsatish sifatiga salbiy ta’sir qilmoqda» 
deya ta’kidladilar.
6
Banklar kapitallashuv darajasini oshirish borasida amalga oshirilgan chora-
tadbirlar natijasida tijorat banklarining umumiy kapitali 2021 yil davomida 2,3 
barobarga ko’payib, 2022 yilning 1 yanvar holatiga 20,7 trln. so’mni, ustav kapitali 
umumiy miqdori esa 2,8 barobarga oshib, 16,3 trln. so’mni tashkil etdi. Bunda 
davlat ulushiga ega banklar kapitali 11,7 trln. so’mga oshdi. 
Valyuta siyosatining liberallashtirilishi sharoitida tijorat banklarining 
moliyaviy barqarorligi va likvidliligini ta’minlash hamda iqtisodiyotning kreditga 
bo’lgan o’sib borayotgan ehtiyojini qondirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi 
Prezidentining tegishli qarorlariga muvofiq davlat ulushiga ega banklar kapitaliga 
Hukumat tomonidan 670 mln. AQsh dollari miqdorida mablag‘lar yo’naltirildi. 
Bundan tashqari, 2022 yil yanvar–dekabr sanasi davomida kapitalida davlat 
ulushi bo’lmagan tijorat banklari umumiy kapitali 1,6 trln. so’mga oshirilgan bo’lib, 
shundan 1 trln. so’mi qo’shimcha aksiyalar va qarz qimmatli qog‘ozlarni 
joylashtirish orqali shakllantirildi. 
Shuning uchun mamlakatimizning moliyaviy-iqtisodiy barqarorligi ko’p 
jihatdan ularning samarali faoliyatiga bog‘liq. Birinchi navbatda tijorat banklari, 
5
Monetar siyosatning 2022 yil va 2022–2027 yillar davriga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari. O‘zbekiston 
Respublikasi Markaziy banki, 2022 yil. 100-bet.
6
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2022 yil uchun mo‘ljallangan eng muhim ustuvor 
vazifalar haqidagi oliy Majlisga Murojaatnomasi. 28 dekabr 2022 yil.


12 
ularning muassislari kapitallashuv darajasini oshirish bo’yicha boshlangan ishlarni 
oxiriga etkazishi, o’z nizom jamg‘armasi miqdorini belgilangan ko’rsatkichlarga 
olib chiqishi lozim. 
Ushbu muammolarni bartaraf etish maqsadida mamlakatimiz hukumati va 
Markaziy bank hamkorligida xalqaro moliya institutlari ko’magida bank-moliya 
tizimini rivojlantirish bo’yicha uzoq muddatli strategiya ishlab chiqishlari belgilab 
berildi. 
Amalga oshiriladigan amaliy ishlar natijasida respublika bank tizimiga xususiy 
va xorijiy kapital kirib kelishi hisobidan bank kapitalidan davlat ulushini hamda 
davlat banklari ulushini bosqichma-bosqich kamaytirib borish maqsadi qo’yildi. 
Fikrimizcha, bank kapitalini shakllantirishda xususiy va xorijiy kapital miqdorini 
oshirish mamlakatimiz bank tizimida raqobat muhitini yana jonlantirishga, ularning 
mijozlar uchun bo’ladigan teng ijobiy raqobatni paydo bo’lishiga imkon yaratadi. 
Bunda, albatta banklarning odatiy xizmatlarini, ya’ni kreditlash sifati va 
madaniyatini yuqori darajaga ko’tarish bilan birga ular tomonidan yangi zamonaviy-
innovatsion bank xizmatlarining ham takomillashuviga sharoit yaratadi. 
O’zbekiston Respublikasi bank tizimi zamonaviy holati bo’yicha o’tkazilgan 
tahlil shuni ko’rsatadiki, o’tgan davr davomida tijorat banklari ma’lum bir 
muvaffaqiyatlarga erishdilar, ular iqtisodiyotni rivojlantirishda harakatlantiruvchi 
kuch bo’lib xizmat kilmoqda. shu bilan birga, mamlakat bank tizimining yanada 
olg‘a tomon rivojlanishi ko’p jihatdan taqdim etilayotgan bank xizmatlari sifati va 
xilma-xilligiga bog‘liq bo’ladi. 
Bugungi kunda pul-kredit siyosati va banklarni tartibga solishdagi 
imkoniyatlardan amalda to’laqonli foydalanish, pul-kredit instrumentlarining 
lozim 
darajada 
ishlashi 
va 
samaradorligini 
ta’minlovchi transmission 
mexanizmlarni 
rivojlantirish 
orqali 
qo’yilgan 
maqsadlarga 
erishishni 
osonlashtirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 9 
yanvarda «O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tubdan 
takomillashtirish chora-tadbirlari to’g‘risida»gi PF-5296-sonli Farmoni qabul 


13 
qilindi. Unga ko’ra Markaziy bank faoliyatining strategik maqsadli yo’nalishlari 
deb quyidagilar belgilab berildi: 
 narxlar barqarorligi; 
 bank tizimi barqarorligi va rivojlanishi; 
 to’lov tizimi barqarorligi va rivojlanishi. 
Ammo shu bilan birga bugungi kunda bank-moliya xizmatlari, mijozlarni jalb 
qilish bo’yicha banklararo raqobat muhiti etarli darajada davr talablariga to’liq 
javob bera olmayapti. Ayni paytda qishloq joylarda xizmatlar sohasi hali-beri 
yetarlicha rivojlanmaganini ham aytish joiz. Iqtisodiyotda boshqaruv tizimi 
eskirgani, innovatsion g‘oyalarni qo’llab-quvvatlash bo’yicha samarali 
mexanizmlar o’z vaqtida joriy qilinmagani ham jiddiy muammo bo’lib qolmoqda. 
2022 yil 23 martda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev 
«Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar 
to’g‘risida»gi qarorni imzoladi. Mazkur qarorda amalga oshirilayotgan islohotlar 
natijasida bank tizimida xizmatlar ko’rsatishning bozor mexanizmlari joriy 
etilganligi, ularning turlari kengayib borayotganligi, tadbirkorlar va aholi uchun 
moliyaviy ochiqlik oshib borayotganligi qayd etildi. 
Aholi uchun valyuta ayirboshlash amaliyotlarini amalga oshirishni 
engillashtiruvchi yangi bank xizmatlari joriy etilganligi, yakka tartibdagi 
tadbirkorlar tomonidan chet el valyutasini sotib olish uchun imkoniyatlar 
yaratilganligi ta’kidlandi. 
 dastlabki ruxsatlarsiz va shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarsiz mijozlarga bevo- 
sita xizmat ko’rsatish hududiga to’sqinliksiz kirish; 
 mijozlarni 
dastlabki 
qabul 
qilish 
ma’muriyat 
xodimlaridan 
ko’rsatilayotgan bank xizmatlari to’g‘risida dastlabki maslahatlarni olish; 
 kredit (mikroqarz) berish to’g‘risidagi qarorni qabul qilishning bosqichma-
bosqich jarayonini va kredit (mikroqarz) berish to’g‘risida xabardor qilish yoki uni 
berishni asosli rad etish tartibini ko’rsatgan holda kredit buyurtmalarini shaffoflik 
asosida ro’yxatdan o’tkazish va ko’rib chiqish uchun sharoitlarni yaratish 
topshirig‘i berildi. 


14 
 tranzaksiyalarning xavfsiz va uzluksiz amalga oshirilishini ta’minlovchi 
milliy chakana to’lov tizimini tuzish va rivojlantirish; 
 qulay to’lov xizmatlarini yaratish va rivojlantirish; 
 naqd pulsiz to’lovlarni amalga oshirishda innovatsion mahsulotlarni, shu 
jumladan bevosita muloqotsiz va mobil texnologiyalarni rivojlantirish hamda ilgari 
surish; 
 bevosita muloqotsiz va mobil texnologiyalarni, birinchi navbatda, ijtimoiy- 
maishiy xizmat ko’rsatish, transport, savdo, umumiy ovqatlanish sohalarida, 
ayniqsa, hududlarda joriy etish; 
 xalqaro to’lov tizimlari bilan o’zaro hamkorlikni ta’minlash; 
 O’zbekiston banklari assotsiatsiyasi va tijorat banklari bilan birgalikda 
norezidentlarning to’lov kartalari barcha to’lov terminallari tarmog‘i orqali qabul 
qilinishini ta’minlovchi mahalliy to’lov tizimlarini asosiy xalqaro to’lov tizimlari 
bilan integratsiyalash jarayonini tugallash. 
 tijorat banklari bilan birgalikda turistlar ko’proq boradigan joylarda kunu-
tun rejimda ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash shoxobchalari 
tashkil etilishini ta’minlash vazifalari yuklandi. 
O’zbekiston banklari assotsiatsiyasiga bank xizmatlari ommabopligini oshirish 
va bank faoliyatini takomillashtirishdagi rolini kuchaytirishga qaratilgan, shu 
jumladan quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va 
uni amalga oshirish tavsiya etildi: 
 O’zbekiston banklari assotsiatsiyasi faoliyati samaradorligini yanada 
oshirish konsepsiyasini tasdiqlash; 
 bank tizimi xodimlarining kasbiy mahoratini oshirish, ilg‘or xalqaro 
tajribadan kelib chiqib xorijiy banklar bilan tajriba almashishni yo’lga qo’yish; 
 mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda xorijiy 
mutaxassislarni jalb qilgan holda aholining moliyaviy savodxonligini oshirish 
yuzasidan tadbirlarni amalga oshirish; 
 bank xizmatlari ommabopligining dolzarb muammolari, xalqaro tajribani 
o’rganish va uni respublika bank xizmatlari bozorida qo’llash yuzasidan takliflar 


15 
ishlab chiqish, banklar va ularning mijozlari uchun axborot-tahliliy va konsalting 
xizmatlarini tashkil etish yuzasidan mavzuga oid izlanishlar olib borish; 
 masofaviy bank xizmatlari ko’rsatishni rivojlantirish bo’yicha zamonaviy 
va ilg‘or bank xizmatlarini amaliyotda ro’yobga chiqarish tashabbuslarini ilgari 
surish, yangi axborot texnologiyalarini joriy etish; 
 bank xizmatlarining yangi turlari va mahsulotlarini aniqlash hamda ularni 
keyinchalik respublika banklarida tatbiq etish maqsadida ilg‘or chet el banklarining 
faoliyatini o’rganish. 


16 

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling